Reja: Yozma ish turlari
Download 115 Kb.
|
darsdan tashqari ishlar ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat diktant
Lug’at diktant
Lug’at diktant ko’p vaqt olmasligi, ixchamligi bilan lug’atni boshqa turlaridan farq qiladi. Shuni uchun har bir mavzuni o’tgandan so’ng yangi mavzuni mustahkamlash uchun bunday diktant turidan foydalanish mumkin. Deyarli har mavzuni (bo’limni) o’tib bo’lgandan so’ng lug’at diktant olish mumkin. “Diktantlar to’plami”da asossan 5,6,7 sinflar uchun lug’at diktantlar berilgan. Lug’at diktant uchun darsni 7-10 minutini ajratish kifoya. Lug’at diktant o’quvchiga ma’lum so’zlarni qanday yozilishinigina emas, balki shu so’zni o’zini, uni ma’nosini ham o’rgatadi. Demak, o’quvchilar nutqini o’stirishda bunday diktant katta ahamiyatga ega. Nazorat diktant Nazorat diktant o’rganilgan qoidalarni o’quvchilar qanchalik o’zlashtirganini, bu qoidalarning qanchalik aalda tadbiq qila olishlarini nazorat qilish uchun o’tkaziladi. Bunday diktant har bir katta mavzuni o’tib bo’lgandan keyin har bir katta mavzuni o’tib bo’gandan keyin va chorak oxirida olinadi. Shuni uchun ham nazorat diktant uchun o’quvchilar maxsus tayyorgarlik ko’rishlari, o’tilgan mavzuni takrorlab kelishlari talab qilinadi. Ayni paytda o’qituvchi ham o’quvchilarni yoshi, tarbiyasi, talabiga javob beradigan va mavzuga muvofiq keladigan matni tanlab yozdirishi lozim. Nazorat diktant quyidagi tartibda o’tkaziladi: O’qituvchi nazorat diktant uchun tanlangan matnni adabiy talaffuz me’yyorlari asosida ifodali o’qib beradi. Matn mazmuni o’quvchilar tomoni tushunarli ekanligiga ishonch hosil qilgach, matn tarkibida uchragan imlosi qiyin yoki o’quvchi uchun notanish so’z doskaga yozib qo’yiladi. Shundan so’zng matn jumlama-jumla o’qiladi. Matnni to’la yozib bo’lgandan so’ng o’qituvchi uni yana bir bor sekin, ifodali o’qib beradi. Natijada o’quvchilar yozgan diktantini boshdan oyoq tekshirib chiqish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shundan so’ng o’qituvchi mumkin qadae tezroq tekshirib, yo’l qo’yilgan xatolar ustida ishlashi lozim. Aks holda o’quvchilar esidan chiqib ketib, diktantni hech qanday foydasi bo’lmasligi mumkin. Diktantning o‘ziga xos sharti o‘z lug‘aviy ma’nosidagi diktovka — aytib turib yozdirish degan tushunchadan ko‘ra muhimroqdir. Diktant — bu eshitganinigina yozish emas, balki aytilayotgan so‘zning ongda, shuurda muhrlangan suratini nusxalash. Shuning uchun ham aytib turish — diktovka qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘quvchining to‘g‘ri yoza olishiga erishish bosh masaladir. O‘quvchi aql, fahm kabi bir bo‘g‘inli so‘zlarda qator kelgan undoshlar orasida qisqa i unlisi eshitilsa-da, yozilmasligini; zidlov, sabab va aniqlov bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yilishini ongli idrok etmasa, bahosi “yaxshi” yoki “a’lo” bo‘lishidan umidvor bo‘lmaslik kerak. Demak, diktant uchun ham faqat diktant yozayotgan paytni muhim deb belgilamaslik zarur. Shu o‘rinda o‘quvchi savodxonligini oshirishda eng muhim manba sanalgan diktant va bayonlar to‘plamlari, yuqori tashkilotlardan nazorat yo‘rig‘ida kelayotgan yo‘riqnomalar savodxonligi xususida ikki og‘iz gapirish o‘rinlidir. Amaldagi diktant va bayonlar to‘plamlaridan ehtiyot bo‘lib foydalanish lozim, chunki biror matn yo‘qki, uni imloviy, punktuatsion yoki uslubiy tuzatishlardan birisiz foydalanib bo‘lsa. Bu xulosalarimizga atayin misollar keltirmaymiz, chunki bu xatoliklarni na mualliflar, na nashriyot bo‘yniga oladi. Bundan tashqari, ulardan foydalanayotgan salgina savodi bor mutaxassis, bu iddaoga isbot qidirish zaruratini sezmaydi. Download 115 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling