Reja: vitaminlar haqida qisqacha maʻlumot vitaminlar kelib chiqish tarixi yogʻda eriydigan vitaminlar
Download 30.6 Kb.
|
VITAMINLAR
REJA: 1.VITAMINLAR HAQIDA QISQACHA MAʻLUMOT 2.VITAMINLAR KELIB CHIQISH TARIXI 3.YOGʻDA ERIYDIGAN VITAMINLAR 4.SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLAR Vitamin moddalar almashinuvi. Organizmda hayotiy jarayonlarning normal kechishi uchun isteʻmol qilinadigan oziqlar tarkibida oqsillar, yogʻlar, uglevodlar va suvdan tashqari vitaminlar ham b o ʻlishi kerak. Vitaminlar ozuqalar tarkibida juda oz miqdorda uchraydigan, ammo organizmdagi hayotiy jarayonlar kechishi uchun juda ham zarur organik moddalardir. Organizmga vitaminlarning zarurligini 1880-yilda rus olimi Lunin isbot qildi. U turli mineral tuzlarni organizmga ta ʻsirini o ʻrganish maqsadida bir guruh sichqonlarni tozalangan kalin(oqsil), sut shakari (laktoza), sut yogʻi va sjut tarkibiga kiradigan mineral tuzlar va suvdan iborat “ sunʻiy sut” bilan boqqan. “S u n ʻiy sut” bilan boqilgan sichqonlar bir oz vaqt oʻtgach kasallanib, o ʻla boshladi. Tabiiy sut bilan boqilgan sichqonlar esa normal yashay berdi. Shu tajribasiga asoslanib Lunin tabiiy oziqalar tarkibida organizm uchun zarur b o ʻlgan asosiy moddalardan, yaʻni oqsillar, uglevodlar, yogʻlardan tashqari qandaydir no ʻmalum, ammo hayot uchun benihoya zarur boʻlgan mo d d a la r ham boʻlishi kerak degan fikrni birinchi b o ʻlib bayon qildi. Keyinroq golland olimi ^exelharing va mashhur ingliz ximigi Gopkins Lunin o ʻtkazgan tajribalarni takrorlab, oziqalarning tarkibida oqsil, yogʻ, ugleviid, mineral moddalar va suvdan tashqari yana q andaydir q o ʻshimcha moddalarning mavjudligini aniqladi. Vitaminlar haqidagi gipotezaning ta ʻrifi 1911 -yilda Londonda ishlayotgan polyak olimi Kazimir Funk tomonidan berildi. U guruch kepagidan beri-beri kasalligini davolay oladigan oq kristal moddani ajratib oldi va bu moddani hayot uchun zarur b oʻlgan kimyoviy modda deb qarab, uni “Vitamin” deb atadi. “Vita” lotincha hayot, “amin” tarkibida azot (NH 2)saqlovchi kimyoviy birikma demakdir, shunday qilib, “vitamin” , “ hayot amini” degan ma ʻnoni anglatadi. Funk cinga, raxit, pellagra kasalliklari ham “beri-beri” singari organizmda vitaminlarning yetishmasligidan kelib chiqadi deb xisobladi. Shuning uchun ham bu kasalliklarni avitaminozlar (vitaminlar yetishmasligi yoki y o ʻqligidan kelib chiqadigan kasalliklar) deb ataladi. 1927-1928-yillarda Vengriya olimi Sent D ʻyerli h o ʻkizning buyrak usti bezidan, soʻngra esa bir qancha o ʻsimliklarning tarkibida kristal mo d d a ajratib olib, uni geksuronat kislota deb atadi. 1932-yilda geksuronat kislotaning cinga kasalligiga davo ekanligi isbotlandi va unga aksorat kislota deb nom berildi. Bu vitaminning tarkibida azot yoʻq. Keyingi yillarda kashf qilingan k o ʻpchilik vitaminlarning tarkibida azot y o ʻqligi ma ʻlum boʻldi. Ammo vitamin termini fanda va omma orasida mus tahkam o ʻrin olib qolganligi sababli uni boshqa nom bilan almashtirish maqsadga muvofiq emas deb topildi. Endilikda oziqa tarkibida kam miqdorda uchraydigan, odam va hayvonlar organizmi uchun katta ahamiyatga ega b o ʻlgan, kimyoviy tuzilishiga koʻra turli organik birikmalar sinfiga kiradigan biologik aktiv moddalar vitaminlar deb ataladi. Vitaminlar organizmdagi turli fermentlarning prostatik qismi-kofermentlar tarkibiga kirib, moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi. Vitaminlarning organizmdagi fermentlar bilan bogʻliqligi t o ʻg ʻrisidagi fikrni birinchi marta XX-asrning boshlarida rus olimi Pashutin bayon qildi. Bu Fikr keyinchalik akad. Zelenskiy tomonidan rivojlantirildi. Vitaminlarning turli oziqalar tarkibidagi miqdorini aniqlash va ularning kimyoviy tabiatini o ʻrganish amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Oqibatda biror xil vitamin b oʻlmasligidan kelib chiqadigan kasalliklar avitaminozlar deb atalishi yuqorida aytib o ʻtilgan edi. Organizmda bir necha vitaminlarning yetishmasligidan paydo b o ʻladigan kasalliklar poliavitaminozlar deyiladi. Biroq, turmushda tipik avitaminozlar hozir deyarli uchramaydi, koʻpincha biror vitaminning nisbiy yetishmasligiga, tanqisligiga duch kelinadi, shuning oqibatida paydo boʻladigan kasallik holati gipovitaminoz deyiladi. Vitaminlardan tashqari antivitaminlar ham mavjud. Bular tuzilishi jihatidan tegishli vitaminlarga yaqin b o ʻlib, organizmdagi almashinuv reaksiyalarida vitaminlar o ʻrnida ishtirok etadi va almashinuvning normal borishiga to ʻsqinlik qiladi. Organizm uchun zarur vitaminlarni ularning suvda yoki yogʻda erish xususiyatlariga qarab ikki guruhga boʻlib o ʻrganadilar. Vitaminlar lotin harflari bilan ifodalanadilar: 1.Yogʻda eruvchi vitaminlar, bularga A, D, E, K, H. 2. Suvda eruvchi vitaminlar, bularga B guruh vitaminlari kompleksi (B1, B2, B3, B4, B5, B6, B12, B15, Bk) va C, PP, P vitaminlari kiradi. Download 30.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling