Reja: vitaminlar haqida qisqacha maʻlumot vitaminlar kelib chiqish tarixi yogʻda eriydigan vitaminlar


Download 30.6 Kb.
bet5/10
Sana18.12.2022
Hajmi30.6 Kb.
#1027846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
VITAMINLAR

Suvda cruvchi vitaminlar.
Suvda eriydigan vitaminlar qatoriga B-guruhining kompleksi,
C,PP va P vitaminlari kiradi. C-vitamin yoki askorbin kislota q on
tomirlari devorlarining o ʻtkazuvchanligi va m o ʻrtligini kamaytiradigan, P-vitamin, yaʻni sitrin yoki flavon deb ataluvchi faktor bilan birga uchraydi va fiziologik ta ʻsiriga koʻra unga yaqin turadi. B-vitaminlar gilruhining kompleksiga bir qancha vitaminlar va vitaminlarga o ʻxshash faktorlar kiradi. Chunonchi: tiamin (B| vitamin, aneyrin) antinevritik faktor.
B2-riboflavin, B3 -, B4 -,
B3-peridoksin, antidermatit faktor,
B12-siankobalamin, xavfli kamqonlikka qarshi faktor, tarkibida ko -
balt mikroelementini saqlaydi, BK-karnitin, PP-nikotin kislota, antipellagrik faktor, H-biotin, Pantotenat kislota, Paraaminobenzoat kislota, Folat kislota, Lipoat kislota inozit, xolin va boshqalar.
Bu vitaminlarning kimyoviy tuzilishi va fiziologik ahamiyatlari bir
xil emas. Ularning har biri alohida vitamin deb qaraladi. Hayvonlar
organizmida, ayniqsa o ʻtxoʻr hayvonlarda mikroorganizmlar ishtirokida
B vitamin kompleksining ayrim vakillari sintezlanadi. Jumladan, p a n totenat, poʻlat kislotalar, piridoksin, vitamin B6 shu jumladandir va
hokazo. C h o ʻchqalar, itlar, mushuklar va q o ʻylar B guruh vitamini
kompleksining yetishmasligiga ayniqsa sezgirdirlar. B-vitaminlarining
hammasi o ʻz tarkibida azot saqlaydi. B| vitamin, tiamin, bu vitamin
tarkibida oltingugurt (yunoncha “t io ” oltingugurt) va amino guruh
(NH2 ) boʻlganligi uchun tiamin deb ataladi. Toza holda suvda yaxshi
eriydigan, rangsiz, ignasimon shakldagi kristallar boʻlib, o ʻziga xos hidi
bor. Bu vitamin pirimidin va tiazollardan sintezlanadi. Tiamin qu ru q
pivo achitqisi, hamirturushda, donli o ʻsimliklarning urugʻ murtagida,
dukakli donlarda, yongʻoqda, non, ayniqsa, qora nonda yyetarli
miqdorda mavjuddir. Hayvon mahsulotlaridan go ʻshtda, buyrakda,
jigarda, miyada va tuxum sarigʻida koʻp uchraydi. Vitamin B1
organizmda moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etuvchi kokarboksilaza fermentining, tarkibiga kiradi. Bu ferment uglevodlar almashinuvida ayniqsa katta rol oʻynaydi. Organizmda uglevodlar almashinuvi j a r a y onida tasosiy ahamiyatga ega boʻlgan pirouzum kislotaning karboksillanishi va dekarboksillanishi ana shu fermentga bogʻliqdir. Bu vitamin yetishmaganda organizmning to ʻqimalarida, ayniqsa miyada yetishmaganda organizmning to ʻqimalarida, ayniqsa miyada pirouzum kislota to ʻplanib qoladi. Shu bilan birga kamroq darajada boʻlsa ham B] vitamin organizmda oqsil, yogʻ, xolesterin, mineral moddalar va suv almashinuvida ishtirok etadi, degan dalillar ham mavjud. Nerv t o ʻqimalarida uglevodlarning almashinuvi ancha intensiv sodir boʻlishi tufayli bu vitamin organizm nerv faoliyatiga katta ta ʻsir koʻrsatadi. Bu vitaminning yetishmasligi natijasida organizmda periferik nerv tolalari yalligʻlanib, degenerativ o ʻzgarishlarga uchrashi bilan ta ʻriflanadigan beri-beri (polinevrit) kasalligi kelib chiqadi. Beri-beri kasalligida organizmda umumiy holsizlik, yurak faoliyatining izdan chiqishi, oyoqlarda ogʻriq turishi, ishtaha yoʻqolishi kabi umumiy belgilar kuzatiladi.
Keyinchalik tananing turli qismlari falaj b o ʻlib qoladi. Hayvon
oriqlaydi. Organizmda suv almashinuvi buzilib, shishlar paydo b oʻladi.
Muskullarda, shilliq pardalarda degenerativ o ʻzgarishlar roʻy beradi.
Ichki sekretsiya bezlari, hazm organlari, yurak-tomir sistemalarining
faoliyati buziladi. Bj vitamin nerv mediatorlarining faoliyatida ham
katta ahamiyatga ega. Uning kamchiligi natijasida xolin-esteraza fermentining ta ʻsiri oshib, atsetilxolinning parchalanishi tezlashadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar B1 vitaminga kamroq ehtiyoj sezadi, chunki odatda ularning me ʻda oldi bo ʻlmalaridagi mikroorganizmlar bu vitaminni sintezlaydi. Tiamin kislotali muhitga chidamli, biroq 120° gacha qizdirilsa, parchalanadi. Turli hayvonlarning B1 vitaminga boʻlgan ehtiyoji turlichadir. 10kg. gacha tirik vaznga ega b o ʻlgan choʻchqa bolalarining tiaminga b o ʻlgan sutkalik ehtiyoji 0,9mg.ga teng; 40kg. gacha b o ʻlgan choʻchqa bolalarining sutkalik ehtiyoji 2,6mg.ni tashkil qiladi. 80-1 OOkg.lik ch o ʻchqalar uchun bu koʻrsatkich 5-6mg.ni tashkil qiladi. Otlarning tiaminga b o ʻlgan sutkalik ehtiyoji 100kg. vazni uchun 3-5mg.ni tashkil qiladi. Parrandalar isteʻmol qilayotgan har bir kg. quruq ozuqa tarkibida l,8 -2mg tiamin boʻlishi kerak. Tiaminga boʻlgan ehtiyoj hayvon ish bajarganda, mahsulot berganda (sut, boʻrdoqida) oshadi.

Download 30.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling