Renessans ta’lim universiteti matematika fanlaridan oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish shakllari mavzusidagi kurs ishi bajardi


Ta’lim samaradorligini oshirishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish


Download 0.59 Mb.
bet5/9
Sana09.07.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1659357
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Matematika fanlaridan oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini

4. Ta’lim samaradorligini oshirishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish
Ta’lim samaradorligini oshirishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish samarali natija beradi. Masalan, ”Qo‘shiluvchilarning o‘rnini almashtirish” mavzusini tushuntirishda quyidagicha yondashish mumkin:
Yangi mavzuning bayoni: Mavzu ekranda tushuntiriladi. Ekranda mevalar orqali misol bajariladi.
O’quvchilar bilimini tekshirishda vaqtdan unumli foydalanish va o’quvchi o’z- o’zini tekshirib baholashda hzm multimedia texnologiyalarining ahamiyati beqiyosdir. Masalan, matematik diktantni quyidagi tarzda tashkil etish mumkin: ekranda “Matematik diktant”, “Diqqat bilan eshiting” yozuvlari paydo bo‘ladi. Matematik diktant o‘qib eshittirilgandan keyin “Tekshirish” tugmasi paydo bo‘ladi va u bosilganda to‘g‘ri javoblar ekranda paydo bo‘ladi.
40 650
3 400
4 100
6 000
2 365 045
4-sinfda “Uchburchaklarning burchaklari bo‘yicha tasnifi” mavzusini tushuntirishda quyidagicha ish tavsiya etiladi: Yangi mavzu ekranda topshiriq asosida tushuntiriladi. Ekranda tasvirlangan uchburchaklarning turini aniqlash uchun har bir uchburchak burchagiga goniya olib boriladi va burchakning o‘tkir, to‘g‘ri yoki o‘tmasligi ko‘rsatiladi.

Ularning ta’rifi berilgan paytda ekranda navbati bilan ko‘rsatiladi.








Yangi mavzuni mustahkamlashda “uchburchak” trenajoridan foydalaniladi. Bunda ekranda turli ko‘rinishdagi uchburchaklar beriladi. Sichqonchani uchburchakka olib borib, ularning turiga ko‘ra qutilarga joylashtiriladi. Uchburchaklarning burchagiga ko‘ra bir – biridan farqlash qayta esga olinadi.


Tagriba-sinov ishlarimizda shu ma’lum bo’ldiki, 4-sinfda “Ko‘p xonali sonlarning o‘qilishi. Xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi” mavzusini quyidagicha tashkil etilsa darsning samaradorligi yanada oshishi kuzatildi.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga ko‘p xonali sonlarning o‘qilishini, sonlarni xona qo‘shiluvchilarini yig‘indisi ko‘rinishida ifodalashni tushuntirish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; matematikaga oid audio matnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish; FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish.
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash. TK3: o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish; TK6: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, tafakkurini o‘stirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay olish.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling