Renessans ta’lim universiteti matematika fanlaridan oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish shakllari mavzusidagi kurs ishi bajardi
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
Download 0.59 Mb.
|
Matematika fanlaridan oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzuning bayoni.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.
Darsning tashkiliy qismi o‘tkaziladi. II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilarning uyga berilgan topshiriqlarni bajarilganliklarini ko‘rib chiqiladi. Tanlab tekshirish asosida uy vazifalari tekshirib tahlil qilinadi. Bunda o‘qituvchi topshiriq raqamini aytadi va tanlangan o‘quvchi topshiriq javobini aytadi. Qolgan o‘quvchilar o‘zlarining javoblari bilan solishtiradilar. Bajarishda xatoga yo‘l qo‘yganlarning xatolari o‘rganib chiqiladi va tuzatiladi. O‘tilgan mavzu asosida suhbat o‘tkaziladi. III. Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzu 62-topshiriqda berilgan jadval asosida tushuntiriladi. Bunda plakatda berilgan jadvalda sonlarning xona birliklari va ularning o‘qilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Jadvalda tushuntirgach, ekranda 46530960 sonining o‘qilishi tushuntiriladi. Avval ekranda 46530960 soni paydo bo‘ladi, o‘ngdan chapga qarab har birida uchtadan raqami bo‘lgan sinflarga yarim doira yordamida ajratiladi. Yarim doiraning ustiga sinflarning nomi yoziladi. Sinflarning oralari ochilib, sinflarning nomi yozuvlari shu sinfdan keyin joylashadi va birlar sinfning nomi yo‘qoladi. Ovoz yordamida to‘ldiriladi. 46 million 530 ming 960 Ushbu sonni o‘qish uchun, uning yozuvini o‘ngdan chapga qarab har birida uchtadan raqami bo‘lgan sinflarga ajratamiz. Har bir sinf birliklari sonini aytamiz va uni nomiga qo‘shamiz. Birlar sinfning nomi qo‘shib aytilmaydi. Shundan so‘ng o‘quvchilardan doska yoniga chaqirib bir nechta ko‘p xonali son o‘qitib ko‘riladi. 63-topshiriqni o‘quvchilar matematik diktant tarzida yozadilar. O‘qituvchi o‘qiydi o‘quvchilar yozadilar, so‘ngra bajarilgan topshiriq parta oralab kuzatib tekshiradi. 64-topshiriq doskada bajariladi. O‘quvchilar berilgan sonlarni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi bilan almashtiradilar. 402 = 400 + 2 570 = 500 + 70 402 000 = 400 000 + 2 000 570 000 = 500 000 + 70 000 O‘quvchilarga ixtiyoriy sonni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi bilan almashtirish mumkinligi tushuntiriladi. 65-topshiriq. O‘quvchilar misollarni og‘zaki bajaradilar. 300 000 + 60 000 + 6 000 = 366 000 588 000 – 500 000 = 88 000 99 000 – 9 000 = 90 000 800 000 + 5 000 = 805 000 209 000 – 200 000 = 9 000 206 000 – 6 000 = 200 000 66-masala shartini o‘quvchilar o‘qiydilar va nima noma’lum ekanini aniqlaydilar. Masala sharti bo‘yicha uy hayvonlari, ularning qanday foydali tomonlari borligi va hozirgi kunda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha yurtimizda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha savol-javob o‘tkaziladi. Kelajak rejalari bo‘yicha fikrlari eshitiladi va kasbga yo‘llanadi. I -tovuqning – 15 ta, I I-tovuqning – ?, 6 ta ko‘p III-tovuqning – ?, 3 marta kam Yechish: 15 + 6 = 21 (ta) ikkinchi tovuqning jo‘jalari, 21 : 3 = 7 (ta) uchinchi tovuqning jo‘jalari. Javob: uchinchi tovuqning 7 ta jo‘jasi bor. 67-topshiriq doskada bajariladi. O‘quvchilar bittadan misol ishlaydilar. 480 + 70 = 550 340 – 30 = 310 754 + 246 = 900 690 + 80 = 770 720 – 50 = 670 540 – 297 = 243 90 ∙ 3 = 270 30 ∙ 8 = 240 360 : 3 = 120 Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling