Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha


Moddalar almashinuvi va uning asosiy bosqichlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1214068
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
10-MA\'RUZA

1. Moddalar almashinuvi va uning asosiy bosqichlari. Tiriklikning asosiy 
xususiyatlaridan biri – tashqi muhit bilan modda almashinuvidir. Biologik kimyo esa 
buning negizida yotuvchi kimyoviy jarayonlarni o`rganadi. Organizmning tashqi 
muhit bilan modda almashinuvida murakkab biokimyoviy jarayonlar kechadi va 
buning natijasida ozuqa mahsulotlari – oqsillar, uglevodlar va yog`larga kimyoviy 
ishlov berilib, organizmning energetik va ‘lastik eo’tiyojlarini qo’lashga ishlatiladi. 
Organizmda asosiy ozuqa mahsulotlarining o`zgarishi 4 bosqichda boradi: 
1. Ovqatlanish va ovqat mahsulotlarining xazm bo`lishi. 
2. Xazm bo`lgan mahsulotlarning so`rilishi. 
3. To`qima metabolizmi yoki ozuqa mahsulotlarining hujayradagi o`zgarishlari. 
4. Metabolizmning oxirgi mahsulotlari (suv, karbonat angidridi, ammiak, siydikchil, 
kreatinin, siydik kislotasi) ning ajratilishi. 
Organizmning moddalar almashinuvi ikki xil bo`ladi: 1) tashqi almashinuv – 
hujayradan tashqaridagi moddalarning kirishi va chiqishi yo`llaridagi almashinuv; 2) 
oraliq almashinuv – hujayra ichida boradigan jarayonlarga bo`linadi. Oraliq moddalar 
almashinuvi yoki metabolizm deganda tirik hujayraning hamma kimyoviy 
reaksiyalari yig`indisi tushuniladi. 
Metabolizmning quyidagi asosiy vazifalari mavjud: 
kimyoviy moddalarning parchalanishidan hosil bo`lgan energiyani to’plash yoki 
yorug`lik yutish; 
zarur molekulyar komponentlar (monomerlar, makromolekulalar) sintezi uchun 
energiyadan foydalanish va osmotik, elektr, mexanik ishlarni amalga oshirish; 
hujayraning yangilanadigan komponentlarining parchalanishi; 
maxsus ahamiyatga ega bo`lgan biomolekulalar (gormonlar, mediatorlar, 
gormonoidlar, kofaktorlar) ning sintezi va parchalanishi.
Kimyoviy reaksiyalar zanjiri metabolik yo`llar yoki sikllarni hosil qiladi va 
ularning har biri ma’lum bir vazifani bajaradi. Metabolik yo`llarni markaziy va 
maxsus metabolik yo`llarga ajratish mumkin. Asosiy makromolekulalarning


parchalanishi va sintezi uchun umumiy bo`lgan yo`llar markaziy metabolik yo`llar 
hisoblanadi. Ular tiriklik dunyosining istalgan bir vakili uchun juda o`xshash bo`ladi. 
Maxsus yo`l, ya’ni sikl esa individual monomerlar, makromolekulalar, kofaktorlar 
sintezi va parchalanishi uchun xos. 
Moddalar almashinuvi bir-biriga uzviy bog`liq va qarama-qarshi ikkita katta 
jarayonni o`z ichiga oladi. Bu katabolizm va anabolizm.
Katabolizm – yirik organik molekulalarning mayda molekulalarga 
parchalanishi va ularning oxirgi mahsulotlari: suv, karbonat angidridi, ammiak, 
siydikchil, kreatinin, siydik kislotasi va boshqalarga aylanishi. 
Anabolizm – oddiy molekulalardan murakkablarining sintezi, ya’ni bu jarayon 
murakkab kimyoviy jarayon bo`lib, buning natijasida tashqi muhitdan kirgan organik 
va anorganik moddalardan organizmning o`ziga xos bo`lgan oqsillar, nuklein 
kislotalar, yog`lar, uglevodlar va boshqa moddalar hosil bo`lishidir. Bu jarayon 
organizmning o`sishini, rivojlanishini, yangilanishini ta’minlaydi. 
Katabolizm energiya ajralishi bilan boradigan jarayon bo`lib, undan ajralgan 
energiya ATF ko`rinishida to’planishi mumkin. Anabolik jarayonlarda esa ATF 
sarflanib, undan ADF va O’
3
’O
4
hosil bo`ladi. Aytish mumkinki, ATF 
metabolizmning ikkita yo`lini bog`lovchi energetik bo`g`indir. Lekin ATF 2 ta yo`lni
tutashtiruvchi yagona komponent emas, undan tashqari boshqa makromolekulalar va 
monomerlar katabolizmida oddiyroq metabolitlar hosil bo`lib, ular anabolizm, ya’ni 
moddalar sintezi uchun boshlang`ich material sifatida ishlatiladi. Moddalarning 
parchalanishi va sintetik yo`llarini birlashtiruvchi bu bog`lovchi yo`l yoki siklga 
amfibolik yoki ikki tomonlama deb aytiladi. Demak, katabolik va anabolik yo`llar 
faqat ATF-ADF energetik sistemasi bilan emas, balki umumiy metabolitlar orqali 
ham bog`langan. Biosintez uchun kerak bo`lganda oddiy oraliq moddalardan 
foydalaniladi va bunday holatlarda ularning tashqaridan kirishiga zarurat qolmaydi. 
Amfibolik yo`l moddalarning terminal yoki oxirgi oksidlanish sistemasi bilan bog`liq 
bo`lib, unda bu moddalar ko’p miqdorda energiya hosil qilgan xolda oxirgi 
mahsulotlar – karbonat angidrid va suvgacha parchalanadi. Bulardan tashqari 
aminokislotalar va nukleotidlar almashinuvining maxsus reaksiyalarida hosil 


bo`ladigan siydikchil va siydik kislotasi ham metabolizmning oxirgi mahsulotlari 
hisoblanadi. 
Katabolik va anabolik jarayonlar borishi natijasida hujayraning molekulyar 
komponentlari yangilanib boradi. SHuningdek, katabolizm va anabolizm yo`llarining 
mustaqilligini ham ta’kidlash lozim. Agar bu yo`llar faqatgina yo`nalishi bilangina 
farq qilganda edi, unda moddalar almashinuvida foydasiz sikllar yuzaga kelgan bo`lar 
edi. Bunday sikllar patalogiyada mavjud bo`lib, unda metabolitlarning foydasiz 
aylanishi amalga oshishi mumkin. Bunday holatlar bo`lmasligi uchun hujayradagi 
moddalarning sintezi va parchalanishi avvalo chegaralar bilan ajratilgan. Masalan, 
yog` 
kislotalarning 
oksidlanishi 
mitoxondriyalarda, 
ularning 
sintezi 
esa 
mitoxondriyadan tashqarida, ya’ni mikrosomalarda amalga oshadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling