Reja: XII-XV asrlarda Bolgariya
Download 453.67 Kb.
|
1.O'rta asrlar tarixi ma'ruza matni-2019
li xususiyati—shahar hayotining ancha intensiv rivojlanishidir. Qadimgi tarix davridayoq mavjud bо‘lgan shaharlar qato- riga sultonlar va ularning nabiralari—feodallarning re- zidensiyasi sifatida vujudga kelgan kо‘pgina yangi shaharlar qо‘shildi. Dehli shahrining о‘zi ana shunday feodal-poytaxt shah- ri uchun misol bо‘la oladi. Bu yerda juda kо‘plab saroy ahli va xizmatchilari, askarlar, amaldorlar va shu singarilardan tash- qari, kо‘pgina hunarmandlar va savdogarlar yashab, ular sulton saroyi hamda poytaxtdagi boshqa feodallarning iqtisodiy eh- tiyojlarini qondirardilar. Ana shu shahar-rezidensiyalar yoki «shahar-qarorgohlar»dan tashqari, Hindistonda XIII—XIV asrlarda Bengaliya qо‘ltig‘i bi- lan Arab dengizi sohilida joylashgan hamda xalqaro savdo- sotiq bilan bog‘langan kо‘pgina dengizbо‘yi shaharlari mu- vaffaqiyatli rivojlandi. Bular orasida, xususan, Malabar sohilida Goa va Kalikut, Kambay qо‘ltig‘i sohilida Kambay ajralib turardi. Shimoliy Hindistonda karvon savdosi bilan bog‘liq bir qancha shaharlar bor edi. Bular orasida Agra, Pani- pa, Laxor, Multan eng muhimlaridir. Hind hunarmandlarining mahsuloti bо‘lgan juda kо‘plab buyumlar (avvalo yuqori sifatli hind gazlamalari), shuningdek, turli ziravorlar Yevropaga va Shimoliy Afrikaga muntazam yuborib turilardi. Hindistonga yilqi, qalayi, mis, oltin, kumush pullar va shu singarilar tashib keltirilardi. Temur hujumi. XIV asrda Hindiston tamomila tarqoq feo- dal mamlakat edi. Juda kо‘p musulmon va hind feodal davlat- lari bir-birlari bilan uzluksiz kurash olib borardilar. 50 va 60- yillar davomida sultonning vassal rojalar bilan olib bor- gan urushlari natijasida Bengaliya, Sind, Orissa va Gujarat g‘oyat xonavayron bо‘lgan edi. 1366 yilda Gujaratdagi qо‘zg‘olon bostirilgan, sulton Feruz qо‘zg‘olonining asosiy о‘choqlarida hindlarni batamom qirib tashlash haqida buyruq berdi. Shaf- qatsiz feodal ekspluatatsiyasi va tо‘xtovsiz ichki feodal urush- lari Dehli sultonligi tanazzulining asosiy sabablari bо‘ldi. 70—80- yillarda Dehli sultoni о‘z qо‘lida qolgan ozgina yerlar- ni ham himoya qilishga qodir emasdi. Markaziy hokimiyatning bu zaifligi yomon oqibatlarga olib keldi, Hindistonni yangi chet el hujumlariga qarshi qarshilik kо‘rsata olmaydigan qilib qо‘ydi. XIII asr oxiri va XIV asr boshlaridayoq ayrim mо‘g‘ul otryadlari Shimoliy Hindiston yerlariga bostirib kirdi va hatto Lohur va Dehli kabi katta shaharlarning darvozalariga- cha kela boshladi. Kо‘chmanchilarning hujumlari, qiyinchilik bilan bо‘lsa-da, qaytarilardi. Ammo shimoliy о‘lkalarning vayron qilinishi, aholining talanishi va buning natijasida qishloq xо‘jaligi, sanoat va savdoning tushkunlikka yuz tutib ketishi Hindistonning iqtisodiy ahvoliga tobora yomon ta’sir , qildi. XIV asr oxirlarida Hindiston Temurning qo’shinlari tomonidan egallandi.. Temur 1398 yilning kuzida 120 ming askari bilan Hindis- tonga bostirib kirdi. Dehli sultoni shu qadar katta armiya- ning hujumini tо‘xtata olmadi. Temur Hind daryosidan о‘tib, Panjobdagi shaharlarni birin-ketin ishg‘ol qildi. Poytaxt о‘lja tarzida soldatlar ixtiyoriga topshirildi. Poytaxtning bir qismi qochib ketdi, kо‘plari asir olindi. Dehlidagi juda kо‘p hunarmandlarni — tosh-tarash ustalar va boshqa binokorlarni Temur keying‘alaba sharafiga Samarqand- da katta jome qurishga uchun, olib ketdi. Temur «juda kо‘p asir va о‘lja olib», 1399 yilning ba- horida Samarqandga qaytib keldi. Temurdan keyin Hindistonning ahvoli. Temur Hindistonni tamomila xonavayron qildi. Usiz ham zaif bо‘lgan Dehli sul- tonligiga Temur qaqshatqich zarba berdi. Ammo Temur Hindis- tonni birlashtirish va hatto uni O’rta Osiyodagi о‘z yerlari bi- lan biror darajada mustahkam bog‘lash maqsadini qо‘ymagan edi. Boshqa yurishlar bilan (bular orasida ayniqsa katta ahamiyatga ega bо‘lgan Kichik Osiyodagi Usmon turklariga qarshi yurish bi- lan) band bо‘lgan Temur Hindistonni о‘z holiga tashlab qо‘ya qol- di. Temur vafotidan keyin Hindiston chet el zulmidan qutulib,. о‘zining baquvvat, mustaqil davlatini tuzishi mumkindek tuyu- lardi. Ammo XV asrda Hindistonni birlashtirish yana ham qi- yinlashdi. Doimo birlashtirish markazi bо‘lib qolgan Shimoliy Hindiston Temur hujumi tufayli necha о‘n yillar davomida qat- tiq iqtisodiy krizisni boshidan kechirdi. Ammo Temur huju- mining boshqa bir oqibati ham bо‘ldi. Temur hujumidan keyin musulmon feodallari bilan hind feodallari о‘rtasidagi о‘zaro kurash yana ham kuchaydi. Ilgari vaqtlarda katta ta’sirga ega bо‘lgan shimoliy musulmon knyazlari endi zaiflashib, avvalgi ge- gemonliklarini qо‘lda saqlay olmay qoldilar. Janubdagi hind rojalari, garchi bir qadar kuchaygan bо‘lsalarda, о‘z kuchlari bi- lan birlashtirish darajasida yetarli qudratga ega emasdilar. Ikki guruh ind feodallarining kurashi Hindistonning shi- moli bilan janubidagi milliy va sotsial-iqtisodiy farqni aks ettirib, bir-biriga qattiq dushman bо‘lgan ikki xil diniy (is- lom va hindu) ideologiya kurashi formasiga aylandi hamda samarasiz tarzda juda chо‘zilib ketib, mamlakatni yana chet el intervensiyasi xavfi ostida qoldirdi. Janubiy Hindiston davlati — Baxmani va Vijayanagar. XIV—XV asrlarda Hindistonning janubida ancha yirik davlat- la£ mavjud edi. Ulardan biri Baxmani davlati G‘arbiy Dekan territoriyasida joylashgan bо‘lib, uning poytaxti yirik shahar Bidar edi. Bu davlat 1347 yilda Dehlidan ajralib, tashkil topdi. U 1482 yilgacha yashadi va shundan keyin bir necha knyaz- likka bо‘linib ketdi. Rus savdogari, sayyoh Afanasiy Nikitin xuddi shu davlatda 1469—1472 yillarda (u eng gullagan paytda) bо‘lib, Hindistonning bu qismidagi feodallar va oddiy xalq turmushini yorqin, ajoyib tarzda bayon qildi. Baxmanidan janubda joylashgan yana bir davlat — Vijaya- nagar davlati edi. Bu davlatga taxminan 1336 yilda asos soli- nib, 1486 yilgacha yashadi. Uning tarixi qо‘shni Baxmani bilan deyarli tо‘xtovsiz urush olib borish bilan о‘tdi. Bu urushlar har ikkala davlatni zaiflashtirib, ularning yanada maydaroq knyaz- liklarga bо‘linib ketishini tezlashtirdi. Vijayanagarga qaray- digan Malabar sohili G‘arbiy Yevropa mustamlakachilari kirib kelgan dastlabki territoriya bо‘ldi. Baxmani bilan Vijayana- gar о‘rtasidagi о‘zaro urushlar, shuningdek, XV asr oxirlarida kuchaygan feodallar о‘rtasidagi о‘zaro nizolar G‘arbiy Yevropa mustamlakachilariga Malabar sohilidagi bir qancha tayanch punkt- larini deyarli tо‘siqsiz ishg‘ol qilish imkonini berdi. Bu punktlar yevropaliklarning shundan keyin Janubiy va Sharqiy Osiyoda mustamlakalarni bosib olishlarida juda katta rol о‘ynadi.
Hindistonda yevropaliklarning paydo bulishi. 1498 yilda Vasko da Gama eskadrasi Malabar qirg‘og‘ida paydo bо‘lib, Kali- kut shahriga tushdi. Portugallar XVI asr boshlaridayoqHindis- tonning g‘arbiy va janubiy qirg‘oqlarida bir qancha joylarni egalladilar. Portugallar Hind okeani, Fors qо‘ltig‘i va Qizil dengizda hukmron bо‘lib oldilar. Ular keng suratda dengiz qaroq- chiligibilan shug‘ullanardilar, hind kemalariga hujum qilib, ularni talardilar. Ular bosib olgan territoriya umuman Goa shahri, Seylon oroli va yana boshqa bir necha joydangina ibo- rat bо‘lsa-da, talonchilik ekspeditsiyalari mamlakatning ancha ich- karisiga kirib borar edi. Portugallar yevropaliklar ichida Hindistonni mustamlakachilik ekspluatatsiyasiga birinchi bо‘- lib duchor qildilar. Keyinchalik, XVI asr oxiri va XVII asr -boshlarida ularga gollandlar va inglizlar kelib qо‘shildi. Dehli sultonligining tushkunlikka uchrashi. XV asr mobay- nida Dedli sultonligi buyuk davlat bо‘lmay qolgan edi. Dehli shahri va uning atrofidagi yerlar hukmroni Dehlining buyuk sultoni degan dabdabali unvonga ega bо‘lsa ham, u Shimoliy Hin- distondagi oddiy davlat-knyazliklardan biri edi. Eng yirik davlat — qо‘shni Bengaliya knyazligi edi, biroq u ham loaqal Shi- moliy Hindiston uchun gegemonlik rolini о‘z zimmasiga ololmas edi. Feodal tarqoqligi,qо‘shni knyazliklarning raqobati va о‘za- ro urushlari, ayrim xususiy feodallar ham, kо‘pdan-kо‘p mayda hukumatlar ham undirib oladigan soliqlarning о‘sishi sharoiti- da mamlakat mehnatkash aholisini ekspluatatsiya qilish yanada kuchaydi. Dehqonlar soliq va renta tо‘lashdan' bosh tortishar, о‘rmonlarga qochib, davlat soliqlarini yig‘uvchilardan va о‘z feodallarining zо‘ravonligidan yashirinishar edi. Ba’zan qa- hatchilsk va ocharchilik natijasida dehqonlarning stixiyali g‘a- layonlari bо‘lib turardi. Tarqoq, sinfiy kurash keskinlashgan, musulmon va hind feo- dallarydan iborat bir-biriga dushman ikki guruhga bо‘lingan Hindiston mо‘g‘ul-turklarning yangi hamlasi oldida tamomila himoyasiz bо‘lib qolgan edi. Shimoliy Hindistonning Bobir tomonidan bosib olinishi. 1526 yilda Temurning evarasi — amir Bobir afg‘on tog‘ yо‘lla- ri orqali Hindistonga kirib bordi. Avval Bobir Samarqand shahrida hukmron edi, ammo u yerdan mahalliy feodal zodagonla- ri tomonidan xaydaldi. Movarounnahrdan haydalgan Bobir Af- g‘onistonni vaqisman Sharqiy Eron (Xuroson)ni bosib oldi. Qobul va G‘azna shaharlari uning qо‘liga о‘tdi. Bu yerdan Bobir asosan Urta Osiyo turklari, xurosonliklar va afg‘onlardan ibo- rat 20 ming kishilik qо‘shin bilan Shimoliy Hindistonga hu- jum qildi. Hindiston uchun qat’iy jang Panipat tekisligida (Dehlidan shimol tomonda) 1526 yil 21 aprelda bо‘ldi. Dehli- ning Lodi dinastiyasidan bо‘lgan Dehlining sо‘nggi sultoni Ib- rohim bu jangda о‘ldirildi. Shundan keyin Bobir Dehlini bo- sib olib, о‘zini Hindiston imperatori (tо‘g‘rirog‘i — shoh) deb e’lon kildi. Kelgusi 1527 yilda musulmon va hind knyazlari koalitsiyasi son jihatidan Bobir qо‘shinidan bir necha marta ko’p keladigan, 100 ming kishilik juda katta qо‘shin tо‘pladi. Lekin Bobir Agra shahri yaqinidagi Kanvag yonida bо‘lgan jang- da koalitsiyani tor-mor qilishga muvaffaq bо‘ldi. Shundan ke- yingi yillarda Bobir Bixar bilan Bengaliya viloyatlarini istilo qildi. Shimoliy Hindiston va Afg‘oniston yerlaridan iborat bо‘lgan katta bir davlat vujudga kelib, bu davlat Boburiylar imperiyasi imperiyasidegan nom oldi. Bobir vorislari davri- da uning hokimiyati о‘rta va Janubiy Hindistonga tarqaldi. Nazorat savollari: Hindistondagi eng muhim savdo shaharlari qaysilar? XIV ast 50 yillarida sulton va vassallar o’rtasidagi kurashi qanday oqibatlarga olib keldi? 1366-yil qayerda qo’zg’olon ko’tarildi Baxmani davlati qanday tashkil topdi? Adabiyotlar: 1.Qurbongaliyeva M. G. O`rta asrlar tarixi . T., 1990 2. Semyonov V. F. O`rta asrlar tarixi . T., 1973 3. Udalsova Z. V.Istoriya Yevropo`. T. 1. M. «Nauka». 1988. 4. Udalsova Z. V.Istoriya srednix vekov. T. 1-2. M, «Vo`shaya shkola». 1991. XI - XV asrlarda Xitoy.
1. Xitoy Mug‘ullar sulolasi . 2. Min sulolasining idora qilishi. 3. Xitoyda yevropaliklarning paydo bо‘lishi. 4. XV-XVI asrlarda Xitoyda ziddiyatlarning keskinlashuvi. Tayanch tushunchalar: xitoyda mo’gullar hokimiyati, min sulolasi, shaharlar rivoji, Yevropaliklar kirib kelishi
Xitoy mug‘ullar sulolasi ostida-xukmronligi. Dastlab Xubilay zamonida (1259-1294) Xitoyning shimolda tashkil topgan mug‘ullar monarxiyasi asta sekin janubiy Xitoyga ham yoyildi. 1278 yilgi Sun sulolasining poytaxti Xanchjaou shaxri olindi. 1279 yili janubiy Xitoy tomomila istilo etildi. Yildayoq yangi sulola Yuan deb nom olgan. Mug‘ullar istilosi Osiyo va Yevropa kabi Xitoy uchun ham daxshatli bо‘ldi. Chingizxondan boshlangan yurishlar davomida Xitoy bexisob qurbonlar berdi. Xitoyliklar ekin yerlarining bir qismini yaylovlarga aylantirildi. Yangi soliqlar paydo bо‘ldi. Mug‘ullar olib boriladigan urushlar munosibati bilan ularning talabiga muvofiq har xil yuklarni tashib berish tarzidagiyillik solig‘i Xitoy dehqonlari zimmasiga tushgan og‘ir yuklardan biri edi. Uning oqibatida qishloq xо‘jaligiga zarar yetkazardi. Yuan sulolasi davrida asosiy kuch mug‘ullarning о‘zidan iborat bо‘lsa, armiyaga Xitoy axolisi keng kо‘lamda jalb qilinardi (yuk tashish, yer qazish, kanal ishchilari...) qonun bо‘yicha bunday ishlarga 10 kishidan birini olish kerak edi (mardikor). Xitoy shaxar axolisi ham og‘ir axvolga solindi. Katta devorlarni teshuvchi tosh otuvchi kurollar ishlab chiqarish bо‘yicha Xitoy xunarmandlari janglarga olib ketilgan. Sun sulolasi davrida yerga xusisiy mulkchilik dehqonlarni qaram etish kuchaygan edi. Mug‘ullar davrida ham jarayon davom etdi. Va dehqonlar sotiladigan va sotib olinadigan tovarga aylandi. Soliqlar va boshqa tо‘lovlar endi tamomila feodallarga bog‘liq bо‘ldi. Shahar sexlari mug‘ullar xazinasiga katta pul tо‘lardilar. Xunarmadchilik maxsulotlarining katta qismi mug‘ul davlatiga bepul о‘ziga xos rekvizitsiya tariqasida topshirilardi. Marko Polo: Yuan sulolasi dastlabki paytlarda Xitoy Sharq kurashini tomosha qilib ulardan nega Mug‘ullarga qarshi kurashmaysizlar, sizlar ulardan kuchli sizku deganda, ulardan biri mug‘ullarni biz о‘zimizga singdirib boramiz, degan edi.... 13 asr oxiri 14 asr boshlaridayoq mug‘ullar Xitoyliklarning kuchli ta’siri ostiga tushib qoldilar. Ular Xitoy tilida gapiradigan bо‘ldilar, Xitoy yozuvini о‘zlashtirdilar, va Xitoyliklarning ilgarigi idora usulini qabul qildilar. 2-tomondan Xitoyning mug‘ul davlatlari sistemasiga kiritilishi tufayli endilikda Xitoy ilgarigi Tan va Sun "milliy" sulolalari zamonidagidan ham kо‘proq darajada savdo-sotiq ishlarida ishtirok qiladigan bо‘la oldi. Xitoyda Eron, Arab, О‘rta Osiyo va Xind savdogarlarining savdo rastalari paydo bо‘ldi. Xitoyda 13 asrda bambukdan yasalgan trubkaga о‘xshash miltiqlar, 14 asrda esa tosh va temir о‘q solib otiladigan metal zambaraklar ixtiro qilindi. Xubilay zamonida Xitoyga borgan Venetsiyalik sayyox Marko Polo "Xitoy ipagi, chinnisi, temiri, misi, dunyoning hamma burchagiga chiqarilardi" deb yozgan. Savdoning asosiy samarasini mug‘ular va turk fors savdogarlari kо‘rardi. 14 asrda mug‘ul imperatoriga qarshi bir necha bor saroyda fitna uyushtirildi. Axolining kengroq doiralari о‘rtasida о‘z oldiga mamlakatni ozod qilishi maqsad qilib qо‘ygan milliy tashkilotlar tuzildi. 1351 yili Xenan va shandun viloyatlari " Oq nilufar" nomli ittifoq tomonidan tayorlangan "Qizil peshonabog‘lilar" qо‘zg‘oloni bо‘ldi. Dehqonlarga shaxarliklar qо‘shildi. Bu qо‘zg‘olon ozodlik urushiga aylanib ketdi. U qariyb 20 yil davom etdi. 1356 yili "qizil peshona bog‘lilar" ulug‘ xon poytaxtini Yansizin (Pekin) shahrini xavf ostida qoldirdilar. 14 asr 60 yillarida Xitoy viloyatlarining kо‘pchiligida mug‘ullarga qarshi qо‘zg‘olonlar bо‘ldi. qо‘zg‘olonchi dehqon armiyasining raxbarlaridan Chju-Yuan-Chjan 1369 yili imperator deb e’lon qilindi. U ta’sis etgan sulola Min deb ataladigan bо‘ldi. Min sulolasining idora qilishi. Bu sulola Xitoyning 1368 yildan to 1644 yilga qadar idora qildi. Uning poytaxti dastlab Nankin shaxri edi. Lekin kо‘p о‘tmay poytaxt yana Yanszin shaxriga kо‘chirildi. U endi Pekin degan yangi rasmiy nom oldi. Xalq orasida chiqqan yangi sulola dastlab mexnatkashlar manfaatini birinchi о‘ringa qо‘ygan xolda siyosat yuritildi. M: soliqlarni tengrok taksim qilish maqsadida, soliq rо‘yxatlari qaytadan kо‘rib chiqildi. Mug‘ul zodagonlarining yerlari xiyla kо‘paydi. Boqimandlarni kechishi tо‘g‘risida Chjou Yuan Chjan bir necha marta farmon chiqardi. XIV asr oxirlari XV asrning birinchi yarmida irrigatsiya sohasida katta ishlar qilindi. Shaxarlardagi xunarmandlar tо‘laydigan soliqlar ham dastlabki paytlarda bir qadar kamaytirildi. Lekin shu bilan birga "dehqonlar imperatori " biror bir ijtimoiy inqilob qilishni о‘ylamasdi. Katta yer egalari dastlab sal cheklab qо‘yilgan bо‘lsada umuman Saqlanib qoldi. Bu xolat о‘sishda va mustaxkamlanishda davom etdi. Chjou Yuan Chjangga xokimiyatni qо‘lga olishga yordamlashgan lashkarboshilar va yangi sulolaning faol tarafdorlari kо‘pgina yer mulklari oldilar. Sulola udeal yerlar sifatida ekinzorlar va yaylov yerlarning juda katta qismini о‘z qо‘liga kiritdi. Bu yerlardan olingan daromad imperator saroyi va shaxzodalarning xarajatini qoplardi. Chjou-Yuan-Chjanning 20 dan ortiq о‘g‘li bо‘lib ularning hammasi yuqori ma’muriy lavozimni egallar va ayni vaqtda yirik yer egalari edi. Ammo imperator xonadoniga taalluqli bо‘lmagan oliy ma’muriy shaxslar ham katta yer mulklar egasiga aylangan. Shaxarlarning rivojlanishi, ilk shaxar kurtaklari. 14-16 asrlarda Xitoyda sanoat ancha tez suratlar bilan rivojlandi. Sholi va ipak tayyorlash, gazlamalarga pardoz berish, qog‘ozga shisha, chinni tayyorlash, turli xildagi kon sanoati tez rivojlandi. Pekin, Nankin va boshqa shaxarlarda saroylar, ibodatxonalar, bezakli minoralar, kо‘priklar, arklar, turli kal’a inshootlari qurildi. Minlar davrida ham sanoat, asosan xunarmandchilikdan iborat bо‘lib qoldi. Biroq sanoatning ayrim tarmoqlari, asosan katta ishlash sanoatida manafaktura tipdagi yirik ustaxonalar bor edi. Qullar va krepostnoylar mexnatidan foydalanadigan kо‘pgina davlat manifakturalari (chinni ishlab chikarish mavjud edi). Kon ruda qazib chiqarish sanoatida majburiy mexnat tamomila xukmron edi. О‘z ichki axvolini mustaxkamlab olgan sulola yangi yerlar bosib olish hamda Xitoyning tashqi bozorlarini kengshaytirish maqsadida keng istilochilik yurishi uyushtirildi. Chjou-Yuan-Chji zamonidayoq Koreya bilan Tibet xitoy imperatori xukmronligi ostida edi. Uning vorislari Indoneziya, Xindu-Xitoy, mamlakatga xarbiy ekspiditsiyalar yubordilar. Bu mamlakatlardagi kichikroq xokimlarning bir qismi Xitoy imperatorining oliy xokimiyatini tan oldi. Xitoylarliklar Indoneziya bilan Xindu-Xitoyga kо‘plab kо‘chib bora boshladilar. Min xukumati Xindu xitoy, Indaneziya, Xindiston va xatto Sharqiy Afrika qirg‘oqlariga sistematik tarzda xarbiy-dengiz ekspeditsiyalarini yuborib turdi. Admiral Chjen Xe boshchiligida 1403-1433 yillar mobaynida turli mamlakatlarga 7 marta dengiz yurishlari uyushtirildi. 16 asrda Min imperiyasiga birovlarga xujum qilish emas, balki bundan keyin о‘z mamlakatini chegaralarini mudofaa qilishga tо‘g‘ri keldi. /arb tomondan unga mug‘ullar xavf solib turardi. 1550 yili mug‘ullar qо‘shini Pekinga bostirib kirib, uning chegeralariga о‘t qо‘yib ketdi. Xitoyda yevropaliklarning paydo bо‘lishi. 16 asrning 2 yarmida Xitoy Yaponlar agressiyasiga qarshi og‘ir kurash olib borishga majbur bо‘ldi. Shunday kurashlar oqibatida Min sulolasi samuraylar xujumlarini kaytarib shu asrning oxirida ularni qit’adan xaydab chiqardi. 16 asr boshlarida Xitoyga yevropaliklar kirib kela boshlashdi. 1516 yili Kanron portiga birinchi bо‘lib portugal kemalari keldi. 16 asrning 40-yillarida portugallar Xitoy qirg‘oqlarida bir necha kolonna barpo qildilar. Lekin portugallarning tamagirliklaridan о‘zboshimchaligidan bezor bо‘lgan xitoylar 50 yillarning boshida ularning hammasini yakson qildi. 1557 yilda bosib olingan Makkooda (kanton) janubida portugallar konsensiyasini olib, ancha mustaxkamlanib olishga muvaffaq bо‘ldilar. 16 asrning 2 yarmi 17 asrning boshlarida Xitoyda Ispanlar, Gollandlar, Ingilizlar va Fratsuzlar paydo bо‘ldi. Ammo Min xukumati chet elliklarni bir oz bulsa ham Xitoyning ichkarisiga suqilib kirishga yо‘l qо‘ymadi. 16 asr yevropa savdogarlarining Xindiston va Indoneziya bilan savdolariga nisbatan Xitoy bilan bо‘lgan savdo oborotlari juda ozgina edi. Xitoy ruslar bilan bir marta 16 asrning birinchi yarmida aloqa qila boshladi. XV-XVI asrlarda Xitoyda ziddiyatlarning keskinlashuvi. 15-16 asrlarda Xitoyda sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. Sudxurlikning yoyilishi, soliqlarning oshib borishi, xalqning noroziligini keltirib chikardi. 1448-1449 yillarda Fuszyan viloyatida Den Maotsi boshchiligida dehqonlar qо‘zg‘oloni bо‘ldi. Uning atrofiga о‘zi singari о‘n minglab mayda ijarachi dehqonlar tо‘plandi. Bu ijarachilar aslida qaram xolatiga tushgan edilar. qо‘zg‘olonchilar eski odatdagi rentani talab qilib oshirilgan ijara xaqqini tо‘lashdan bosh tortadilar. 16 asrning boshlarida bunday qо‘zg‘olonlar deyarli barcha viloyatlarda bо‘lib о‘tdi. Ayni vaqtda 15-16 asrlarda Xitoyda xukmron sinfning о‘z ichida turli guruxlar kurashi davom etayotgan edi. Min imperatorlariga yaqin bо‘lgan Chinovniklar yuqori va daromadli lavozimlarni egallaganlar. Ularga feodallarning kengroq doirasi xususan Shenshiy deb nomlangan olimlar tabaqasi qarshi chiqqan. 1506 yili Chinovniklar (maxramlar) markaziy boshqaruvni butunlay qо‘lga olib uni 1521 yilgacha saqladilar keyin 2 gurux g‘olib keldi. Chinovniklar mollari talandi, о‘ldirildi... lekin 16 asrdan sо‘ng 17 asrning 20 yillarida yana chinovniklar g‘olib chiqdilar. Nazorat savollari: “Qizil peshonabog’lilar” qo’zg’olon qaysi tashkilot tomonidan tashkil etilgan? Qaysi asrlarda xitoyda sanoat tez suratlar bilan rivojlandi? Xitoy –Rus aloqalari qachon boshlangan? Den Maotsi qo’zg’oloni nima uchun bo’lib o’tgan? Foydalanilgan adabiyotlar: Istoriya stran Azii i Afriki v srednо‘ye veka. M.,1987. Istoriya narodov Vostochnoy i Sentralnoy Azii. M., 1986. Istoriya stran Azii i Afriki v srednо‘ye veka. 1-2 Y. M., Vо‘sshaya shkola, 1988. Istoriya srednо‘x vekov (pod.red.Z.V.Udalsovoy i S.P.Karpova. 1-2 ch.). M.. Vо‘sshaya shkola, 1991. Srednovekovо‘y vostok. M., 1980. Vasilyev.L.S. Agrarnо‘ye otnosheniya i obshina v Drevnem Kitaye. M., 1961. Velgus.V.A. Srednevekovо‘y Kitay. M., 1987. Lapina.Z.G. Ucheniye ob upravlenii gosudarstvom v srednevekom Kitaye.M.. 1985. Istoriya KitaY. M., Izd. Vostoch. Lit. 1989. XI-XV asrlarda Yaponiya. Samuraylar. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. Yapon madaniyati. REJA: 1.Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Samuraylarning kelib chiqishi, manbalari, tashkiliy tuzumi va g‘oyasi. 2.Yapon shaharlarining rivojlanishi. Eks imperatorlar davri va ular hokimiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. 3.Mo‘g‘ullar bosqini va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Ichki va tashqi siyosat. Shaharlar va savdoning rivojlanishi. Madaniyat. Tayanch tushunchalar: samuraylar, yer egaligi, Davlat boshqaruvi, diniy qarashlar, dehqonlar ahvoli, mo’g’ullar bosqini xavfi Yaponiyada feodal munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi. Yaponiyada feodal munosabatlari XI—XII asrlarga kelib, qat’iy qaror topdi. Yapon feodal pomestyelari — syoenlar о‘sha vaqtlarda vujudga keldi. Syoenlar otadan bolaga meros bо‘lib о‘tardi va ular hech qanday soliq tо‘lamasdi. Budda monastirlari juda kо‘p yerlarga egalik qilardilar, chunki budda dini Yaponiyaga VII asrdayoq kelib kirgan edi. Dunyoviy va ruhoniy feodallarning yerlarida ishlovchi krepostnoy aholi, qisman, bir zamonlar xiyla kо‘p sonni tashkil etgan va keyin yer olib, qaram dehqonlarga aylantirilgan sobiq qullardan, qisman esa, turli yapon urug‘larining oddiy a’zolari avlodidan chiqqan, keyinchalik erkinlikdan mahrum qilingan sobiq erkin jamoachi dehqonlardan iborat bо‘lgan. Qishloq aholisidan anchasi davlat dehqonlari sifatida qoldirilib, ular bevosita imperatorga va uning saroyiga qarashli bо‘lib, imperator amaldorlariga soliq tо‘laganlar. Yapon feodallari bir necha darajaga bо‘linardi. Eng katta feodallar — x o n k e l a r, sо‘ngra ularning vassallari mayda pomestyeli feodallar — rekalar bо‘lgan. Xonke va rekalarning yana samuraylardan iborat drujinalari bо‘lgan. Zamon о‘tishi bilan о‘rta asr Yevropasidagi ritsarlarga о‘xshash, s a m u r a y l a r n i n g ham bir qismi mayda pomestyeli dvoryanlarga aylanganlar. Samuraylarning bir qismi hamon professional-drujinachi bulib qolavergan. Samuraylarda yer bо‘lmagan, faqat urushlarda topgan о‘lja va о‘z senyorlaridan olgan maoshi bilan kun kechirgan. О‘rta asr Yaponiyasidagi siyosiy tuzum о‘ziga xos kо‘p xususiyatlarga ega bо‘lgan. Bir tomondan, Yaponiyada XII asrdayoq markaziy imperator hokimiyati - m i k a d oо‘rnatilgan. Mikado butun yerning oliy mulkdori deb e’lon qilingan. Urug‘ zodagonlari mikado amaldorlariga aylantirilgan, ular gubernator va shahar hokimi sifatida ayrim rayonlar va viloyatlarni idora qilgan. Yerga, hunarmandchilikka va savdoga Xitoydagi singari murakkab intensiv soliq solingan. Ammo, ikkinchi tomondan, bu hol feodallarning mustahkamlanishiga va nomigagina oliy hokimiyat bо‘lgan imperator hokimiyati va uning hukumati qо‘l ostida feodallar tamomila mustaqil idora qilgan mamlakatning aslida parchalanib ketishiga xalaqit bermagan. Download 453.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling