Reja: Yorug’likning tabiati
Ikki nurdan kuzatiladigan interferenstion manzara
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Reja Yorug’likning tabiati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorug’lik difraksiyasi. Gyugens prinstipi.
- Doiraviy teshikdan hosil bo’ladigan Frenel difraksiyasi.
Ikki nurdan kuzatiladigan interferenstion manzara. Yorug’likning tabiiy
manbalari nokogerent bo’ladi. Bir manbadan chiqayotgan to’lqinni ikki qismga ajratib (yorug’likning qaytishi yoki sinishi yordamida), yorug’likning kogerent to’lqinlarini hosil qilish mumkin. Agar bu ikki to’lqinni har xil optikaviy yo’llarni bosib o’tishga majbur qilsak, so’ng ularni bir-biriga ustma-ust tushirsak, interferenstiya kuzatiladi. Agar qo’shiluvchi to’lqinlarning yo’llar farqi butun to’lqin uzunligiga karrali bo’lsa, bunday nuqtalarda interferenstion maksimum kuzatiladi. Agar qo’shiluvchi to’lqinlarning yo’llar farqi toq to’lqin uzunligiga karrali bo’lsa, bunday nuqtalarda interferenstion minimum kuzatiladi Yorug’lik difraksiyasi. Gyugens prinstipi. Yorug’lik to’lqinlarining to’siqlarni aylanib o’tib geometrik soya sohasiga burilish hodisasi yorug’lik difrakstiyasi deyiladi. To’lqin uzunligi to’siq o’lchami bilan o’lchovdosh kattaliklar bo’lganda, ya’ni d da kuchli difrakstiya kuzatiladi. To’lqinlar difrakstiyasi hodisasi Gyugens prinsipi yordamida tushuntirilishi mumkin. Gyugens prinsipiga binoan to’lqin etib borgan har bir nuqta ikkilamchi to’lqinlar uchun markaz bo’lib xizmat qiladi, bu to’lqinlarning o’rab olgan egri chiziq keyingi momentdagi to’lqin frontining vaziyatini byeradi. Frenel Gyugens prinsipini ikkilamchi to’lqinlar interferenstiyasi haqidagi tushuncha bilan to’ldirdi. Difrakstiya hodisasi ikki xil bo’ladi. Agar yorug’lik manbai va kuzatish nuqtasi R nuqtaga boruvchi nurlar deyarli parallel dastani hosil qilsa, Fraungofer difrakstiyasi yoki parallel nurlardagi difrakstiya kuzatiladi. Aks holda Frenel difrakstiyasi kuzatiladi. Doiraviy teshikdan hosil bo’ladigan Frenel difraksiyasi. Sferik yorug’lik to’lqinining yo’liga R radiusli doiraviy teshigi bo’lgan shaffofmas to’siq qo’yamiz. Ekranni shunday joylashtiramizki, S yorug’lik manbaidan tushirilgan perpendikulyar teshikning markaziga to’g’ri kelsin. Teshikning R radiusi d va d o uzunliklardan juda kichik bo’lganda, d ni S manbadan to’siqqacha bo’lgan masofaga teng deb, d ni esa S R M 179 to’siqdan M nuqtagacha bo’lgan masofaga teng deb hisoblash mumkin. Agar d va d o masofalar d d o b a m ab r 0 shartni qanoatlantirsa, teshik P nuqta uchun aniqlangan Frenel zonalaridan to’ppa-to’g’ri birinchi m tasini ochiq qoldiradi. Ochiq Frenel zonalarining soni b a r m 1 1 2 0 M nuqtadagi tebranish amplitudasi A = A 1 - A 2 + A 3 - A 4 +...+ A m Frenel zonalarining soni - juft yoki toq son ochiq bo’lishiga qarab, M nuqtaning o’zida intevsivlik maksimumga yoki minimumga yerishadi. Misol uchun bu son 3 ga teng bo’lsin. U holda difrakstion manzaraning markazida intensivlikning maksimumi hosil bo’ladi (rasm). Demak doiraviy teshikdan hosil bo’ladigan difrakstion manzara navbatma-navbat joylashgan yorug’ va qoramtir konstentrik xalalardan iborat bo’ladi. Manzaraning markazida yo yorug’ (m-toq son), yo qora (m-juft) dog’ bo’ladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling