IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlashda ekranda trenajor mashq bajariladi. Bunda o‘quvchilar tushirib qoldirilgan sonlarni, raqamlarni yoki so‘zlarni o‘rniga qo‘yib yozadilar va mavzuni qanchalik o‘zlashtirganlarini ko‘rsatadilar.
Ekrandagi topshiriqlarni bajarish uchun klaviatura orqali sonlar kiritiladi.
______ sonida birinchi sinfning 7 ta birligi va ikkinchi sinfning 4 ta birligi bor.
60 022 sonini yozishda _____ raqamlaridan foydalanilgan.
899 999 va 900 001 sonlari orasida _____ soni yotadi.
420 009 sonida ______ ta yuz minglik, __ ta o‘n minglik va 9 ta _______ bor.
16 003 dan 15 996 gacha bo‘lgan barcha sonlarni kamayib borish tartibida yozing: _______________________________________________________.
Tushurib qoldirilgan raqamlarni shunday yozingki, natijada 405 703 > 405 _ 03 tengsizlik to‘g‘ri bo‘lsin.
8 254 sonida ikkita xonaning _____ birligi bor.
1 million _____ ta yuz mingdan iborat.
_________ soni 1 milliondan 3 birlik kichik.
V. Darsga yakun yasash.
Test asosida o‘quvchilarning bilimi tekshirib olinadi.
1. To‘qson uch ming yigirma soni raqamlar bilan quyidagicha yoziladi:
1)93 200; 2) 903 200; 3) 93 020, 4) 93002
2. Agar 29 450 soni 4 ta yuzlikka kamaytirilsa, quyidagi son hosil bo‘ladi.
1)29 050; 2) 9 450; 3) 2 950; 4)29 850.
3. 53 017 sonida ikkinchi xonaning nechta birligi bor?
1)17 ta; 2) 1 ta; 3) 53 ta; 4)5 ta.
4. Agar 65030 soni 4 ta o‘nlikka orttirilsa, quyidagi son hosil bo‘ladi.
1) 69 030; 2) 65700; 3) 65430; 4) 65 070.
5. 1 000 va 795 sonlarining yig‘indisini hosil qilish uchun 1 528 sonini nechtaga orttirish kerak? 1) 267 taga; 2) 95 taga; 3) 200 taga; 4) 20 taga.
Darsni yakunlashda bugungi darsda nimalarni o‘rganganlari qayta esga olinib, dars haqidagi fikrlari so‘raladi. So‘ng bugungi darsga faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirib, baholanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |