Reja: Yorug’likning tabiati
Tirqishdan hosil bo’ladigan Fraungofer difraksiyasi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Reja Yorug’likning tabiati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.3-rasm. Tirqishda hosil bo’ladigan difrakstiya Yorug’likni qutblanishi. Polyarizator va analizator. Malyus qonuni.
Tirqishdan hosil bo’ladigan Fraungofer difraksiyasi.
Kengligi a ga teng bo’lgan BC tirqishga parallel nurlar dastasi tushayotgan bo’lsin. Tirqish uzunligi 1 a. Tirqish orasiga nurlarni bosh fokal tekislikda to’plovchi linza o’rnatilgan. Tirqishga etib keluvchi to’lqin frontining har bir nuqtasi barcha tomonga tarqaluvchi tebranishlarning manbaidir. Dastlabki yo’nalishdan burchakka burilib ketuvchi nurlar linzaning fokal tekisligidagi ekranning V nuqtasiga yig’iladi. V nuqtadagi intyerfyerenstiyaning kattaligi MSV va NDB nurlar orasidagi optik yo’l farqiga va yorug’lik to’lqinining uzunligi ga bog’liq MF/MN =sin NF= MN = a u holda =asin to’lqin sirtning ochiq qismini bir xil kenglikdagi 2k ta zonaga ajratish mumkin. 180 Agar zonalar soni juft bo’lsa, asin = 2k( /2) k=0,1,2,3 bo’lib difrakstiya minimumlari kuzatiladi (qorong’i soha). Agar zonalar soni toq bo’lsa asin = (2k+1) /2 k=0,1,2,3....... difrakstiya maksimumlari kuzatiladi (yorug’ soxa). 15.3-rasm. Tirqishda hosil bo’ladigan difrakstiya Yorug’likni qutblanishi. Polyarizator va analizator. Malyus qonuni. Yorug’likning qutblanish hodisasi yorug’lik nurini ko’ndalang elektromagnit to’lqin ekanligini tasdiqlaydi. Tabiiy yorug’lik nurida uni tarqalish yo’nalishiga pyerpendikulyar bo’lgan barcha yo’nalishlarda yorug’lik vektorining (elektr maydon- kuchlanganligi vektori-E) tebranishlari sodir bo’ladi va bu tebranishlarning birontasi ham boshqa tebranishlar oldida afzallikka ega bo’lmaydi. Agar yorug’lik vektorining tebranishlari faqat bitta tekislikda yuz byerayotgan bo’lsa, bunday yorug’likni yassi (yoki to’g’ri chizili) qutblangan deb yuritiladi. Yorug’lik vektori tebranayotgan tekislikni tebranish tekisligi deb ataladi. Yassi qutblangan yorug’likni tabiiy yorug’likdan polyarizatorlar (qutblagichlar) deb ataluvchi asboblar yordamida olish mumkin. E Тabiiy nur E Qutblangan nur 181 Turmalin plastinkasi B 1 yorug’lik nurini qutblaydi va polyarizator bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi B 1 turmalin plastinkasi unga qutblangan nur tushayotganini aniqlashga imkon beradi To’lqinning qutblangan yoki qutblanmaganligini aniqlash uchun mo’ljallangan bu B 1 asbobni analizator deyiladi. Polyarizatorlarga yorug’lik vektorining amplitudasi E 0 bo’lgan nur tushayotgan bo’lsin. Bu vektorni polyarizator P dan o’tgan qismi E 0 bo’lsin. A analizator tekisligi P polyarizator tekisligiga nisbatan burchakka burilgan bo’lsin. Analizatordagi o’tgan yorug’lik vektori E=E 0 cos Yorug’lik intensivliklarining nisbati amplitudalar kvadratlari nisbatlariga proporstional bo’lgani uchun yoki I=I 0 cos 2 Bu Malyus qonunining matematik ifodasi bo’lib bu qonunga asosan analizatordan o’tgan yorug’lik intensivligi polyarizatordan o’tgan yorug’lik intensivligini anilizator va polyarizator tekisliklari orasidagi burchak kosinusini kvadratiga ko’paytmasiga teng. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling