Relyef turlarini va shakllarini aniqlash va tahlil qilish


Geomorfologik strukturalar. Geologik strukturalar va ularning


Download 96.22 Kb.
bet4/7
Sana11.03.2023
Hajmi96.22 Kb.
#1261365
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RELYEF TURLARINI VA SHAKLLARINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH

3.Geomorfologik strukturalar. Geologik strukturalar va ularning
relyefda namoyon bo’lishi.

Relyef morfografiyasi va morfometriyasi


Kartografiya va topografiya maqsadlari uchun relyefning morfografik va morfometrik xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega.
Relyefning sifatiy xarakteristikasi relyefning morfografiyasi deyiladi. Relyef morfografiyasida relyef shakllari, gipsometriyasi (yer yuzasining balandligi va chuqurligi) o‘rganiladi.
Relefning miqdоriy xarakteristikasi relyefning mоrfоmetriyasi deyiladi. Relyef mоrfоmetriyasida relyef shakllarining maydоni, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag’irlar qiyaligi, parchalanish chuqurligi, zichligi va bоshqalar o‘rganiladi. Mоrfоmetrik tadqiqоtlar asоsida gоrizоntal parchalanish zichligi, parchalanish chuqurligi, er yuzasining qiyaligi va bоshqa kartalar tuziladi.
Relyefni o‘rganishda uning gipsometrik xarakteristikasi muhim o‘rin tutadi. Dastlab yer yuzasida asosan ikki gipsometrik yuza: materik va okeanik yuza ajratiladi. Quruqlikning okean yuzasiga nisbatan o‘rtacha balandligi +875 m, okeanning o‘rtacha chuqurligi -3730 m. Yer yuzasining o‘rtacha balandligi -2440 m ga teng. Demak, Yer uchun manfiy gipsometrik yuza xos ekan. Materik va okeanlarning o‘rtacha balandlik hamda chuqurliklari turlichadir

Materiklar

O‘rtacha balandlik, m

Okeanlar

O‘rtacha chuqurlik, m

Yevrosiyo

840

Tinch

4280

Afrika

750

Atlantika

3940

Shimoliy Amerika

720

Hind

3960

Janubiy Amerika

600

Shimoliy muz

1200

Avstraliya

320

Janubiy

4450

Antarktida

2100



Yer yuzasining eng baland nuqtasi Himolay tog’ining Jomolungma (Everest) cho‘qqisi (8848 m), okeanning eng chuqur joyi-Tinch okeandagi Mariana cho‘kmasidir (11022 m). Yer shari yuzasining maksimal balandlik farqi deyarli 20 km ga tengdir.
Quruqlik yuzasi okean yuzasidan balandligiga ko‘ra pasttekislik (0 metrdan 200 metrgacha) va baland relyefga (balandliklar, baland tekisliklar, plato va yassitog’lar, tog’liklar, tog’lar) bo’linadi.
Mutloq balandligi 200 m dan 500 m gacha bo’lgan yer yuzasining qismlari balandliklar va baland tekisliklarga kiritiladi.
Yuzasi yassi yoki kuchsiz parchalangan baland tekislik plato deyiladi.
Yonbag’irlari ko‘pincha kesilganidan tik (masalan, Ustyurt chinklari) bo’ladi. Atrofidagi tekisliklardan tik yonbag’irlar hosil qilib ko‘tarilib turadi. Strukturali, vulkanik va denudatsion platolarga bo’linadi.

Download 96.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling