Reja: Yozma ish turlari
Download 115 Kb.
|
darsdan tashqari ishlar ona tili
Adabiyotlar:
A.G’.Muhitdinov “O’quv jarayonida nutq faoliyati” T-O’qituvchi -1995. A.Gulomov., B.Qobilova “Nutq o’stirish mashg’ulotlari” (O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma) “O’qituvchi”, T-1995. “O’zbek maktablarida ona tili o’qitish kontseptsiyasi”. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali 1-2 qo’shma son. 1994. A.Nurmonov Sh.Yusupova. “Diktantlar to’plami” (O’rta maktablarini V-IX sinflari uchun) Andijon – 1994. K.nazarov. “O’bek tili va adabiyotidan baho me’yori” T-O’qituvchi-1990. . KITOBXONLIKSIZ TA’LIM VA TARBIYA HAQIDA NAFAQAT GAP, BALKI SO‘Z HAM ORTIQCHA. Maksimalistlar biz yozuvchi emas, o‘quvchiga ta’lim-tarbiya beramiz, deb iddao qilishmasin, chunki o‘quvchingiz maktab davrida o‘qishi lozim bo‘lgan 150—200 kitob mutolaasi bilan yozuvchi bo‘lib qolmaydi, bor-yo‘g‘i risoladagi o‘quvchi maqomiga ega bo‘ladi, xolos. Yozuvchi bo‘lish uchun o‘qilgan kitoblar miqdori muhim emas, balki kitob ichida yashash kerakligi muhim! Uslubiy xatolarni bartaraf etish uchun juda ko‘p ter to‘kish zarurati yo‘q. Bor-yo‘g‘i o‘quvchilaringizni kitobga oshno qilsangiz, kifoya. Muhtaram o‘qituvchi, birorta o‘quvchingizni kitob o‘qishga qiziqtira oldingizmi? Unda ishingiz — “besh”. Mabodo, unday bo‘lmasa, hali ham kech emas. “Ma’rifat” gazetasining 2019-yildan boshlab oy boshidagi sonlarida ma’lum asarlarni o‘qish va unga taassurot yozish topshirig‘ini bajarishga urinib ko‘ring. Gazeta tavsiya etayotgan asarning eng ta’sirli o‘rnini avj nuqtasida kesib o‘qib yoki aytib bering, qolganini o‘quvchingizning o‘zi eplaydi. Siz 3-4 nazorat ishlari tahlili darslarida uslubiy xatolar ustida puxta ishlasangiz, keyingi nazorat ishlarida daftar hoshiyasidagi W belgisi ishora qilgan gapdagi xatolikni o‘quvchining o‘zi bartaraf eta oladi va bora-bora uslubiy xato qilmaslikka erishadi. Uslubiy xatolikni bartaraf etish, avvalambor, barcha uchun birday qiziqarli mashg‘ulot sanaladi. Biron o‘quvchining uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan gapi hammaning e’tiborini tortadi. Gap “muallifi”dan boshqa barcha gapdagi g‘alizlikni oson ko‘radi va silliqlay oladi. “Muallif”ning ushbu g‘alizlikni payqamasligi tayin, chunki payqaganida gapni boshqacha ifodalagan bo‘lar edi. Uslubiy xatolik ustida ishlanar ekan, eng to‘g‘ri yo‘l ushbu xatolikni “muallif”ning o‘zi bartaraf etishiga erishishdir. Mabodo, bu ish uning qo‘lidan kelmasa, boshqalarga imkoniyat berish lozim. Siz bu xatolikni juda tez bartaraf etishga urinib to‘g‘ri variantni taqdim etishga shoshilmang. Xatolikni o‘quvchilar to‘g‘rilashiga imkon bering, chunki bu ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Maktablarda qog‘ozdagi monitoring guruhi ishlarini yo‘lga qo‘yish nafaqat yozma savodxonlik, balki ta’lim sifat va samaradorligini kompleks oshirishning zaruriy omilidir.
Download 115 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling