Reja: Yorug’likning tabiati
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Reja Yorug’likning tabiati
qutublanishi
173 vujudga kelishi va xakazo. Bularni hammasi yorug’likni energiya tashishini ko’rsatadi. Fazoda energiyani yo harakatlanayotgan jismlar, yo muxitda tarqalayotgan to’lqinlar ko’chirishi mumkin bo’lgani tufayli yorug’lik nurlanishi yo mayda zarralar oqimi, yo biror muxitdagi to’lqin jarayonidan iborat bo’lishi mumkin. XVII asr oxirida, deyarli bir vaqtda, yorug’likning ikkita, go’yo bir-birini inkor etuvchi nazariyalari vujudga keldi. Nyutonni oqish nazariyasiga ko’ra, yorug’lik nurlanuvchi jismdan to’g’ri chiziqli trayektoriyalar bo’yicha tarqaluvchi yorug’lik zarralari (korpuskulalar) oqimidan iborat. Nyutonning zamondoshi Gyuygens yorug’likning to’lqin nazariyasini o’rtaga tashladi. Bu nazariyaga asosan yorug’lik olam efirida (ya’ni elastik muxitda) tarqaluvchi elastik to’lqin deb qaraladi. 1864 yilda J.Maksvell tomonidan yaratilgan yorug’likning elektromagnit nazariyasiga ko’ra yorug’lik nuri to’lqin uzunligi 4 10 -7 m dan 7,6 10 -7 m gacha bo’lgan elektromagnit to’lqinlardan iborat. Elektromagnit to’lqinlar nazariyasi yorug’lik interferenstiyasi, yorug’lik difrakstiyasi, yorug’likni qutblanishi, yorug’lik disperstiyasi kabi hodisalarni tushuntirib byerdi. XIX asr oxiri va XX asr boshida kashf qilingan eksperimental faktlar (fotoeffekt, Kompton effekti, nur chiqarish va yutish) elektromagnit nazariya asosida juda qiyin tushuntirildi. Bu hodisalarni tushuntirish uchun yorug’lik nurlanishi alohida porsiyalardan iborat deb qarash zarur bo’ladi. Demak yorug’likning tabiati ikki yoqlama bo’lib, unda ham to’lqin xossalari, ham zarralarga xos hususiyatlar mujassamlangan ekan. XX asr boshlarida M.Plank, A.Eynshteyn, N.Bor, de-Broyl kabi fiziklarning mexanati bilan yaratilgan yorug’likning kvant nazariyasi yorug’likning tabiati ikki yoqlama xarakterda ekanligini tushuntirib byerdi. Keyinchalik ma’lum bo’ldiki, ikki yoqlama korpuskulyar-to’lqin hususiyat tabiatda faqat yorug’likgagina ya’ni elektromagnit to’lqinga emas balki praton, neytron va boshqa elementar zarralarga ham xos ekan. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling