Reja: XII-XV asrlarda Bolgariya


Download 453.67 Kb.
bet9/10
Sana19.05.2020
Hajmi453.67 Kb.
#107796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1.O'rta asrlar tarixi ma'ruza matni-2019

ortiqcha qilib qo‘yilgan edi. Bu jihatdan Kalvin XVII—

XVIII asrlardagi so‘nggi falsafiy deizmning uzoq o‘tmishdoshi

bo‘lgan edi.

Kalvin o‘zining yangi cherkov tashkilotiga katta ahamiyat

bergan edi. Qalvin cherkovni «ruh kishylaridan» iborat

«saralar jamoasi» deb bildi. Unda intizom juda qattiq

bo‘lgan. Reforma qilingan cherkovni knyaz-feodallar nazora-

tiga bo‘ysundirgai lyuteranlikka nisbatan Kalvin cherkovi-

ning tuzilishi ancha demokratik edi. Undagi barcha mansabdor

ruhoniylar saylanib qo‘yilgan. Jamoaning ruhoniy rahbarla-

ri bo‘lgan pastorlardan tashqari Kalviniing cherkov jamoasi-

da shu jamoa qavmi ichidan saylanib qo‘yilgan oqsoqollar

(presviterlar) katta rol o‘ynagan. Ayrim jamoalar ittifoq-

qa birlashib, milliy cherkov tashkil qilganlar, 6u cherkovlarga

vaqti-vaqti bilan chaqirilib turadigan sinod (syezd)lar bosh-

chilik qilgan.

Kalvin Jenevada mahalliy srotestant partiyasiga boshchi-

lik qildi. U salkam yigirma besh yil (1540—1564) Jeneva

cherkovining tepasida turib, mahalliy shahar kengashiga katta

ta’sir ko‘rsatdi. Kalvin bu yerda protestant ruhoniylar aka-

demiyasini tashkil etdi. Bu yerdan kalvinchi missionerlar Yev-

ropaning barcha mamlakatlariga yuborilardi. Kalvin turli 4

mamlakatlarda yashovchi o‘z izdoshlari bilan tez-tez xat yozishib |

turdi. U yashagan davrda Jenevani «Protestantlar Rimi» deb

ataganlari bejiz emas edi.

Kalvin din sohasidagi munosabati jihatidan ham Rim

papasiga o‘xshardi. Papalar yeretiklarni shafqatsiz ta’qib

qilganlari singari, Kalvin ham boshqacha fikrdagi kishilar-

iing hammasiga g‘oyat chuqur nafrat bilan qarardi. Kalvinning

taklifiga ko‘ra, Jeneva kengashi xudosizlikda va axloqsizlik-

da ayblangan turli 'shaxslardan 58 tasini qatl qildirdi va

76 tasini surgunga yubordi. Bular orasida mashhur ispan olimi

M i g ye l S ye r v ye t ham bor edi, u ilohiy troisa to‘g‘risida-

gi ta’limotni rad qilgani uchun 1553 yilda gulxanda kuydi-

rildi.

XVI asrning ikkinchi yarmida kalvinizm munosabati bilan



Kalvinning vatani Fransiyada keng ijtimoiy diniy-siyosiy

harakat paydo bo‘ldi, bu harakatni davom ettiruvchilarga u yerda

gugenotlar deb nom berdilar.

Katoliklar kontrreformasiyasi. Reformasiya to‘lqini butun

Yevropaga yoyilib ketadiganday bo‘lib ko‘ringan edi. XVI asr-

ning 30- yillarida (korol Genrix VIII Tyudor zamonida) ing-

liz cherkovi papadan ajraldi, 40- va 50- yillarda reformasiya

kalvinizm va boshqa xil protestantlik ta’limotlari forma-

sida Niderlandiya mamlakatlarida juda keng tarqaldi. Fran-

siyada, ayniqsa uning janubida protestant-kalvinistlarning

soni tobora ko‘payib bordi. Germaniyada lyuteranlik, shuningdek

qisman bu yerga kirib kelayotgan kalvinizm hamda svinglikan-

chilik katolisizmni siqib borib, uni orqaga surib qo‘ygan edi-

lar. Protestantlik Skandinaviya mamlakatlariga yoyildi. '

XVI asrning o‘rtalarida hatto Polsha bilan Vengriyada ham

Rim cherkovi uchun xavf tug‘ildi.

Biroq XVI asrning o‘rtalarida va ayniqsa ikkinchi yarmida

katolik cherkovi protestantlarga qarshi o‘zi hujum boshladi.

U hali tamomila umidsiz holga tushgan emas edi. Yevropaning

ijtimoiy tuzumi asosan hali ham feodal tuzumidan iborat

edi. Kapitalistik munosabatlar faqat feodal formasiya ichi-

dagiia tug‘ilib kelayotgan zdi. Deyarli hamma davlatlar tepa-

sida XVI asrning birinchi yarmidagi Buyuk dehqonlar urushidan

hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xalq harakatlaridan qo‘r-

qib qolgan feodal sinflar turardi.

Yevropaning eng yirik mamlakatlarida — Fransiya, Ispa-.

niya, Avstriyada tantana qilgan absolyutizmning o‘zi katolisizm-

ga muhtoj edi, unga katolisizm ideologik va siyosiy kuch sifa-

tida zarur edi, absolyutizm xalq ommasini, dastavval, dehqon-

lar ommasini shu katolisizm yordami bilan itoatda tutishga

umid bog‘lagan edi.

Katolisizmning afzal tomoni — uning protestantlar cher-

kovi singari tarqoq holda emas, balki markazlashgan holda

ekanligida edi. Katolik yepiskopligi, qavm ruhoniylari, tur-

li monaxlarning ordenlari bir markazdan — Rimdan boshqa-

rilar va yo‘l-yo‘riq olardilar. Biroq katolik cherkovi o‘zining

hukmronlik mavqeini bir daraja bo‘lsa ham tiklash maqsadi-

da hokim sinflarga bir qancha yon berishga majbur bo‘lgan edi.

Bir qancha mamlakatlarda cherkov qisman sekulyarlashni,

ya’ni cherkov yerlari va boshqa mulklarining ozmi-ko‘pmi qismi

dunyoviy odamlar qo‘liga o‘tishini tan olishga majbur bo‘ldi.

Absolyut hokimlik hukm surgan davlatlarda korollar mahal-

liy cherkovlar ustidan ilgarigiga qaraganda yana ham ko‘proq

hokimlik qila boshladilar. Xususan, bu narsa mahalliy yepis-

koplarning korollar tomonidan belgilanishida va mahalliy

cherkov daromadlari ulushining papaga ajratilishi ustidan u

yoki bu mahalliy hukumatning nazorati o‘rnatilganida namoyon

bo‘ldi.


Katolik cherkovi o‘z ichida katta reformalar o‘tkazishi lo-

zim edi. Protestantizmga qarshi olib borilayotgan kurashning

yangi sharoitlari katoliklardai o‘z kuchlarini ko‘proq markaz-

lashtirishni va papaning obro‘sini yanada ko‘proq ko‘tarishni ta-

lab qilardi.

1545—1547, 1551—1552 va 1562—1563 yillarda Tridentda

(Germaniya chegarasidagi Tridentda) majlis qurgan Trident

sobori proteotantlar bilan har qanday murosaga kelishni rad

qildi, protestantlarning hammasini «yeretiklar» deb e’lon

qildi. Sobor papani din ishlarida eng mo‘tabar shaxs deb

e’lon qildi; ilgarigi barcha aqida hamda odatlar, ruhoniylar-

ning selibati monaxlik, butga cho‘qinish, qudratga sajda qi-

lish, xudoga latin tilida sig‘inish va shu singarilar saqlab

qolindi. Ruhoniylarning savodini oshirish maqsadida svyash-

chenniklar tayyorlash uchun maxsus diniy seminariyalar barpo

qilindi. Ayni vaqtda katolisizm cherkovning «obro‘si» ga biror

darajada putur yetkazadigan hamda uning dogmatlari va tashki-

lotiga zid keladigan barcha yangi g‘oya va yo‘nalishlarga qarshi

sistematik kurash olib bordi. Papalar katolik yozuvchilar nashr

qiladigan adabiyotlar ustidan qattiq senzura o‘rnatdilar.

Dindor katoliklar uchun Rimda muntazam suratda «taqiqlan-

gan kitoblar ro‘yxati» tuzib beriladigan bo‘ldi. Bu ro‘yxat-

larga papaga dushman bo‘lgan protestant yozuvchilarning asarla-

rigina zmas, hatto eng yangi ilmiy kitoblar ham, jumladan,.

"olamning tuzilishini Tavrotdan boshqacha tushuntirib beruvchi

yangi astronomiya asarlari va hokazolar ham kiritildi.

Iyezuitlar ordeni. Yangidan barpo qilingan iyezuitlar orde-

ni («Iso jamiyati» ) katolik reaksiyasida g‘oyat

katta rol o‘ynadi. Ordenga ispan dvoryani Ignatiy Loyola

(1491 —1556), asos solgan zdi. Ordenning ustaviny papa 1540

yilda tasdiqladi.Trident soboridayoq iyezuitlar aktiv ish bosh-

lab yubordilar, ular ashaddiy papa partiyasiga (ultramontan

partiyasiga) boshchilik qildilar. Iyezuitlar katolisizm tanta-

pasini ta’minlash uchun hech qanday vositadan ham qaytmaslik-

lari bilan farq qilar edi. Orden o‘z ishida «maqsadga eri-

shish uchun har qanday vosita ham yarayveradi» degan shiorni

bayroq qilib olgan edi. Iyezuitlar boshqa monax ordenlari syn-

gari dunyoni tark etmadilar, o‘z hujralariga bekinib olmadi-

lar, balki olamni o‘z changallariga ko‘proq chirmashtirib olish

uchun shu olam ichida yashadilar. Orden a’zolarni puxta saralab

tanlash asosida tuzildi va uning intizomi juda qattiq edi.

Orden generali Rimda yashardi, u g‘oyat katta huquqlarga ega

edi, ammo uni ordenning yuqori tabaqalari saylab qo‘yardi va

aslida ularning‘ doimiy kontroli ostida ish qilar edi.

Ordenning oddiy a’zolariga o‘z boshliqlarining aytganini

hech so‘zsiz bajaradigan qurol deb qaralardi. «Tobe bo‘lgan

odam o‘zidan kattaga xohlagan yoqqa aylantirib qo‘ysa bo‘ladi-

gan o‘lik jasaddek, har yoqqa egsa egilaveradigan novdadek, har

qanday shaklga solsa, solib bo‘ladigan, istagan yoqqacho‘zsa cho‘zi-

la beradigan mumdek bo‘ysunmog‘i lozim- (Loyola va’zidan).

Orden o‘z faoliyatini har bir jihatdan kengaytirib yubor-

di. Iyezuitlar aholisining bir qismi katolik bo‘lib, boshqa

bir qismy protestantlardan iborat bo‘lgan rayonlarda propa-

ganda ishlarini o‘z qo‘llariga oldilar va shu rayonlarda (Ja-

nubiy va Janubi-Sharqiy Germaniya, Polsha, Vengriya va

boshqalarda) katolisizmning hukmronligini tikladilar. Iyezu-

itlar ruhoniylar tayyorlaydigan maxsus diniy maktablarnigi-

na emas, balki katolik ruhda dunyoviy ma’lumot beradigan

umumiy ma’lumot maktablarini ham o‘z qo‘llariga kiritib ol-

dilar. Bu maktablar — mashhur kollegiumlar edi, ularda XVI,

XVII asrlarda va qisman XVIII asrda G‘arbiy va qisman Shar-

qiy Yevropaning (Polsha) dvoryan yoshlari ma’lumot olardilar.

Iyezuitlar saroy ruhoniylari, ya’ni korol hamda malikalar-

ning ruhoniylari sifatida ham katta siyosiy rol o‘ynaydilar.

Ko‘pincha ular absolyutizmning ma’muriy apparatlaridan yuqori

lavozimlarni zgallar edilar. Ammo iyezuitlarning o‘zlari ka-

goliklarga zid siyosat yurgizuvchi korollarga va hukmdorlarga

qarshi fitna va ig‘volar tug‘dirardilar (Angliya, ayrim davr-

larda Fransiyada). Ko‘pgina iyezuitlar missionerlar sifatida

mustamlakalarga — Janubiy Amerika, Hindiston, Hindi-Hi-

toy, Indoneziya, shuningdek Xitoyga va bir vaqt Yaponiyaga ham

kirib bordilar.


Nazorat savollari:


  1. U.Svingli o’z fikrlarini qaysi kitobda ifodalab berdi?

  2. Kimlar “odamzotni iymon xalos etadi ” degan aqidani asoslashga uringan?

  3. Kalvinizm qayerda Respublika vujudga keltirdi?

  4. Katolikizmning Protestantlikdan afzal tomoni nimada edi?

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Gerodot "Istoriya"

2.Ya.M. Svev. Okeanlar osha sayyoxat. T.,1975.

3.Erotosfen "Geografiya".

4.Urta asrlar tarixi V.F. Semyonov. T.,1973.

Ispaniya XVI asr – XVII asrning birinchi yarmida
Reja:
1. XVI asr boshida Ispaniyaning iqtisodiy rivojlanishi .

2. Karl V boshqaruvi davri . Shahar kommunalarining qo`zg`oloni .

3. Shahar kommunalar mag`lubiyatining sababi va oqibatlari .
Tayanch tushunchalar: Karl I, kommunalar qo’zg’oloni, “ Otryadlar xuntasi ”
XIV asrning I yarmida Ispaniyaga geografik kashfiyotlarda , mustamlakalar bosib olishda , Amerika bilan savdoda va xalqaro munosabatlarda asosiy o`rinni egallagan .

1516 yil Ferdinand Aragon vafotidan keyin ispan taxtini Karl I egallaydi . Onasi tomonidan u Ferdinandning nabirasi , otasi tomondan imperator Maksimilian I Gabsburg-ning nabirasi bo`lgan. Otasidan Germaniyadagi mulklari va Niderlandiyani meros oladi. 1519 yildan imperator Karl V sifatida tan olinadi .

XVI asr o`rtalaridan boshlab Ispaniyaning iqtisodiy va siyosiy tushkunligi boshlanadi. Siyosiy birlashuvi va kuch – qudratining o`sishiga qaramasdan Ispaniyaning viloyat-lari ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan bir – biridan keskin farq qilgan . Aholining ¾ qismi Kastiliyada yashagan . Kastiliyada yerlar boshqa viloyatlarda bo`lganidek , dvoryanlar , katolik cherkovi va ruhoniy – ritsar ordenlari qo`lida edi . Rekonkista vaqtidan boshlab dehqonlarning asosiy qismi shaxsan erkin hisoblangan . Dehqonlar tsenz to`lab,feodallar yerlariga merosiy egalik qilganlar . Yerlarni ular tashlab ketishlari mumkin bo`lgan va boshqa ma`lum huquqlarga ham ega bo`lganlar . Ayniqsa arablardan tortib olingan Yangi Kastiliya va Granadaga kelib o`rnashgan dehqonlarning sharoiti yaxshi bo`lgan . Ular shaxsan erkin bo`lish bilan bir qatorda , Kastiliya shaharlari kabi huquq va imtiyozlarga ega bo`lganlar .

Aragon va uning tarkibiga kirgan Kataloniya , Valensiya va Navarraning ijtimoiy – siyosiy tuzumi Kastiliyadan keskin farq qilgan. Bu yerda XVI asrda ham krepostnoy qaramlikning eng og`ir ko`rinishlari saqlanib qolingan . Feodallar dehqonlarning mulklarini meros olishi va ularni o`ldirishi mumkin bo`lgan . XV asr oxiridagi qo`zg`olondan keyin dehqonlar shaxsan erkinlikni qo`lga kiritishadi .

Xristianlikni qabul qilgan arablarning avlodlari – morisklar shahar va qishloqlarning ayanchli va huquqsiz kishilari hisoblangan . Ular Granada , Andaluziya va Sevil`yaning chekkalarida yashashgan. Ular kamhosil yerlarga haydalib, hosilning 1/3 qismini sen`orga to`lashgan. Bundan tashqari ular davlatga va cherkovga ham soliq to`laganlar , daromadli hunarlar bilan shug`ullanishga yo`l qo`yilmagan . Inkvizitsiya ularni qattiq ta`qib qilgan Shunday og`ir sharoitlarda morisklar zaytun , uzumzor , shakarqamish ,

ipakchilik bilan shug`ullanganlar . XVI asr boshlarida shaharlar kengayishi va mustamlakalarda mahsulotga talab ortishinatijasida qishloq xo`jaligi rivojlanishi kuzatiladi . Burgos , Valyadolid , Madina del Kampo kabi yirik shaharlar atrofida uzumzorlar va zaytun maydonlari kengaydi . Vinochilikda kapitalistik munosabatlar paydo bo`ladi . Vino va zaytun moylari Amerika mustamlakalariga va Evropa davlatlariga chiqarilgan . Xo`jalikdagi bunday rivojlanish dehqon xo`jaliklariga ta`sir qilmagan . Maxsulotlarga narx oshgan bir paytda boshoqli ekinlar bilan shug`ullangan dehqonlar g`allani bozorga davlat belgilagan narxda sotishgan . Kasodga uchragan dehqonlar

sudxo`rlarga qaram bo`la boshlaydi . XVI asr boshlarida Kastiliya xo`jaligining asosiy tarmog`i haydab yilqichilik qilish edi . Grandlarga qarashli bir necha million qo`y har yili 2 marta - bahor va kuzda Kastiliyadan janubga, Estremadura va Andaluziyaga haydalgan , keyinchalik qayta Shimolga olib kelingan . Katta yo`llarda haydalgan poda barcha qishloq xo`jalik maydonlarini , uzumzor va zaytunzorlarni payhon qilib yuboradi

Dehqonlarning qarshiligi yirik chorvadorlar ittifoqi- Mestaning qarshiligiga uchragan . Movutsozlikning rivojlanishi bilan G`arbiy Evropada yungga bo`lgan ehtiyoj ortadi . Qirol hokimiyati yung savdosidan katta daromad olib , Mestaga homiylik qiladi . Dehqonlar xonavayron bo`lib , g`alla ekishzorlari qisqaradi. XVI asrning 30– yillaridan boshlab Ispaniyaga Frantsiya va Sitsiliyadan g`alla keltirila boshlangan .

Bu davrda hunarmandchilik rivojlanib, kapitalistik manufaktura belgilari paydo bo`-ladi . Movutsozlik hunarmandchilikning asosiy sohasi hisoblanib , Segoviya , Toledo , Qurdoba , Kuenkeda manufaktura ko`rinishidagi korxonalar paydo bo`ladi . Bu shahar larning chekkasida yigiruvchilar , to`qimachilar tarqoq manufakturalarda savdogarlarga ishlagan . Biskayya kemasozlik va metallurgiya markazi hisoblangan . Ipak matolar ishlab chiqarish Toledo, Granada, Valensiya, Mursi, Malagada yo`lgaqo`yilgan bo`lib, eski tsex tartiblarini saqlab qolgan . Movutdan farq qilib , ipak buyum-

lar yuqori sifatli bo`lib Flandriya , Frantsiya , Italiya , Shimoliy Afrikaga chiqarilgan . Qilich , xanjarlar ham tayyorlangan .

Ispaniyada va 30 – yillardan boshlab Amerika mustamlakalarida bozozrlarning kengayishi sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta`sir etadi . Ko`chib kelgan idalgolar kiyim va qurollarni tilla va kumushga xarid qilganlar . Dehqonlarning qishloqlardan qochib ketishi hisobiga ishchi kuchining ko`payishi ham yangi korxonalar paydo bo`lishiga yordam beradi. Valyadolid, Salamanka va boshqa shaharlarda daydilarni zo`rlab ishchiga aylantirganlar .

Ispaniya sanoati Evropaning ilg`or davlatlaridan orqada bo`lib , paydo bo`lgan erkin ishchi kuchini bir qismini o`zlashtirgan. Texnik qurilmalar unchalik rivojlanmaganligidan ishlab chiqarish qimmatga tushgan . Ispaniya importi eksportdan yuqori bo`lib , eksportning asosini xom - ashyo va qishloq xo`jalik mahsulotlari tashkil etgan . Movut sanoati rivojlangan XVI asrning I yarmida ham Ispaniyadan yung tashqariga chiqarish uch marta ko`paygan

XVI asrda tashqi savdo rivojlanadi. Sevil`ya yirik savdo markaziga aylanib, Amerika bilan savdo qilish shu yerda to`planadi. Sevil`yada Ispaniyaning eng boy savdogarlari yashashgan. 100 kemadan ortiq flotiliya muntazam Amerikaga qatnab turgan. Madinadel Kampo yarmarkalari bilan mashhur bo`lgan . U kredit operatsiyalari markaziga aylanadi . Iqtisodiy tarqoqlik tufayli mamlakat ichki savdosi rivojlanmaydi .

1516 yil Ferdinand Aragon vafot etgach, nabirasi Karl I taxtga o`tiradi . 1519 yil bobosi Maksimilian I Gabsburg vafot etgach , u Karl V nomi bilan “ Muqaddas Rim impe riyasi” imperatori etib saylanadi. Shunday qilib, Ispaniya imperiya tarkibiga kiradi . Zamondoshlar ” Karl monarxiyasida quyosh botmaydi “,- deyishardi .

Flandriyada tarbiya olgan Karl V Ispaniyani va ispan tilini bilmagan. 1517 yil flamand maslahatchilari bilan Ispaniyaga kirib kelgan 17 yoshli qirol dushmanlarcha qarshi olinadi. Qirol Kastiliya , Aragon va Katalon korteslaridan qiyinchilik bilan o`zini qirol deb tan olishlariga erishadi. Karl flamandlarga imtiyozlar va daromadli lavozimlarni tarqatadi . Karlning imperator etib saylanishi va Germaniyaga ketishi norozilikni kuchaytiradi . Yangi subsidiya olish uchun 1519 yil chaqirilgan korteslar Karlning Ispaniyadan tashqarida uch yildan ortiq bo`lmasligini , mablag`ning olib

chiqib ketilishiga chek qo`yishni va chet elliklarga lavozimlar berishni to`xtatishni talab qiladilar . Qirol va`da berib , subsidiya olishga muvaffaq bo`ladi .

1520 yil mayda Karl Niderlandiyadan olib kelgan Kardinal Adrian Utrextni noib etibtayinlab, Ispaniyadan chiqib ketadi . Bu Kastiliyada shahar kommunalarining qo`zg`oloniga sabab bo`ladi . ( ispancha kommuneros )

Dastlab qo`zg`olonda aholining turli qatlamlari qatnashadi . Flamandlarning o`zboshimchaligi , qirolning moliyaviy faoliyati va shaharlarning huquqiga daxl qilinishi , hamda korteslarning ahamiyati tushib ketishidan boy shaharliklar norozi edilar . Avval qo`zg`olon boshlagan Toledo aholisi boshqa shaharlarga murojaat qilib , erkinliklarni saqlab qolish uchun birgalashib kurashga chaqiradi . Qo`zg`olonchilarning asosiy qismi ni soliqlardan norozi shaharliklar , hunarmandlar tashkil qiladi . Grandlar va idalgolar ham dastlab qo`zg`olonga qo`shiladilar . Grandlar qo`zg`olondan o`zlarining avvalgi imtiyozlarini tiklashda foydalanishga urinadilar . Mayda va o`rta feodallar ham mavrlar bilan urush davridagi erkinlikni tiklashga urinadilar . Ispan feodallari ayniqsa chetelliklarni yuqori va daromadli lavozimlarni egallashidan norozi edilar .

May, iyun oylarida Toledoga Kastiliyaning Segoviya, Burgos, Avila kabi shaharlari qo`shiladi . Ular korrexidorlarni haydab ( qirol amaldorlari ) , yangi , demokratik boshqaruv tuzadilar. 29 iyulda beshta shahar deputatlari Avilada yig`ilib , “Muqaddas xunta”( “ ittifoq ” ) tuzadilar va kastiliyalik Xuan de Padil`yani qo`shin qumondoni etib saylashadi . Madina del Kampo qirol qo`shinlari tomonidan vayron etilgach ,qo`zg`olon shimoliy va markaziy Kastiliyani hamma shaharlarini qamrab oladi . Xunta Adrian hokiiyatini bekor qiladi . Karl bilan murosaaga urinib , xunta unga oktyabr oyida talabnoma yuboradi . Talabnomada qirolning doim Ispaniyada yashashi , lavozimlarga ispanlar tayinlanishi , oltin va kumush mamlakatdan chiqarilib ketmasligi ko`rsatiladi . Korteslar har uch yilda chaqirilishi , dvoryanlar ham soliq to`lashlari kerakligi , aristokratlar o`zlashtirgan yer va konlar davlatga qaytarilishi ham talabnomada qayd qilinadi . Grand va dvoryanlar shahar boshqaruvida ishtirok etmasliklari ham talab qilinadi . Oxirgi talab qo`zg`olonda tub burilishga olib keladi . Dvoryanlar va shaharliklar orasida urush boshlanadi. Bundan foydalanishga harakat qilib , qirol shaharlarga yon berishga va`da qiladi .

Qo`zg`olonning tobora antifeodal tus olishi grandlarning qirol tomoniga o`tib ketishiga olib keladi . Kastiliya dehqonlari o`z sen`orlariga hujum qila boshlaydi .

Ikkilanish tufayli shaharlarnimg bir qismi “ Muqadas xunta” dan chiqadi . 1520 yil Valyadolid shahrida qo`zg`olonchilarning ashaddiylari yangi “ Otryadlar xuntasi ” ni tuzadilar .

Qo`zg`olonchilarning qirol qo`shinlari bilan hal qiluvchi urushi 1521 yil aprelda Vilyalar qishlog`i yonida bo`lib o`tdi . Dvoryanlar qo`shinlari “ Muqaddas xunta ” armiyasini tor– mor keltiradi. Padil`ya va boshqa yo`lboshchilar qatl etiladi. Toledo shahri Padiliyaning bevasi Mariya Pacheko rahbarligida olti oy qarshilik ko`rsatadi . 1522 yil iyulda Karl nemis qo`shinlari bilan Ispaniyaga kelganda qo`zg`olon to`la bostirilgan edi.

Hali Ispaniyada viloyatlar separatizmi kuchli edi. Kataloniya va Aragon qo`zg`olonga qo`shilmadilar .

Karl davlati tarqoq davlatlar va hududlarning birlashmasi bo`lib , iqtisodiy va siyosiy tuzumiga ko`ra ular bir – biridan farq qilgan . Karl “ Butunjahon xristian monarxiyasi”ni tuzishni orzu qilardi . U o`zini turklarga va nemis protestlariga qarshi kurashda katoliklar rahbari hisoblardi . Shunga ko`ra Ispaniya unga harbiy urushlar uchun mablag` va askarlar to`plash uchun manba sifatida qaralar edi .

Italiya urushlari davrida Karl Shimoliy Italiyaning katta qismini qo`lga kiritdi. Turklarning Evropaning ichkarisiga kirib borishini to`xtatish maqsadida Karl katta qo`shin tuzadi, 1535 yil Tunisni turklardan vaqtincha tortib oladi. Biroq , turk kemalari O`rta Yer dengizida ispan savdosiga xalal berishi baribir davom etaveradi .

1556 yil Karl taxtdan voz kechgandan keyin o`g`li Filipp II taxtni egallaydi . 1556 - 1598 ) .

Nazorat savollari:


  1. Qayerda Ispaniyaning eng boy savdogarlari yashagan?

  2. Kastiliya qo’zg’oloninning sababi nima edi?

  3. “Otryadlar xuntasi” qayerda tuzildi?

  4. Karl nima maqsadda Kuchli qo’shin tuzdi?

Foydalanilgan adaiyotlar ro’yxati


1. O’rta asrlar tarixi. V.F Semyonov. T., 1973.

2. O’rta asrlar tarixi. T.Salimov. T., 2014.

3.Istoriya sredni vekov. Udalsov. M.,1973

4.www.ziyonet.uz.

Niderlandiya burjua inqilobi
Reja:


  1. Niderlandiya haqida

  2. Qaramlikning oqibatlari

  3. Ispaniya zulmiga qarshi qo`zg`olon

  4. Terror tartibining o`rnatilishi

  5. Gollandiya Respublikasining tashkil topishi

Tayanch tushunchalar: Burjuaziya ,lnqilob ,Partizan ,Terror ,Furgon


Niderlandiya g`arbiy Yevropa davlatlaridan biri. 17 viloyatni birlashtirgan bu davlat XVI asrda hozirgi Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya hududlaridan hamda Fransiyaning bir qismidan iborat bo`lgan. Unda jami 3 mln aholi yashagan. Antverpen shahri (hozirgi Belgiyada) Niderlandiyaning iqtisodiy va savdo markazi edi. U, ayni paytda, jahon savdosining markazi ham bo`lgan. Antverpen Niderlandiyani daryo orqali Germaniya va Fransiya bilan, dengiz orqali esa Angliya hamda Skandinaviya mamlakatlari bilan bog`lar edi.

Antverpen ko`chalaridan har kuni kamida 2 mingta savdo furgonlari o`tgan. Turli mamlakatlardan yuzlab kemalar esa shahar portiga kirib kelardi. Bir so`z bilan aytganda, Niderlandiya sanoati, savdosi, qishloq xo`jaligi rivojlangan boy mamlakat bo`lgan. Biroq u mustaqil bo'1magan. Ispaniya uni o`z mulkiga aylantirgan edi.

Qaramlikning oqibatlari.

Ispaniya iqtisodiy jihatdan Niderlandiyaga qaraganda qoloq davlat edi. Biroq Ispaniya hamon harbiy qudratini saqlab kelardi. Ispaniya monarxiyasi bu yerda o`zining qoloq boshqaruv tartibini o`rnatdi. Aholi juda katta miqdorda soliq to`lashga majbur etildi. Ispaniya qiroli xazinasiga Niderlandiyadan yig`iladigan soliq miqdori uning Amerikadagi mustamlakalaridan keladigan daromaddan 4 marta ortiq bo`lgan. Niderlandiyada «isloh qilingan din» (protestantlik) tarqala boshlagach, qirol yuqori diniy lavozimlarga ispanlarni tayinlay boshladi. Bu yerda ham inkvizitsiyani va qonli qonunlarni joriy etdi. Ommaviy qirg`inlar uyushtirdi. Bu omillar Niderlandiya xalqining keskin g`azab-nafratini qo`zg`atdi.

Ispaniya zulmiga qarshi qo`zg`olon.

Ispaniya qiroli Filipp II ning shafqatsiz siyosati niderland xalqining kuchayib borayotgan noroziligini to`xtata olmadi. Aksincha, xalqning ispan zulmiga qarshi harakati tobora kuchaydi. Bu harakatda aholining keng qatlamlari - burjuaziya, hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar va hatto dvoryanlarning bir qismi qatnashdi. Burjuaziya, ayni paytda, qo`zg`olongarahbarlik qildi. Ispaniya zulmiga qarshi kurash 1566- yilda qo`zg`olonga aylandi. Qo`zg`olonchilar qisqa vaqt ichida ispan zulmining tayanchi bo`lgan 5,5 mingdan ortiq cherkov va monastirni vayron qildilar. Katolik ruhoniylar va ispan amaldorlari quvib yuborildi.

Terror tartibining o`rnatilishi.

Qo`zg`olonni bostirish uchun Filipp II gersog Alba boshchiligida saralangan qo`shin yubordi. Alba Niderlandiya hukmdori etib tayinlandi. Alba boshqaruv ishida terrorni, jallod qilichini va inkvizitsiyani qo`lladi. Barcha masalalar «Isyonlar bo`yicha Kengash»da hal etildi. Niderland xalqi Albaning yovuzligi tufayli bu Kengashni «Qonli kengash» deb atadi. Uning hukmronligi davrida 8 mingdan ortiq odam qurbon bo`ldi. Alba shafqatsiz jazo choralari bilangina cheklanib qolmadi. U «o'ndan bir» deb ataluvchi yangi soliq ham joriy etdi. Unga ko`ra, savdogarlar har qanday savdo bitimidan keladigan daromadning 1/10 qismini qirol xazinasiga to`lashga majbur edi. Biroq Albaning dahshatli jazo choralari ham ozodlik harakatining to`lqinini to`xtata olmadi. Aksincha, niderlandlar kichikkichik partizan guruhlarini tuzdilar. Niderlandiyani partizanlar kurashi chulg`ab oldi. Partizanlar ispan qo`shiniga qo`qqisdan hujum qilardi. Tez orada qo`zg`olonga Niderlandiya savdo flotining dengizchilari ham qo`shilishdi. Ular Ispaniyaga qarshi dengiz urushi olib bordilar.

Niderlandiya xalqining qo`zg`oloni mamlakat shimoliy qismining mustaqillikka erishishi bilan yakunlandi. Burjuaziya 1572- yilda Niderlandiyaning eng boy va obro`li katta yer egasi Vilgelm Oranskiyni shimoliy hududlar hukmdori deb e'lon qildi.

Ispanlarning Niderlandiyadagi mavqei tobora zaiflashib bordi. Natijada 1573- yilda Alba Niderlandiyani tark etishga majbur bo`ldi. Filipp II faqat janubiy Niderlandiyani o`z qo`lida saqlab qola oldi.

Gollandiya Respublikasining tashkil topishi.

Ispaniya istalgan vaqtda shimolga qarshi yana hujum qilishi mumkin edi. Bunga qarshi tura olish uchun mamlakat shimolidagi 7 viloyat 1579- yilda ittifoq tuzdilar. Bu ittifoq «Utrext uniyasi» deb ataldi. Uniya a'zolari xuddi yagona viloyat kabi abadiy birlashishga va ispanlarga qarshi birgalikda ozodlik uchun kurashishga va'da berdilar. Ayni paytda Uniya Filipp II ni taxtdan tushirilgan, deb e'lon qildi. Bu haqda Uniya qabul qilgan hujjatda, jumladan, bunday deyilgan edi: «Xudo odamlarni hukmdor uchun emas, aksincha, hukmdorni odamlar manfaatlari uchun yaratadi. o`z fuqarolari manfaati uchun qayg`urmagan hukmdor endi hukmdor emas. U bo`ysunish lozim bo`lmagan zolimdir».

Uniya a'zolari ichida eng aholisi ko`pi va eng badavlati Gollandiya edi. Mustaqillikka erishgan Shimol shu viloyat nomi bilan Gollandiya Respublikasi deb atala boshlandi. Respublika o`z mustaqilligini Ispaniyaning tan olishi uchun uzoq vaqt kurash olib borishga majbur bo`ldi. Faqat 1609- yildagina Ispaniya Gollandiyaning mustaqilligini tan oldi.

Gollandiya Respublikasining tashkil topishi inqilobiy hodisa edi. Bu - Gollandiyada feodal tuzum butunlay barham topdi, degani edi. Endi hokimiyat burjuaziya qo`liga o`tdi. Gollandiyada kapitalizm gurkirab rivojlana boshladi. Shu tariqa Gollandiyada jamiyat bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o`tdi. Respublikaning Amsterdam shahri esa Antverpen o`rniga jahon savdosining markaziga aylandi.


Nazorat savollari:

  1. Niderandiya iqtisodiy taraqqiyotining siri nimada edi?

  2. Ispan mustamlakachiligining golland xalqiga ta’siri?

  3. Nima uchun gollandiyada partizanlik urushi keng yoyilgan?

  4. Xalqaro savdning golland iqtisodiyotiga keltirgan foydasi?

  5. Niderlandiyada burjua inqilobiga olib kelgan sabablar haqida nimalar deya olasiz?

Foydalanilgan adaiyotlar ro’yxati




  1. O’rta asrlar tarixi. V.F Semyonov. T., 1973.

  2. O’rta asrlar tarixi. T.Salimov. T., 2014.

  3. Istoriya sredni vekov. Udalsov. M.,1973

  4. www.ziyonet.uz.

XVI-XVII asrboshlarida Angliya


Reja:


  1. Angliyada absolutizmning qaror topishi

  2. Ijtimoiy iqtisodiy hayotda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi

  3. Angliya burjua inqilobi arafasida

Tayanch tushunchalar: Absolutism, Kapital, Ost-indiya, Prixod


Angliya absolutizmi XV asrning oxiridan XVII asrning o`rtasigacha bo`lgan davrda hukm surdi.

XIV-XV asrlar mobaynida Angliyaning iqti-sodi va ijtimoiy tuzumida absolutizmning qaror topishiga shart-sharoitlar yaratuvchi muhim o`zga-rishlar sodir bo`ldi.

Feodal yer egaligining asta-sekin kapitalizmga o`sib o`tishi yuz ber-di. Tovar-pul munosabatlarining va sanoatning rivojlanishi, Angliya juniga bo`lgan talabning ortishi feodal yer egaligi xo`jaligining tovar xo`jaligiga aylanishiga olib keldi. Bularning hammasi kapital jamg`arilishiga va dastlabki manfakturalarning vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Dastlabki manfakturalar hammadan avval kapitalistik ishlab chiqarishning rivoj-lanishi yo`liga to`sqinlik qilayotgan sex tizimi mavjud bo`lmagan port va qishloqlarda vujudga keldi.

Angliyada vujudga kelayotgan kapitalistik munosabatlarning o`ziga xos tomoni shunda ediki, bu yerda kapitalistik munosabatlar shaharga qaraganda qishloqlarga ancha erta kirib kelgandi. Shu munosabatlarning vujudga kelishi jarayonida Angliya feodal davlati mutlaq yakka hokim-likka-absolutizmga o`tadi.

Feodallar o`z yer egaliklarini qo`ylar o`tlatadigan yaylovlarga aylan-tirish maqsadida ularni kengaytirishga harakat qilib, dehqonlarni o`z uchastkalaridan haydab, jamoa yerlarini tortib ola boshladilar ("g`ov tu-tish"ni eslang). Bu qishloq aholisining fermerlarga, kam yerli ijarachilarga va yersiz batraklarga bo`linib ketishini ancha tezlashtirib yubordi.

XV asrning oxiriga kelib ingliz dehqonlari ikkita asosiy guruh frigolderlar va kopigolderlarga bo`linadi. Kopigolderlar - ilgarigi kre-postnoy dehqonlarning avlodlari frigolderlardan farqli o`laroq, feodallar foydasiga qator natural va pul majburiyatlari o`tashda davom etardi. Ular-ning yer uchastkalariga nisbatan huquqlari manorlik sudlari qarorlarining nusxa (kopiya)lariga asoslanardi.

XV asrning ikkinchi yarmida feodallar sinfining o`zida ham tarkibiy jihatdan muhim o`zgarishlar ro`y beradi. O`zaro qizil va oq gullar urushi yirik yer egaligining qudratini sindirdi, eski feodal zodagonlarning qirib tashlanishiga olib keldi. Dunyoviy va ruhoniy feodallarning katta-katta yerlari qirollik tomonidan sotuvga qo`yildi va shahar burjuaziyasi hamda dehqonlarning yuqori qismi tomonidan sotib olindi. Ayni vaqtda manfaat-lari burjuaziyaning manfaatlari bilan yaqin bo`lgan dvoryanlar o`rta taba-qasining roli oshdi. Xuddi shu tabaqadagi dvoryanlar orasidan o`z xo`ja-ligini kapitalistik usullarida yurituvchi yangi dvoryanlar shakllandi.

Yagona milliy bozorning rivojlanishi, shuningdek, ijtimoiy kurash-larning keskinlashuvi yangi dvoryanlar va shahar burjuaziyasining mar-kaziy hokimiyatni yanada kuchaytirishga bo`lgan manfaatdorligiga sabab bo`ldi.

Dastlabki kapital jamg`arish davrida dengiz orti hududlarini mustam-lakaga aylantirish kuchaydi: Tyudorlar davrida Shimoliy Amerikada birinchi ingliz mustamlakasi - Virginiyaga asos solindi, XVII asrning bo-shida esa mustamlakachilikka oid Ost-Indiya kompaniyasi tashkil qilindi. Kompaniyalarda qatnashgan savdogarlar savdodan juda ko`p foyda olar-dilar. Angliya qirollari kompaniyalar tuzishga jon-dili bilan rozi bo`lardi, chunki savdogarlar ularning xazinasiga katta-katta mablag` to`lab turardilar.

Sex tuzumining kuchsizlanishi shaharda kapitalistik elementlarning rivojlanishini yengillashtirdi. Shahar aholisi orasida tabaqalanish bosh-landi. Savdogarlar va ustalardan iborat shaharliklarning yuqori qismi ajralib chiqdi. Kapitalistik manufakturalarning vujudga kelishi bilan meh-natkashlarni ekspluatatsiya qilish kuchaydi. Bu esa shaharlarda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib keldi. Bu kurash dehqonlarning yer uchun va yashash uchun kurashi bilan qo`shilib ketgan edi (1549 yilgi Robet Ket boshchiligidagi kuchli dehqonlar qo`zg`olonini eslang).

Angliyada sinfiy kurashning keskinlashganligi "gadoy va daydilar"ga qarshi chiqarilgan qonunlarda va ish haqini tartibga soluvchi qonunlarda o`z aksini topdi.

Dehqonlar va shahar kambag`allarini tutqinlikda ushlab turish va qarshiliklarini bostirish uchun Angliya hukmron doiralari byurokratik boshqaruv apparatiga asoslangan kuchli davlat mashinasini tashkil qiladi.

Absolut monarxiya davrida Angliyada hokimiyat va boshqaruvning oliy organlari qirol, Yashirin kengash va parlament edi.

Biroq, bu davrda Angliyada real hokimiyat qirolning qo`lida to`p-langandi. U ko`p sonli va faqat o`ziga bo`ysunadigan organlar orqali qonun chiqarish, ijro etish va oliy sud hokimiyatini amalga oshirardi.

Yashirin kengash bundan oldingi davrda vujudga kelgan, lekin absolut monarxiya davrida batamom rasmiylashgan edi. U davlatning oliy mansabdor shaxslari: lord-kansler, lord-xazinachi, qirolning shaxsiy muhrini saqlovchi lord va boshqalardan iborat edi.

Kengash tarkibi doimiy bo`lmagan. Oliy mansabdor shaxslar bilan bir qatorda boshqa mansabdor shaxslar ham Kengash ishlariga taklif qili-nardi. Genrix VIII ning reglamentiga (1426 yilgi) asosan kengash tarkibiga 14 ta davlat va saroy mansabdor shaxslari, 4 ta per va 2 ta yepiskop kirardi.

Yashirin kengash qirol huzuridagi maslahatchi organ bo`lgan. Uning vakolatlarini qirol belgilardi. Qirol hokimiyatning kuchayishi bilan mamla-katni boshqarishga taalluqli ko`p hujjatlar qirol tomonidan kengashni chet-lab o`tgan holda chiqarilgan. Yashirin kengashning majlislarida ko`pincha qirollar ishtirok etmasdilar. Ular bunday hollarda kengash majlislarini yuritishni uning a`zolaridan biriga topshirardilar.

Yashirin kengashning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organi sifatidagi roli va ahamiyati uning komissiyalari va komitetlari faoliyatida namoyon bo`lgan. Ularning ichida fuqarolik va asosan jinoiy ishlar bo`yicha favqulodda sud organi bo`lgan "Yulduz palatasi" alohida o`rin egallaydi.

Yashirin kengashning asosiy vazifasi monarx hokimiyatiga qarshi har qanday chiqishlarga qarshi kurashish edi. U farmonlar, reglamentlar, yo`riqnomalar, manifestlar, proklamatsiyalar chiqarish bilan markaziy va mahalliy davlat organlari ustidan nazoratni amalga oshirardi. Kuchayib borayotgan qirol hokimiyati bu davrda parlamentni tugata olmadi. O`tgan davrda asos solingan jentri va burjuaziya ittifoqi parlamentning mustah-kam saqlanib qolishini ta`minladi. Bu ittifoq qirol hokimiyatining tabaqalar o`rtasidagi ixtiloflardan foydalanib, markazda va joylarda vakillik muassasalarini tugatishiga yo`l qo`ymasdi.

Qirol hokimiyatining parlament bilan o`zaro munosabatlarda ustun-ligi 1539 yilgi statut bilan rasmiylashtirildi. Unga ko`ra, Yashirin kengash-ning chiqargan farmonlari va ordonanslari parlament hujjatlari bilan tenglashtirilgan edi. Garchand, parlament 1547 yilda rasman bu statutni bekor qilgan bo`lsa ham, qirol hokimiyatining parlamentdan ustunligi amalda saqlanib qolgan edi.

Absolutizm davrida ingliz parlamentining vakolatlari rasman ilgarigidek qoldi. Parlament ilgarigidek soliqlar va yig`imlar miqdorini o`rnatish imtiyoziga ega edi. Parlamentning qirol hokimiyati tomonidan yangi soliqlar o`rnatilishiga qarshi turishi qirollarni zayomlarga murojaat etishga, tovarlarni chetdan olib kelish va chetga chiqarishda bojlar joriy qilishga, katta to`lovlar evaziga kompaniyalarga qat`iy savdo huquqi (savdo monopoliyasi) imtiyozlarini berishga majbur etdi.

Absolut monarxiya davrida qirol hokimiyatining ingliz cherkovi usti-dan ustunligi batamom o`rnatildi. Angliyada qirol hokimiyatiga bo`ysuna-digan cherkov ta`sis etish maqsadida Reformatsiya60 o`tkazildi. Buning na-tijasi o`laroq cherkov yerlari tortib olingan va davlat mulkiga aylantirilgan (sekulyarizatsiya qilingan)di. Angliya parlamenti Genrix VIII davrida 1529 yildan 1536 yilgacha qator qonunlar chiqarib, qirolni cherkov bosh-lig`i deb e`lon qilib, unga oliy cherkov lavozimlariga nomzodlar ko`rsatish huquqini beradi. XVI asrning oxirida qonun chiqarish yo`li bilan yangi cherkovning diniy ta`limoti mazmuni, shuningdek, ibodat qilish tartibi o`r-natilgan. Shunday qilib, ingliz cherkovi yoki lotincha aytganda, anglikan cherkovi Rim papasiga bog`liq bo`lmay qolgan va davlat apparatining bir qismiga aylangan.

Mamlakatdagi oliy cherkov organi Yuqori komissiya bo`lgan. Uning tarkibiga ruhoniy shaxslar bilan bir qatorda Yashirin kengash a`zo-lari va boshqa mansabdor shaxslar ham kirardi. Komissiyaning vakolatlari juda katta edi. U qirol hokimiyatning cherkov ishlarida ustunligi haqidagi qonunlarning buzilishini, "diniy va cherkov xarakteridagi tartibsizliklar" bilan bog`liq ishlarni tekshirardi. Komissiyaning asosiy vazifasi reformat-siya qilingan cherkovning dushmanlari - katoliklar va protestantlarning ancha radikal va demokratik tarafdorlariga qarshi kurashish edi. Komis-siyaning har qanday uchta a`zosi, agar ularning orasidan bittasi yepiskop bo`lsa, cherkovga kelmaydigan shaxslarni jazoga tortish, bid`atlarni to`xta-tish, pastorlarni almashtirish huquqiga ega edi. Yuqori komissiya yuqori-dagilar bilan birga juda katta ahamiyatga ega bo`lgan qator dunyoviy ish-larni - Londondagi daydilar haqidagi, senzura haqidagi va hokazo ishlarni ham yuritardi. Reformatsiya qilingan cherkov tuzilishi jihatidan ham, ibo-dat sohasida ham katolitsizmning qator belgilarini saqlab qolgani holda qi-rol hokimiyatining ilohiy kelib chiqqanligini targ`ib qilishni o`z vazifa-laridan biri qilib olgan organga aylandi.

Absolutizmning o`rnatilishi bilan mahalliy boshqaruv organlari tizimi ancha uyg`un bo`lib qoldi, ularning markaziy hokimiyat organlariga bog`liqligi o`sdi. Bu davrda mahalliy boshqaruvdagi asosiy o`zgarishlar lord-leytenant mansabining ta`sis qilinishida va mahalliy birlik - cherkov prixodi (qavmi) ning ma`muriy rasmiylashtirilishida o`z ifodasini topdi. Lord-leytenant bevosita qirol tomonidan graflikka tayinlanib, mahalliy ko`ngilli qo`shinlarga boshchilik qilardi hamda murosaga keltiruvchi sudyalar va kons-tebllar faoliyatiga rahbarlik qilardi.

Prixod (biror butxonaga qatnovchi dindorlar, qavm) quyi zvenodagi o`zini o`zi boshqaruvchi birlik bo`lib, mahalliy cherkov va hududiy bosh-qaruv funksiyalarini birlashtirib turardi. Ibodatxona qavmlari soliq to`lov-chilar hisoblanardi. Ularning yig`inida soliqlarni taqsimlash, yo`llar va ko`priklarni tuzatish kabi masalalar hal qilinardi. Bundan tashqari, ibodat-xona qavmlari yig`ini prixodning mansabdor shaxslarini (cherkov oqsoqo-lini, kambag`allarni kuzatuvchini va boshqalarni) saylardi. Prixodda cher-kov ishlarini yuritish bosh ruhoniy tomonidan amalga oshirilardi. Uning butun faoliyati murosaga keltiruvchi sudyalar nazorati ostiga qo`yilgan edi, ular orqali esa, grafliklarning boshqaruv organlari va markaziy organlari nazorati ostiga olingandi. Murosaga keltiruvchi sudyalarning chorak ses-siyalari prixodni boshqarish ishlariga taalluqli barcha masalalar bo`yicha oliy instansiyaga aylantirilgandi. Bu vaqtga kelib, hali ilgarigi davrdan saqlanib qolgan grafliklar majlislari batamom o`z ahamiyatini yo`qotdi.
Nazorat savollari:

1. Angliyada qirolning absolut monarxiyasi qanday tartibda shakillandi?

2. Angliyada reformatsiyaning boshqa yevropa davlatlaridan farqli tomoni nimada edi?

3. Angliya manafaktura xo’jaligi haqida nima deya olasiz?

4. Xalqaro savdning ingliz iqtisodiyotiga keltirgan foydasi?

5. Angliyada burjua inqilobiga olib kelgan sabablar haqida nimalar deya olasiz?


Foydalanilgan adaiyotlar ro’yxati


  1. O’rta asrlar tarixi. V.F Semyonov. T., 1973.

  2. O’rta asrlar tarixi. T.Salimov. T., 2014.

  3. Angliya davlati va huquqi tarixi.

  4. www.ziyonet.uz.

O’rta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya


Reja:


  1. Vizantiya va varvarlar davlati

  2. Ilk orta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya

  3. Feodal tarqoqlik davrida xalqaro munosabatlar va diplomatiya

  4. Songgi orta asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya

Tayanch tushunchalar: Xalqaro munosabat, Anarxiya,Usmoniylar, Feodal tarqoqlik

Vizantiya va varvarlar davlati. IV asr oxirida german qabilalari Rim imperiyasi chegaralaridan otib birin ketin xududlarni bosib oldilar. Bu davrda imperiya ichki tartibsizliklarga inqirozga yuz tutgan edi.

Ichki tartibsizliklar va inqiroz uzoq davom etgan garbiy imperiya ozini xududlarini yoqotayotgan edi. Bu davrda Sharqiy imperiya varvarlarga qattiq qarshilik korsatayotgan edi. V asr boshlarida vestgotlar Bolqon podsholigini va Sharqiy Rim imperiyasini agdarib tashlab, ularni talon-taroj qildi. Ispaniyada janubiy va garbiy Galliya podsholigi ornatildi. Vandallar, svevlar, burgundlar, franklar birin ketin imperiya hududlarini egallaganlar.

IV-V asrlarda kochmanchi xunlar uzoq Shimoliy Xitoy chegaralaridan kelib, Volga boylaridan tortib to Reyn daryosigacha bolgan hududlarda oz hukmronliklarini ornatganlar.

Sharqqa oxshab /arbiy imperiya ham nafaqat varvarlar bilan jang qilgan, balki ular biron zaruriy aloqalar va huquqiy muzokaralar olib borishni qolga kiritishgan edi. Bu varvarlar bilan ikkala Rim imperiyasining halqaro aloqalari hisoblanar edi.

Varvarlar /arbiy imperiya viloyatlarida tezlik bilan yangicha tartibga tushib olishgan. Halqaro kelishmovchilik tufayli Varvarlar podsholigining aniq chegaralari ornatilmagan. Tortishuv muzokaralar qurol yoli bilan emas, faqat kelishuv yoli bilan amalga oshirildi. Varvar qirolliklari tashkil qilinishi bilan ularda ozlarining diplomatiyalari vujudga keldi.

Varvar qirolliklariga Sharqiy Rim imperiyasining diplomatik xizmati namuna boldi. Ozining qadimgi Rim urf-odatlarini saqlab qolgan Vizantiya diplomatiyasi butun orta asrlar diplomatiyasiga katta ta'sir korsatdi. Vizantiya dinining prinsiplari singari bolganidek tashqi usullari ham Yustinian I (527-565) davrida yuksak choqqiga chiqdi, Sharqiy Rim imperiyasi qudratli davlatga aylandi.

Yustinian ayyor diplomat edi. Oz hududini uzoq /arbga kengaytirilgan harbiy safarlar bilan uygunlashtirardi. Vizantiya diplomatiyasining asosiy vazifasi Varvarlarni qorqitishdan kora imperiyaga xizmat qildirishga qaratilgan edi. Konstantinopolda ularni kuchayishiga yol qoymaslik, bir-biriga gij-gijlash va ozaro urushlar vositasida kuchsizlantirishga harakat qilingan. Yustinian diplomatiyasi qoshnilar bilan shaxmat donachalari kabi aloqa qilish bilan ajratib turardi. U ulkan bir sistemasini ozaro gij-gijlab tashladi.

Bundan tashqari boshqa davlatlarni ichki ishlariga harbiy aralashuv Yustinian sistemasining bir vositasi edi. Bu siyosat vandallar va ostgotlar bilan urushda yorqin ifodasini topdi.

Diplomatiya savdoni rivojlanishiga xizmat qildi. Oz navbatida Vizantiya savdo aloqalarining kengayishidan diplomatiyani kuchli qurol sifatida foydalanildi.

Xristianlikni kengayishi xam Vizantiya imperatorlarini muxim diplomatik qurollaridan hisoblanar edi. Shunda diplomatik galabalardan biri ruslarning xristianlikni qabul qilishidir.. Xristianlikka otgan davlatlarga Vizantiya ta'sir otkazganligi yaqqol korinadi.

III. Din ahli Vizantiyaga karam bolgan varvar davlatlarda oz bilimlari boyicha katta rol oynagan. Tashqi ishlar boyicha minstr boshqaruvi katta shtatlarga ega bolgan. Har xil tillar boyicha tarjimoni bolgan. Elchilarga murakkab tartib ornatilgan. Konstantinopol saroyida elchilikning alohida qonuniga amal qilingan.

Elchi podshoning vakili bolib, uni muzokaralar olib borish uchun vakolati bolgan. Bu qonun buzilsa qattiq jazo qollanilgan. Ba'zi holatlarda podsho vakiliga oz xoxishi boyicha muzokara olib borish ruxsat beriladi. Vizantiyada ba'zan elchilarga alohida oliy yorliqlar berilgan.

Feodal tarqoqlik davrida xalqaro munosabatlar va diplomatiya. Tajovvuzlar asosida paydo bolgan varvarlar davlatlari mustaxkam emas edi. Buyuk Karl davlatining umri birinchi imperatorning umridan uzoq bolmadi. Karl hayotining oxirgi yillarida davlatning barbod bolyotgani sezilardi. Imperiyani barbod bolishi ayniqsa uning ogli Lyudovik (814-840) davrida tezlashib ketdi. Lyudovik imperiyani ogillariga bolib berdi oziga oliy hukmdorlik vazifasini qoldirdi. Ogillar otasiga qarshi urush boshladilar. Uning vafotidan keyin (840) esa ozaro urush olib bordilar. Karl va Lyudovik nemisli Strasburgda imperatorlik tojiga ega bolgan katta akalari Lotarga qarshi shartnoma imzoladilar. Strasburg kelishuvi lotin va grek tillarida emas, balki nemis va fransuz tillarida tuzilgan birinchi diplomatik xujjat edi. Maglub bolgan Lotar chekindi va 843 yili imperiyani uch oga ini ortasida taqsimlash togrisida shartnoma imzolandi. Rasman imperiyani saqlanib qolishi tan olingan edi, aniqrogi Lotar zimmasiga yuklangan imperatorlik mansab saqlanib qolishi tan olishgan edi, imperatorlik mansab saqlanib qoldi. Lekin imperiya hududi uch qismga bolingan edi. Imperiyaning garbiy yerlari «garbiy franklar qirolligi», keyinchalik «Fransiya deb nomlangan Karlga otdi; sharqiy qismi «sharqiy franklar qirolligi» - keyinchalik Germaniya deb nomlangan Lyudovikga otdi; Lotarga esa Karl va Lyudovik yerlarining ortasi Reyndan to Ronagacha va Italiya otdi.

XII XIV asrlarda xalqaro siyosatda Vselen soborlarning ta'siri kuchayib bordi. Papa tomonidan chaqiriladigan Garb Cherkovining «Vselen sobor»lariga oliy martabali ruhoniylar va kop xollarda barcha yevropa mamlakatlarining dunyoviy elchilari tashrif buyurar edi. Chunki, cherkov ishlari doimo siyosiy va xalqaro xususiyatlarga ega bolgani uchun Vselen soborlarini xalqaro kongresslarining oldingi korinishi deb hisoblasa ham boladi. Huquq togrisidagi ilm orta asrlar yevropasida XI asrning ikkinchi yarmida Yustinian asarlarida - (Corpus juris civilis) saqlanib qolgan Rim huquqini sharxlagan «glossator» lar ta'limotida rivojlanib bordi. Yustinian asarlari xususiy, fuqaroviy va ba'zi xollarda xalqaro munosabatlarga bagishlangan edi. Glossatorlar fuqaroviy huquqni xalqaro munosabatlarda ham ishlatishga harakat qilar edilar, shuning uchun ham ularda xalqaro huquq mustaqil bir fan sifatida ajralib chiqmagan edi.

Xalqaro huquq masalalari cherkov huquqida, uning eng muhim misoli bolgan, XII asrning ortalarida tuzilgan «Gratsion dekreti» deb nomlangan toplamda ham oz ifodasini topgan edi. Shu bilan birgalikda cherkov huquqi ta'limotni ishlab chiqqan «dekretchilar» deb nomlangan huquqshunoslar, glossatorga nisbatan «Muqaddas yozuvlarda» keltirilgan ilohiy huquq bilan uygunlashtirilgan «tabiiy huquqdan» yoki «xalqaro huquqidan» kengroq foydalanganlar. Xalqaro huquq ilmini rivojlanishiga huquqshunos nazariyotchilarning ayni bir paytda amaliy huquqshunos bolganlari ham turtki boldi. Xalqaro huquq huquqshunoslikning maxsus sohasi sifatida birinchi martaba Rim huquqi asosida ish korgan «postglossatorlar» yoki «kommentatorlar» deb nomlanganlarning ta'limotida namoyon boladi. Shunday qilib, XIII asrning oxiriga kelib, postglossatorlar ta'limotida XVII asrda tizimli rivojlangan xalqaro huquq ilmi shakllana boshlandi.

XV asrning oxiriga kelib yevropa xalqaro munosabatlarning yangi davriga kirib bordi. Bu vaqtga kelib, bir qator mamlakatlarda hududiy birlashish yakunlanadi va mutlaq davlatlarning tashkil topishiga qulay sharoitlar tugiladi. Tashqiy geografik kashfiyotlar yangi dunyo va Sharqni yevropaga yaqinlashtirdilar. Ispaniya va Portugaliyaning Janubiy Sharqiy Osiyoga olib boruvchi yollarda joylashgan okeanorti mustamlakalari ushbu davlatlarni birinchi mustamlakalarga ega bolgan davlatlar safiga qoshdi.

Yaxlit davlatlar shakllanishi bilan siyosatning shakli ham ozgarib boraveradi. Siyosatda olchovni belgilab beruvchi mezon sifatida «umumiy farogat» darajasiga kotarilgan «davlat manfaatlari» hisoblanadigan boldi. Mutlaq monarxiyalarning paydo bolishi bilan birinchi oringa orta va mayda mamlakatlar qoshilgan yirik davlatlar (Angliya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya, Shvetsiya) ortasidagi ziddiyatlar kotarildi. XVI asr, yangi davlatning tashqi ishlariga xizmat qiladigan markaziy va mahalliy idoralarning diplomatik xizmatining shakllanish davriga aylandi.

Osha davrda sirlarning siri bolgan diplomatiya bu ishlardan xabari bor tang doiradagi odamlar xizmatida edi. Siyosat ixtiro qilinadigan markaz bu qirol saroyi edi. Mutlaq monarxiyada nafaqat sulolalar va qirol shaxsiyati manfaatlari balki, qirolga ta'sir korsatishga erishgan uning arzandalari, jazmanlari va shunchaki sodda fitnachilar ham katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu xolat, davlat xokimiyati shakli korinishidagi absolyutizm tizimi bilan belgilanar edi. XVI XVIII asrlar yangi diplomatik marosimlari shakllangan davr edi. Ushbu marosimlar (seremonial) odatlar tizimi, xalqaro munosabatlar nuqtai nazarida muhim rol oynar edi. Elchini mamlakatga tashrifi va ayniqsa audiensiya vaqtidagi (ya'ni qabul marosimida) ozini tuta bilishi hamda uni qabul qiluvchi davlatmador shaxs yoki vazirning javob amalllari davlatlarning ozaro aloqalari, ularning xalqaro hayotdagi obrosi borasida darak beruvchi ramz hisoblanadi.

Yirik mamlakatlarning paydo bolishi va ular ortasida diplomatik munosabatlarning rivojlanishi, ushbu holatlarga mos nazariyani hayotga olib keldi. Diplomatik huquq ham rivojlanib bordi. 1582 yili niderlandlik Baltozar Aayla «Urush va harbiy muassasalarning huquqi» deb nomlangan asarini chop etdi. Italyanlik Alberiko Djentilining «Elchixonalar togrisida» (1585) deb nomlangan ishi keng tarqaldi.

Halqaro huquq ilmini tadqiqiot qilishda birinchilik Gugo Grotsiyaga (1583 - 1645) nasib etdi. Gollandiyalik huquqshunosning tarixiy ahamiyati mutlaq davlatlar ortasidagi urushlar asrida xususiy mulkning muxofaza qilishni asoslab berishi shu bilan birgalikda urushni huquqiy doiraga kiritishni nazariy jihatdan asoslab berishdan iborat. Grotsiyaga shuxrat olib kelgan asar «Urush va tinchlik huquqi borasida» (1625). Grotsiy ozining asarida elchining huquqlariga ham butun bir bobni bagishlagan. Ushbu bob, XVII asrda elchilik huquqlarida shakllangan odatlarni yoritganligi bilan qiziqarli. XVII asrda, nazariy bilimlarni bermaydigan, lekin, elchilarga, ularni oz vazifalarini bajarishda qol keladigan amaliy maslahatlar beruvchi asarlar paydo boldi.


Download 453.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling