Режалаштириш моделлари
Yechish. ПС(12%, 12,, 5000)=-1283.38 ming so`m
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
BOBONAZAROVA M.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechish
- ЧПС funksiyasi.
Yechish. ПС(12%, 12,, 5000)=-1283.38 ming so`m.
Natijaning manfiyligi bu summani omonatga qo`yilishini anglatadi. Misol. Faraz qilaylik, uyni ikki variantdan biri yordamida sotib olish rejalashtirilgan: birdaniga 99 million so`mni to`lash yoki 15 yil mobaynida xar oyda 940 ming so`mdan 15 yil mobaynida to`lash xam mumkin. Agar yillik protsent stavkasi 8 % bo`lsa, qaysi variantning afzalligini aniqlash talab qilinadi. Yechish. Hisoblash ishlarini ПС funksiyasi yordamida quyidagicha amalga oshiriladi: ПС(8%/12, 1512, -940)=98362.16 ming so`m. Demak, so`ralayotgan 99 mln so`m pul kutilayotgan summadan katta ekan va shu sababli bir vaqtda to`lovni amalga oshirish iqtisodiy jahatdan noto`g’ri bo`lar ekan. ЧПС funksiyasi. Sof joriy bahoni aniqlash metodi ko`pincha invesititsiyalar kiritishning samaradorligini aniqlashda qo`llanadi. U foydaning quyi chegarasini hisoblash va shu asosda eng samarali loyixalarni aniqlashga yordam beradi. Kutilayotgan daromad va xarajatlarni diskontlash sarmoyalarni jalb qilishga imkon beradi. Funksiya umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi: ЧПС(stavka; 1˗qiymat; 2˗qiymat; ...) Stavka — bu bitta davr uchun diskontlash stavkasi. 1˗qiymat; 2˗qiymat; ... — 1 dan 29 gacha bo`ladi va daromad va xarajatlarni ko`rsatadi. Sof joriy bahosi ЧПС funksiyasi yordamida hisblanayotgan investitsiya batta davr uchun argumentning summa! Sanasidan boshlanib, ro`yxatning oxirida ko`rsatilgan qiymatgacha davom etadi. Agar birinchi pulli vznos birinchi davrning 38 boshiga to`g’ri kelsa, u xolda ЧПС ning qiymatiga birinchi qiymatni qo`shiladi (agar bu xarajat bo`lsa ayirish kerak), ammo argumentlar ro`yxatiga qo`shmaslik 39 lozim. Misol. Loyihaga investitsiya uni bajarishning birinchi yili oxirida 10000 ming so`mni tashkil qilsin. Keyingi uch yilda loyiha bo`yicha daromadlar 3000 so`m, 4200 so`m va 6800 so`mlarni tashkil qilsin. Loyihaning sof joriy bahosini toping. Yechish. Xajmi 10 000 ming so`m bo`lgan investitsiya hisob bajarilayotgan davrning boshlang’ich momentiga mansub bo`lmagani uchun uni argumentlar ro`yxatiga kiritish lozim. Bu pul oqimi “bizdan chetga” tarzida xarakatlangani uchun 10000 ming so`mni manfiy (ya`ni “-” belgisi bilan) ko`rinishda yozamiz. Sof joriy investitsiya quyidagicha hisoblanadi: Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling