Reja: Yozma ish turlari
Download 115 Kb.
|
darsdan tashqari ishlar ona tili
Bayon va insho
Qissadan hissa shuki, RTM yangi (2019-2020) o‘quv yiligacha sinflar va mavzular kesimida ko‘p (kamida uch) variantlilik asosidagi mavzuviy materiallardan iborat mukammal diktant va bayonlar to‘plamlari nashri xususida amaliy ish qilmog‘i lozim. Ammo bu masala shu darajada imkonsizki, hech kimning mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga yuragi betlamaydi, chunki: birinchidan, imlo qoidalari mavjud, ammo unga har kimning munosabati har xil; ikkinchidan, lotin yozuviga asoslangan tinish belgilari qoidalari xalq muhokamasidan o‘tgan holda ishlab chiqilmagan. Demak, mukammal diktant va bayonlar to‘plamlarini yaratishdan oldin imlo hamda tinish belgilariga oid qoidalarda bir to‘xtamga kelib olish zarur. Bu masala hal qilinmas ekan, ona tili ta’limi haqidagi hamma gaplar safsata, “quloqqa nimadir ilish”dan boshqa narsa emas. Masala dolzarbligi anglanib, yechim topilganida esa bu qoidalarga asosan bajarilishi zarur ishlarning strategik ko‘lami muammosi yuzaga keladi. Buni o‘ylab aqlingiz shoshadi, kelajak avlod foydalanishi shart bo‘lgan Besutun tog‘idan kam bo‘lmagan nashr manbalari tartiboti, takror foydalanish mumkin bo‘lgan kino va multiplikatsion filmlarning qayta dublyaji... Aytaversak, dard ko‘p. tezkor oshirish maqsadida diktantning elektron variantlarini qo‘llash amaliyoti kechikmoqda. Aslida, hali hech kim bu masalada bosh qotirib ko‘rgani ham yo‘q, kimningdir shu boradagi loyihalari bo‘lsa, biz undan xabar topgan bo‘lar edik. Ushbu maqola guvohligida, ya’ni bu haqda birinchi bo‘lib so‘z ochayotganimiz bois loyihaga da’vogarlik qilmoqchi ham emasmiz. Bu loyiha kim tomonidan amalga oshirilishi bosh masala emas, muhimi, to‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘yishdir. Ammo biz elektron darslik yaratishda “kuchli”, “zo‘r”, malakali dasturchilar yordamiga muhtojmiz, ona tilidan elektron darslik deb taqdim etilayotgan loyihalarning talabga javob bermaganligi bois mukammal, nafaqat maktab o‘quvchilari foydalanadigan, balki jahon xalqlari vakillarining o‘zbek tilini o‘rganishlari imkonini beradigan universal elektron darslik yaratish loyihasi uchun dasturchi xizmatiga muhtojligimizni bildiramiz. Kimda bu masalada hamkorlik qilish istagi paydo bo‘lsa, “Ma’rifat” gazetasi tahririyatiga murojaat etishi mumkin. Mabodo, bu ishni ham kimdir bizdan avval uddalasa, aslo ranjimagan, qaytaga xursand bo‘lgan bo‘lar edik. Har bir muassasa faoliyati asosini ifodalovchi yo‘riqlar, tamoyillar, vazifalar haqidagi muhim ma’lumotlar, shiorlar, e’lonlardagi xatoliklar uchun kimdir javobgar. Maktablarda bu ish mas’uliyati ona tili o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilgan, ammo qadamimiz yetgan maktablarning birontasida quvonarli holatning guvohi bo‘lmadik. Yuqori tashkilotlardan keladigan yo‘riqnomalarning ayrimlari quyi bo‘g‘indan talab etilayotgan savodxonlik sifatiga ega emasligi kishini o‘ylantiradi. O‘quvchi savodxonlikning ma’lum bosqichini o‘tagandan keyin diktantga nisbatan murakkabroq bo‘lgan bayon yozishga o‘rgatiladi. Bayon diktantdan o‘z ijodiyligi bilan farqlanadi. Unda o‘quvchining ijodkorligi matnni tinglash jarayonida ko‘z oldiga keltirgan, eslab qolgan manzara, holat, voqealar rivojini tasavvurida tiklagani holda individuallashtirishi — o‘z tilida o‘ziga xos ifoda tanlashida namoyon bo‘ladi. O‘quvchi bu o‘rinda matnni boyitishi, jonlantirishi, tasviriy ifodalardan o‘rinli foydalanishi yoki, aksincha, borini buzib, uslubiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bunday paytlarda muayyan o‘quvchining har bir gapi, jumlasi, so‘zlarni bir-biriga bog‘lashi, umuman olganda, ifoda texnikasi haqida fikr yuritishga, yo‘l qo‘yilgan xatolikni bartaraf etib, qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatni rag‘batlantirishga to‘g‘ri keladi. Insho bayonga nisbatan ham ijodiy yondashuv borasida yuqori maqomda turadi. Unda izlanuvchanlik, ma’lumotlar to‘plash, saralash, umumlashma xulosalar chiqarish, eng muhimi, go‘zal badiiy ifoda yetakchilik qiladi. Bu boradagi urinishlar juda mashaqqatli jarayon bo‘lib, o‘quvchi va o‘qituvchidan ancha ter to‘kishni talab etadi. Bu esa alohida mavzu. Yozma ishlarning barcha turlaridan keyin imlo va uslubiy savodxonlik taqvim-mavzu rejasi asosida tahlil darslari bilan mustahkamlanadi. Ushbu darslarning samarasi beqiyosdir. Garchi ijodiy ish tugaganday taassurot tug‘dirsa-da, tahlil darslarisiz ijodiy ish yakuniga yetmagan hisoblanadi. Tahlil darslari o‘ziga xos saboq, keyingi ijodiy ish uchun namuna vazifasini o‘tashda tengsiz mashg‘ulot sanaladi. O‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish bo‘yicha maktablarda qilinayotgan ishlarning barchasini ko‘ngildagiday deb bo‘lmaydi. O‘quvchilarning bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalari natijalari shuni ko‘rsatmoqdiki, ona tili va adabiyotdan ushbu tadbirlarda ishtirok etgan eng sara o‘quvchilar ishlarida ham bo‘shliqlar anchagina. O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklar ichida eng ko‘p uchragani tinish belgilariga oid xatolar sanaladi. Undalma, kirish so‘z, bog‘lovchilar, uyushiq bo‘laklarning vergul, izohlanayotgan bo‘laklarning vergul, qavs yoki tire bilan ajratilishi, ega va ot kesim orasida tirening qo‘llanilishi, xullas, tinish belgilarining qo‘llanilishiga oid bilimlarda bo‘shliq yaqqol ko‘zga tashlanadi. Garchi tinish belgilari xatoligi xatoliklar darajasida quyi pog‘onani egallasa-da (baholash mezonlarida ba’zan 3-4 tinish belgisi bir imlo xatosiga tenglashtiriladi), ularga bepisand munosabatda bo‘lish mumkin degan xulosaga olib kelmasligi lozim. Ayrim hollarda tinish belgilari sintaktik munosabatni boshqargani bois uslubiy xatoga yo‘l ochadi: Aziz akam keldi — Aziz, akam keldi. Kulgili bo‘lsa-da, o‘quvchilar ishlarini tekshirishda - (chiziqcha)ni tinish belgisi xatoligi deb hisoblayotgan o‘qituvchilar borligi haqida gapirishga to‘g‘ri kelmoqda. Nuqtali vergul o‘rnida vergul, tire o‘rnida ikki nuqta yoki, aksincha, ikki nuqta o‘rnida tire qo‘llash nafaqat maktab o‘quvchilari ishlarida, balki matbuot va kitob nashrlarida ham ko‘p uchraydi. Ikkinchi turdagi xatolik savodxonlikning asosiy mezoni bo‘lgan imlo xatolaridir. Ushbu xatolar miqdori 7 va undan oshsa, ish “qoniqarsiz” baholanishi lozim. Kimdir ushbu xatolikni ham qo‘pol va qo‘pol bo‘lmagan turlarga ajratar ekan, baholash mezonlari shubha ostida qoladi. Bundan tashqari, bir paytlar “Mushtum”da o‘qiganimiz: “Sholi hosildorligini oshirishda qurbaqaning roli” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi yoqlangani kabi “Qo‘pol va qo‘pol bo‘lmagan xatolar lug‘ati”ni ham tuzishga urinib ketamiz. So‘z imlo — to‘g‘ri yozish me’yorlariga amal qilmasdan yozildimi, “muallif”ni ayab o‘tirish — ortiqcha rahmdillik. Rahmdillik ham me’yor oldida ojizdir, shundog‘am, mos matn uchun 1 imlo va 1 tinish belgisi xatosi bilan yozilgan ishni “a’lo” baholash rag‘bat borasida chidasa bo‘ladigan saxovatdir. Ammo shoh — shox, she’r — sher ko‘rinishidagi paronim (talaffuzdosh) juftliklardan birini boshqasi o‘rnida qo‘llash imlo xatoligi emas, balki so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolikdir. Шок машварат чакирди. Шоир шер окиди. Bu nafaqat kulgili, chidab bo‘lmas darajadagi sharmandali hol hamdir. Bayon va insho imlo xatolari eng ko‘p uchraydigan yozma ish turlari bo‘lganidan (diktantda 4-5 ta imlosi qiyin so‘z dars taxtasiga yozib qo‘yiladi) amaliyotda ikkinchi — savodxonlikka qo‘yilayotgan baholar “2” — “qoniqarsiz”dan oshmaganidan o‘qituvchi 2 soatga mo‘ljallangan yozma ishning ikkinchi bahosini jurnalga hamma vaqt ham qo‘yavermaydi: “Boshog‘riq kimga kerak?!”. Ijodiy ishlarning savodxonlik uchun qo‘yiladigan ikkinchi bahosi muntazam qo‘yib borilsa, samaradorlik keskin pasayishi, hatto ayrim o‘quvchilarni sinfda qoldirish muammosi ham paydo bo‘lishi mumkin. Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. 9-sinf o‘quvchilari o‘quv yili so‘ngida nazorat turi sifatida ijodiy bayon yozadilar. Ijodiy ishning ikki bahosi shahodatnomaga — birinchi baho adabiyot, ikkinchi baho ona tiliga — qo‘yilar ekan, boshog‘riq istamaydigan imtihon oluvchi o‘qituvchi vaziyatdan qanday chiqyapti? Ona tili va adabiyotdan bilimlar bellashuvi yoki fan olimpiadasining tuman bosqichlari g‘oliblarini aniqlashda hakamlar uchun qulaylik yuzaga kelgan. Bunda nisbatan savodli o‘quvchilar ishini tekshirish yetarli, bugun tumanlar miqyosida nafaqat savodxon o‘quvchi, balki savodxon o‘qituvchilar ham kamyob. Bu fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvi apellatsiyalari paytida savodxon o‘quvchi e’tirozlariga tayinli javob topolmay qolayotgan ayrim hakamlar misolida yaqqol o‘z isbotini topmoqda. Ijodiy ishlarda uchrayotgan xatolardan keyingisi uslubiy xatolardir. Ularning vahimasi o‘ziga yarasha: baholash mezonlarida bir uslubiy xato 3-4 imlo xatosiga tenglashtiriladi. Bu xatolarning ildizi individning murg‘ak davri va kitobxonlikka borib taqaladi. “Grippga dori yedim”, — desam, 5 yashar nevaram Doniyor: “Dorini yeb bo‘lmaydi”, — dedi. Men: “Suyuq dorilar ichiladi, tabletkalar yeyiladi”, — deb fikrimni yoqlamoqchi bo‘ldim. “Baribir, — dedi u qat’iy, — dori yeyilmaydi”. Unga uslubiyatdan kim saboq berdi ekan? Oramizda o‘smirlik va undan oshgan yoshdagi “murg‘aklar” borligi tasodif emas. Обучение баданига китобдан аллергия тошади. Ular jon-jahdi bilan o‘zlarini kitobdan olib qochadi. Natijada dunyoqarashi torayib, fikrlashdan mosuvo bo‘ladi. Ona tili o‘qituvchisi uchun uslubiy xatolikka oid xatolarni izlash zarurati yo‘q, chunki u har kuni o‘quvchilar daftarini tekshirar ekan bu xatolar qarshisida bo‘y ko‘rsataveradi. Mana ularning “klassik” namunalari: Mutolaa qiluvchi kishiga farqi yo‘q, u asarmi, romanmi... Kitob inson qalbidagi misli kamalakdir... Kitob shunchalik kuchli xazinadir, u insonni ma’naviyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Jaydarichasiga aytganda, uslubiy xatolik eplab gap tuzolmaslikdir. Unda so‘z ma’nodoshlaridan o‘rinsiz (nojo‘ya) foydalanish: Go‘zal qiz Oysuluvning basharasida ...; paronimlarning o‘rnini almashtirib qo‘llash: Bu narsa do‘stimga qiziq tuyildi; so‘z ma’nosini anglamaslik: Zebining xasisligiga havas qilaman; kelishik shakllarini farqlamasdan qo‘llash: Insonni kitobga bo‘lgan munosabati...; o‘rinsiz takror: O‘rik daraxti ko‘p yillik daraxt bo‘lib, u sariq rangda bo‘lib, danagi qattiq bo‘lib, mag‘zi juda shirin bo‘ladi va boshqa shu kabi holatlar kuzatiladi. Bu xatolardan muhofazalangan boy so‘z zaxirasiga ega kitobxon o‘quvchining yozma nutqida uslubiy xatoliklar kam uchraydi. Kitobning o‘zi so‘z qo‘llash, ifoda texnikasi borasidagi bilim, ko‘nikmalarni o‘qituvchidan ko‘ra samarali o‘rgatadi. Buning birgina sababi Qodiriyning ifoda texnikasi bilan o‘qituvchi salohiyati orasida osmon bilan yercha farqda emas, balki Qodiriyning yozuvchi, o‘qituvchining yozuvchi emasligidadir. Qodiriyning “Uloqda” hikoyasidagi “Manim uyqum o‘chdi” ifodasini “Manim uyqum qochdi”ga o‘zgartirib bo‘lmasligini anglash o‘qituvchi salohiyatining belgisi, bu salohiyat hammada ham yo‘qligi — boshqa masala. O‘qituvchidan qodiriylikni talab qilmayapmiz, uning muallim bo‘lishi yetarlidir. Qodiriy esa muallimning hurmatini joyiga qo‘ygan, uni e’zozlagan, unga havas qilishdan orlanmagan bo‘lardi. Biz bir ulug‘ yozuvchimiznigina misol keltirdik. Mana bu ifoda ham faqat kitob (M.Norbekov, “Tentakning tajribasi”, 1-kitob, Toshkent: “Spectrum Media Group”, 2017, 24-bet)da bor: “Qanaqasiga? — dedim nafasim ichimga tushib, pastki jag‘im naq kindigimgacha osilib”. A.P.Chexov hayrati o‘zgacha: “Men dengizning mukammal ta’rifini 6-sinf o‘quvchisining inshosida uchratdim, u: “Dengiz kaaaaatta edi”, — deb yozibdi”. O‘quvchini kitobga oshno qilish nafaqat uslubiy xatolarni bartaraf etish, balki yozma nutqni shakllantirish debochasidir Download 115 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling