6. Mitoxondriyaning tuzilishi. Mitoxondriyalarda hujayra
energiyasining asosiy
qismi hosil bo`ladi. SHuning uchun mitoxondriyani hujayraning energetik
stantsiyalari deb atashadi.
Mitoxondriyaning shakli ovalsimon shakldan tayoqcha
yoki ipsimon shaklgacha
turli xil ko`rinishlarda bo`ladi. Tekshirishlarning ko`rsatishicha, mitoxondriyalar
qator bo`lib joylashgan xolda mitoxondriyal to’pO’i hosil qiladi.
Ular alohida
organoid shaklida joylashmagan.
Mitoxondriyalar 0,5x 3,0 nm o`lchamga ega bo`ladi. Ular ikki qavat – tashqi va ichki
qavat membranalardan tashkil topgan bo`lib, suvli muhitga ega membrana oralig`i
bilan ajratilgan. Tashqi membrananing yarmi oqsil va yarmi lipiddan tashkil topgan.
Ichki membrananing esa ¾ qismi oqsillarga va ¼ qismi lipidlarga,
asosan
kardioli’inga to`g`ri keladi. Ichki membrana burmalar, ya’ni kristalar hosil qiladi.
Kristalar orasidagi bo`shliq suvli faza matriks bilan to`lgan bo`ladi.
Kristalarning
matriksga qaragan ichki yuzasida elementar bo`lakchalar joylashgan. Gi’otonik
eritma, masalan, suvga mitoxondriya solib qo`yilganda tashqi membrana yoriladi va
ichki membranali qo’cha qoladi. Ichki membrana mustahkam va osmotik bosim
ta’siriga uchramaydi. Buning uchun ichki membranani buzadigan maxsus kimyoviy
detergentlar (triton X-100, tvin, digitonin va boshqalar) kerak bo`ladi. SHuningdek,
membranani ultratovush bilan ham buzish mumkin.
Mitoxondriyaning asosiy strukturalarini ajratib
olish undagi fermentlarning
joylashishi va biokimyoviy sikllarni o`rganish imkonini beradi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Xujayraning biologik faol moddalari