Reja: Yozma ish turlari


Download 115 Kb.
bet1/8
Sana21.02.2023
Hajmi115 Kb.
#1219170
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
darsdan tashqari ishlar ona tili


Yozma ish turlari: diktant, bayon, inshoning o`ziga xos jixatlari

Reja:
1.Yozma ish turlari


2. Yozma ish turi
3. Ona tili darsida O‘quvchi savodxonlikning oshirish
4. Ta’lim tizimida diktant turlarining ahamiyati.

Kirish
Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish borasida o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar quyi­dagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: imlo qoidalarini ongli o‘zlashtirish, ijodiylik, fikrni aniq, lo‘nda, qisqa va tushunarli bayon ­etish.


O‘quvchi yozma savodxonligini oshirish maqsadida taqvim-mavzu ish rejasida ko‘rsatilgan muddatlarda insho, bayon hamda diktant kabi yozma ish turlarini muntazam o‘tkazib borish belgilangan.Yozma ish turi o‘quvchi bosqichma-bosqich o‘zlashtirgan imlo qoidalariga mos ra­vishda tanlanishi, o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchi o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratilmog‘i, o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlarini qay darajada amalda qo‘llay olishini aniqlashga yo‘naltirilmog‘i kerak.Taqvim-mavzu ish rejasiga asosan yozma ish turlarini o‘z vaqtida o‘tkazish mumkin, ammo uning natijasi qanday bo‘lishiga ko‘ra tadbirlar ishlab chiqilmog‘i — bosh masala.Aslida, o‘quvchining savodxonlik darajasi saboq berayotgan o‘qituvchiga hali nazorat ishlari boshlanmasdan avval aniq bo‘ladi. Chunki ko‘pi bilan uch dars oralig‘ida o‘quvchi ay­lanma daftarlarini tekshirish sinch­kov murabbiyga bu imkoniyatni beradi.Shu o‘rinda nafaqat til sohasidagi, balki uyga yozma vazifa beriladigan matematika darslarida ham aylanma daftarlarning muntazam tekshirilishi har bir o‘quvchi bilan individual ishlashning debochasi va bajarmaslik mumkin bo‘lmagan zaruriy tashxis ekanini aytib o‘tmoq joiz. Agar ushbu ishni nimagadir qiyoslash joiz bo‘lsa, o‘qituvchilik faoliyati­ning asosi, yuklamasining teng yarmi sifatida baholash o‘rinlidir. Aylanma daftarlarni tekshirish kundalik odatiy mashg‘ulot sifatida bir stavka dars egasidan har kunda kamida ikki, nazorat o‘tkazilgan kundan keyin nazorat turiga qarab uch-to‘rt, ba’zan besh-olti soat vaqt talab etadi. Aylanma daftarlar tekshuruvi o‘quvchi savodxonligini aniqlashdan tashqari, savod o‘rgatish borasida ham bemisl aha­miyatga ega. To‘g‘ri tekshirilgan so‘z, jumla yoki gap imlo me’yorlari borasidagi amaliy muloqot tarzida o‘quvchi esida oson qoladi va keyingi amaliyotda mayoq vazifasini o‘taydi.

Sinfda va uyda bajarilgan matn yaratishga oid topshiriqlarni har bir o‘quvchi kesimida nuqta, verguligacha e’tibor bilan tekshirish o‘qituvchiga muayyan o‘quvchining yutuqlari va bo‘shliqlarini aniqlash, keyingi darslarda ularga munosabat bildirish imkonini yaratadi. O‘quvchilarning yozma savodxonligi DTS talablaridan past darajada bo‘lsa, o‘qituvchi­ taqvim-mavzu ish rejasiga qo‘shimchalar kiritishi yoki o‘quvchilar yozma savodxonligini oshirish maqsadida qo‘shimcha darslar tashkil qilishi samara beradi. Faqat bu darslar internetda “To‘garak ish rejasi” deya taqdim etila­yotgan ona tilidan taqvim-mavzu ish rejasining chala nusxasi shaklida emas, balki o‘quvchilar real bilim, malaka, ko‘nikmalari­ning tashxisiga asoslangan, maqsadli belgilangan mavzularga oid saboqlar bo‘lmog‘i kerak. Aytaylik, savod­xonlik asosida qisqa lug‘at, noto‘g‘ri diktant­(“Ma’rifat” gazetasi, 2013-yil 12-oktabr)lar, o‘quvchilar uchun matn yara­tishga oid uyga berilgan vazifalar yoki ijodiy yozma ishlarida yo‘l qo‘ygan uslubiy xatoliklarni bartaraf etish, punktuatsion va imlo qoidalari­ni bandlar bo‘yicha mavzulashtirib o‘rgatish (albatta, mashg‘ulotni ko‘p bilim yuklamasi bilan “boyitmaslik”, shundog‘am o‘z tengqurla­ridan ortda qolayotgan o‘quvchini kompleks bilimlar bilan zada qilmasdan, unga zaruriy, esda qoladigan, ortda qolayotgan o‘quvchi ko‘taradigan bilimlarni singdirish va saboq­dan keyinoq amaliyotda qo‘llashi mumkin bo‘lgan ko‘nikma va malakani shakllantirish)­­ga qaratilmog‘i lozim.


O‘quvchi dasturda belgilangan DTS talablarini hamma vaqt ham risoladagiday uddalay olmasligi mumkin. Buning bosh sababi, o‘quvchilarning quyi sinflarda yoki oldingi mavzularda o‘rganishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarida bo‘shliq yuzaga kelganidir. Bu bo‘shliq barcha uchun bir xil — standart bo‘lmaganidan bu masa­laga har bir o‘qituvchi individual — ijodiy yonda­shishiga to‘g‘ri keladi.
Odatda, yuqori sinf o‘qituvchilarining boshlang‘ichdan qabul qilib olgan o‘quvchilari karra jadvalini bilmasligi yoki o‘qish tezligi minimum talabga javob bermasligi haqidagi shikoyatlarini ko‘p eshitamiz. Bu sifatsiz saboq “meva”larini tengqurlari darajasiga yetkazish deyarli imkonsiz, chunki yuqori sinf o‘qituv­chisining bunday o‘quvchi bilan karra jadvali yoki o‘qish tezligi borasida shug‘ullanishdan ham ko‘ra muhimroq muammolari yetarli bo‘ladi. Shu bois ham bugungi maktab bitiruv­chilarining anchaginasi savodi “g‘ovlaganlar” safida bosh egib turadi. Bejiz qozoq xalqining ulug‘ oqini Abay: “Ishning omadi — o‘z vaqti”, demagan.
O‘qituvchi real vaziyatdan kelib chiqqan holda nafaqat yozma ishlarni, balki sinf va uy ishlarini ham e’tibor bilan o‘rganib chiqmog‘i, har bir o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatolarni belgilab olmog‘i va ular asosida guruh­langan xatolar ro‘yxatini tuzmog‘i, umumiy xato va kamchiliklarni frontal ko‘rinishda, xususiy xato va nuqsonlarni individual ishlab chiqishi talab etiladi.
Aytaylik, undalma va kirish so‘zlar mavzusi o‘tilgan darsdan keyin undalma va kirish so‘zlar ishtirok etgan matn tanlanishi va ushbu matn bo‘yicha diktant olinishi mumkin. Avvalambor, dars o‘tish jarayonida undalma va kirish so‘zlar mavzusi puxta o‘rgatilishi, undalmalarda undash faqat shaxslarga emas, balki narsa-hodisalarga nisbatan ham qarati­lishi mumkinligini; kirish so‘zlarning barcha ifodalagan modal ma’nolari, ularning sof va vazifadoshligini darslik hamda qo‘shimcha misollar orqali fahmlashga — ongli idrok ­etishga rag‘batlantirish zarur. Bugun, shubhasiz, yomg‘ir yog‘adi. Bugun yomg‘ir yog‘ishi shubhasiz gaplarida kirish so‘zning vazifadosh va mustaqil so‘z sifatidagi ko‘rinishlari keltirilgan. Ushbu gaplar tarkibidagi qaysi bir shubhasiz so‘zi kirish so‘z, qaysi biri mustaqil so‘z ekanligiga o‘quvchining fahmi yetmas ekan, u bu so‘zlarning imlosida xatoliklarga yo‘l qo‘yishi muqarrar.
Demak, o‘quvchining yozma savodxon­ligiga tamal toshi yozma ishlar yozish jara­yonida emas, balki imlo qoidalariga oid mavzularni o‘rgatish jarayonida qo‘yiladi.
Yozma ish bir necha bosqichni qamrab oladi. Shunga ko‘ra diktant, bayon, insho kabi yozma ishlardan har birining bir qancha turi mavjudki, ulardan maqsadli foydalanishgina ko‘zlangan samarani beradi.
Diktant nisbatan mo‘tadil yozma ish turi sanaladi. Uni a’lo bahoga yozish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Yozma ishning bu turida o‘quvchining erkin fikrlashiga zarurat sezilmaydi, chunki tayyor matn aytib turiladi va o‘quvchi yozaveradi. Shu o‘rinda hatto diktovka (o‘qib yozdirish) talablarini barcha o‘qituvchilar ham bilmasligi haqida aytmoq­chimiz. Diktovka jarayonida yuqori sinf o‘quvchilariga bo‘g‘inlab, quyi sinf o‘quvchilariga so‘z yoki jumla ta’kidlab o‘qilayotgan, noto‘g‘ri talaffuz qilina­yotgan, noto‘g‘ri to‘xtam holatlariga duch kelyapmiz. Ba’zan o‘quvchining faqat o‘z o‘qituv­chisi diktovkasiga ko‘nikma hosil qilganini ko‘ramiz. Bilimlar bellashuvlarida notanish o‘qituvchining diktovkasi o‘quvchilarni ­esankiratib qo‘ygan holatlar kuzatilmoqda.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling