Reja: Zamonaviy rahbar qiyofasi va imidj fenomeni. Imidj turlari. Rahbar shaxsining milliy e’tiqodi va ma’naviy qiyofasi. Rahbarlik odobi. Rahbar obro’siga putur etkazuvchi unsurlar. Kishilar bilan ochiq va to’g’ri muomalada bo’lish
Download 100.13 Kb.
|
1. Zamonaviy rahbar qiyofasi va imidj fenomeni. Imidj turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Rahbar shaxsining milliy e’tiqodi va ma’naviy qiyofasi. Rahbarlik odobi.
Imij vazifalari:
Hozirgi zamon odamini tarbiyalash; -turli soha mutaxassislari kasbiy mahoratini oshirish; -kasbiy faoliyatning piar bo’yicha mutaxassis, stilist, imijmeyker kabi turlarini farqlash; -odamlarga xos bo’lgan jismoniy tortinchoqlikni engish va ularning ma’naviy boy dunyosini namoyon etishga yordam berish; -shaxsda yashirinib yotgan ijobiy fazilatlarni aniqlash va ularni ro’yobga chiqarishga yordam berish; -turli yoshdagi odamlarga imij haqida bilimlar berish, ularni o’zlashtirishda hamda shaxslararo va ishga doir munosabatlarni yo’lga qo’yishda ushbu bilimlardan mohirona foydalanishda ko’maklashish. “Mening imijim” Siz faqat «ha» yoki «yo’q» deb javob bering. Men o’zimga ishonaman So’zlashish vaqtida men so’lashayotgan hamsuhbatimning ko’ziga qarayman Menda hazilkashlik hissi bor Odamlarga yaxshi munosabatda bo’laman Tashqi maftunkorligimga ishonaman So’zlashish vaqtida hamsuhbatchimning gaplarini bo’lmasdan eshitaman O’zimni hurmat qilaman Menga yoqmagan odamlar bilan ham yaxshi muomalada bo’laman Sog’ligim joyida deb hisoblayman Foydali sporlashishni ma’qullayman Tevarak-atrofdagilarimga doimo kulib boqaman Men haq bo’lmasam tezda xatolarimni tan olaman Men o’zimning salbiy emotsiyalarimni ushlab tura olaman Men odamlarga kompliment aytaman Kasbiy kompetentligim meni ikkilantirmaydi Mening garderobim yaxshi tanlangan O’zini tinchlantirish, emotsiyalarga berilmaslik usullari bilan tanishman. Mening sochlarim doimo toza va saramjon turmaklangan Mojaroli hollarni echish taktikasini bilaman O’zimning kasbiy mahoratimni doimo oshirib boraman To’g’ri ovqatlanaman, yomon odatlardan holiman Notiqlik madaniyati usullaridan foydalanaman. 2. Rahbar shaxsining milliy e’tiqodi va ma’naviy qiyofasi. Rahbarlik odobi. Djonatan Svift ta’kidlagan: «Jamiyatda yorqin ko’rinish ko’pchilikka ham berilavermaydi, ammo ko’pchilik insonlar yoqimtoy bo’lishi mumkin». Imijda Notiqlik san’ati asosiy o’rinni egallaydi. Napoleon shunday degan edi: «Nutqini ushlay olmaganlar, rahbar bo’la olmaydilar». Rahbar - boshqaruvchilik yuz tuzilishi, auditoriya oldida hamkor bo’lsin yoki qo’l ostidagi ishchi bo’lsin so’zlashni bilishi zarur. 5-7 minutlik ma’ruzada ishdagi hamkorlarga yoqishi uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim: birinchidan, o’z aqlingiz bilan fikrlang. ikkinchidan, auditoriyaning sizga bergan tavsiyalarni tezda tutib olishingiz zarur. O’zingiz xohlagan narsalarni gapirmang. Ba’zan auditoriya uchun dolzarb bo’lgan muammoda to’xtalib o’tishingiz mumkin. uchinchidan, asosiy nuqtalarga e’tiboringizni qarating, real hayotni qanchalik bilishingizni ko’rsating, insonlarning turmush sharoiti hamda biznesda nimalarga erishishni xohlashi haqida so’zlang va b.q. to’rtinchidan, o’z fikrlaringizni mantiqan o’ylab gapiring. beshinchidan, ma’ruzada insonlarning e’tiborini tortadigan joylarni aniqlab oling. Siz ko’tarib chiqqan muammolarning eng asosiy va echishi lozim bo’lganlari tushunarli bo’lishi lozim. Nima uchun siz bunday o’ylaganingiz haqda, albatta, aytib o’tishni unutmang. oltinchidan, auditoriya sizning fikrlaringizni qo’llab quvvatlamog’i lozim. ettinchidan, sizdan oldingi ma’ruzachidan qolgan taa’surotlardan auditoriyani olib chiqishga o’rganing. sakkizinchidan, tinglovchilarga qarata ajoyib so’zlarni aytish mumkin. Masalan, hamkorligi, tushungani uchun o’z minnatdorchiligingizni bildiring. qanchalik jarangdor qilib aytilsa, shunchalik siz bilan muloqotga kirishuvchilar ko’payaveradi. Download 100.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling