Relyefni tasvirlash usullari


Download 1.94 Mb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1567064
1   2   3   4
Bog'liq
RELYEFNI TASVIRLASH USULLARI1

1-rasm. Relyefni perspektiv usulda tasvirlash
Fiziografik usulda tuzilgan xaritalar
Zamonaviy xaritalarda, asosan geomorfologik va okean tubi xaritalarida, ommaviy nashrlardagi xarita-ko‘rgazmalarda bu usul zamonaviylashtirilgan, takomillashtirilgan shaklda qo’llanilmoqda: suratli belgilar geometrik aniq asosga qurilmoqda.
Ushbu usul fiziografik usul deb yuritiladi. Fiziografik xaritalar g‘oyatda ko‘rgazmali bo‘lib, rangli badiiy panoramalarni eslatadi (2- rasm).
Hozirda perspektiv usulda tasvirlashda morfologik landshaftlar uchun ma’lum shartli belgilar ishlatiladi. Ular yordamida turli morfologik strukturalarni tasvirlash mumkin (3-rasm).
Keyingi paytlarda texnik dasturiy ta’minotning rivojlanishi bilan perspektiv usulni turlicha tasvirlash imkoni kengaydi. Joyni panoramali- perspektiv shaklda tasvirlash ham ishlatilmoqda (4-rasm).
Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda relyef ko‘rgazmali holatda blok-diagrammaga yoki tasviriy panoramaga o‘xshatib ko‘rsatiladi. Lekin undan o‘lchash yo‘li bilan aniq ma’lumot olish mumkin emas.
Gorizontallar hozirgi vaqtda topografik va umumgeografik xaritalarda relyefni tasvirlovchi asosiy usul hisoblanadi. Gorizontal yordamida xaritani hohlagan joyini balandligini aniqlash mumkin; joy relyefining raqamli modelini tuzish va morfometrik ko‘rsatkichlarini olish mumkin (5-rasm). Relyefni tasvirlashda asosiy muammo gorizontallar oralig‘i (intervali)ni tanlashdir. Topografik xaritalarda xarita masshtabi va tasvirlanyotgan hudud relyefiga bog‘liq holda maxsus qabul qilingan standartlardan foydalaniladi (jadval).
Agar asosiy gorizontallar bilan relyefni o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin bo‘lmasa yoki relyefning kichik shakllarini tasvirlash uchun yarim gorizontallar (balandlik kesimining yarmi) yoki chorak gorizontallar (balandlik kesimishining to‘rtdan biri)dan foydalaniladi.
O‘rta Osiyo hududidagi Qizilqum va Qoraqum cho‘llarida relyefni, ya’ni to‘p-to‘p, ko‘chib yuruvchi va barxan qumlarni asosiy gorizontallarda tasvirlaganda, qum relyefini to‘liq ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun yarim gorizontallardan foydalaniladi. Ba’zan relyefni yanada aniqroq va to’laroq tasvirlash uchun yordamchi goroizontallardan ham foydalaniladi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling