Renessans ta’lim universiteti matematika fanlaridan oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish shakllari mavzusidagi kurs ishi bajardi


Zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida ta’lim samaradorligini ta’minlashda interfaol usullardan foydalanish


Download 0.59 Mb.
bet4/9
Sana09.07.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1659357
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Matematika fanlaridan oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini

3. Zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida ta’lim samaradorligini ta’minlashda interfaol usullardan foydalanish
O’qituvchidan va o’quvchidan ta’lim jarayoniga yangicha va ijodiy yondashuvni; o’qituvchi va o’quvchilarning ilg’or pedagogik texnologiyalar, ularning mohiyati va afzalliklaridan xabardor bo’lishlarini; o’qituvchidan darslarning noan’anaviy shakl, metod va vositalaridan foydalanish ko’nikmasi va malakasini egallashni, matematika darslarini muayyan loyiha asosida tashkil eta bilishlarini, matematika darslarida o’quvchilar faoliyatini, o’zlashtirish darajasini doimiy o’rganib borishni, natijalarni tahlil qilishni, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralarini belgilay olishni; o’qituvchi va o’quvchidan axborot texnologiyalari hizmatidan foydalana olishni bilishlarini talab etmoqda. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ta’lim jarayonini zamon talablari asosida tashkil eta oladigan bo’lishi lozim. Ma’lumki ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi shaxslarga qarash tubdan o’zgardi, ya’ni ta’lim jarayonida o’quvchi va o’qituvchi xamkorligini o’rnatish bosh masala qilib qo’yilmoqda. Matematika darslari matematika dasturiga kiritilgan mavzular - bo’limlarini qamrab oladi. Bu bo’limlar sinfdan sinfga ko’chgan sari muayyan izchillikda murakkablashtirilib, boyitilib boradi. Matematika darsliklarida berilgan topshiriqlar tuzilishi jihatdan murakkablashib borish ko’zga tashlanadi.
Ilg’or pedagogik texnologiyalar o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayoniga tatbiq etilsa, matematika dasturidagi mavzularni puxta o’zlashtirilishiga yordam beradi.
Matematika darslarida kichik guruhlarga ajratib ishlash imkoniyati mavjud. Noanoanaviy darslardan biri kichik gurhlarga bo’linib, jamoa bo’lib ishlashni tashkil etishdir. Bu o’quvchilarning jamoada faoliyat ko’rsatish ko’nikmalarini shakllantiradi. Kichik jamoalarda har bir o’quvchi – jamoa a’zosi mustaqil fikr yuritish, fikrini erkin ifodalash, boshqalar fikrini tinglash, mulohaza yuritish, ulardan eng muhimlarini ajrata olish, o’z fikrini ilgari surish, uni dalillash, fikrlarni umumlashtirish va xulosalashga o’rganadi. Matematika darslariga tatbiq etilayotgan ilg’or pedagogik texnologiyalar o’quvchilarda matematikaga qiziqish uyg’otishi bilan birga, ularning o’zlashtirish darajasini ham ko’tarmoqda.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’rganiladigan arifmetik amallarni, kontsentrlar bo’yicha matematik har xil masalalarni yechishda, miqdorlarni o’rganishda ilg’or pedagogik texnalogiyalar qo’llash o’quvchilarda o’quv faoliyatini aktivlashtirdi. Matematika darslarini tashkil etishda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “6x6x6”, “Bumerang”, ”Domino” ”Mushoira” kabi interfaol usullardan va ta’limiy o’yinlardan foydalanish o’quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga undaydi.O’z fikrini jamoa bilan o’rtoqlashishga o’rgatadi, muammolarni hal qilishda ishtirok etish maylini yuzaga keltirdi.
O’quvchilar faolligini oshiruvchi uslublarni noan'anaviy dars o’tish uslublari deb ham atashadi. Bu uslublar maktab pedagogikasi uchun yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan. Dars interfaol uslublar asosida o’tilganda, o’quvchilarning dars materialini o’zlashtirish darajasi ancha yuqori bo’ladi. Bundan zinhor xulosa kelib chiqmasligi kerak. Har bir uslub o’z o’rnida ishlatilgan taqdirdagina kutilgan natijaga olib kelishi mumkin.
Darsda o’quvchilar faolligini oshiruvchi uslublar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.
Amaliy mashqo’tilgan nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan va ma'lum amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish maqsadida nazariy bilimlarni amaliy masalalarga tatbiq etish.
Kichik guruhlarda ishlash orqali o’rganisho’quvchilarni 5-7 tadan kichik guruhlarga bo’lib, ma'lum muammoning yechimini topishga va faollikni oshirishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Bosqichlari: guruhlarga bo’lish, muammoni guruhlarda muhokama qilish, muammoning yechimlari taqdimoti, xulosalash.
Rolli o’yinlardars mavzusini ochadigan va unga mos ma'lum hayotiy vaziyatni sinfda modellashtirish (sahnalashtirish). Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bo’lib berish, maqsad va vazifalarni tushintirish; o’yin davomida o’quvchilarning xatti-harakatlarini kuzatib borish; o’quvchilarning xatti-harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma'lum malaka va ko’nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; o’yin natijalarining tahlili; o’yin natijalarini real hayotiy misollar bilan taqqoslash.
O’quvchilarni juft-juft qilih muloqot qildirishbiror mavzu bo’yicha yonma-yon otilgan o’quvchilarni o’zaro muloqotga chorlash va flkr almashish.
Ovozga qo’yish — "Qarshi", "Rozi", "Betaraf"dars davomida bahsli vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish maqsadida, bahs yuritayotgan fomonlarning fikrlarini sinf bo’yicha ovozga qo’yish; har bir fikr bo’yicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning dalillarini va fikrlarini tinglash; so'ng yana ovozga qo’yish; xulosalash.
"Aqliy hujum"muayyan muammo bo’yicha o’quvchilarni ijodiy ishga, o’zaro muloqotga chorlash. Bosqichlari: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish; uning yechimini topish uchun o’quvchilarni jalb qilish; yechimlarni solishtirish va saralash; xulosalash.
Konkurslar o’tilgan malum bir bob mavzulari bo’yicha olingan bilimlarni baholash maqsadida viktorina, turli guruhlar o’rtasida o’tkaziladigan savol-javoblar musobaqasi.
Mustaqil ishlash — o’quvchilarning mustaqil o’rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amaliy faoliyat bilan shug’ullanish ko’ nikmalarini shakllantirish; har bir o’ quvchiga alohida yoki umumiy tarzda topshiriq bajartirish; o’quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, muloqot yordamida yo’naltirib boshqarish, nazorat qilish.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling