Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar


Download 200.46 Kb.
bet2/9
Sana12.03.2023
Hajmi200.46 Kb.
#1261930
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
рентген аппаратлари турлари

URS-60 apparati. U 120 va 220 v li ikkita toʻgʻrilovchi lampalar - kenotron va 60 kv kuchlanishda ishlash uchun moʻljallangan.
URS-60 apparati - fotometrik usulga moʻljallangan. Unda anod tokini stabillashtiruvchi stabilizator borligi uchun apparatni ionizatsion usulni qayd etish uchun ishlatsa boʻladi. Ikkita trubkada bir yoʻla ishlash mumkin. BSV-2 da rentgen nurlarini chiqaruvchi derazacha soni 2 ta, BSV-4 da chiqish derazachasi 4 ta va BSV-6 da chiqish derazachasi 2 ta. Shu trubkalar bilan ishlansa qurilma xavfsiz boʻladi.
Apparatda suvni kamaytirilishi yoki suv kelmaslik holatlarida, yuqori voltli kabel oʻchib qolganida, anod toki miqdorining normadan oshib ketganida blokirovka qiluvchi qurilma bor. Anod tokini ferrorezonans va elektron stabilizator SN-2 yordamida barqarorlashtirish koʻzda tutigan. Apparat tok koʻrsatkichlarining +7 dan -15% gacha tebranishida ishonchli ishlaydi. Qurilma ish va operativ stol shaklida. Operativ stol ichida generator moslamasi mavjud.
URS-70 qurilmasi. Universal rentgenstrukturaviy qurilma. 50 gs chastota, 127 yoki 220 v kuchlanishda, oʻzgaruvchan tok manbaida ishlashga moslangan.
Rentgen trubkani quvvat olish sxemasi yarim toʻlqinli (bir kenotronli yoki kenotronsiz). Trubkadagi kuchlanish amplitudasi 70 kv gacha, trubkadan oʻtayotgan tok 30 ma.
Qurilma BSV tipidagi shishali elektron trubka bilan ishlashga moslangan. Boshqa tipdagi trubkalar, elektron va ionli (trubka polyusini yerga ulab qoʻyish shart) trubkalarda ishlash imkoniyati bor. KRM-150 tipidagi kenotron toʻgʻrilash uchun ishlatiladi.
ARS-4 apparati. U portativ, juda tor nur bogʻlarini olish uchun ishla-tiladi. Apparatda BSV-5 (chiqish soni-2) mikrofokus trubkadan foydala-niladi. Trubka anodi katta kuchlanish ostida boʻlib, katod yerga ulab qoʻyil-gan. Korpusning katod choʻgʻlash iplari himoyalangan va qarshiliklar yordamida biriktirilgan. Bunda anod toki oʻtishida kerakli kuchlanish hosil boʻladi.
Apparat 50 gs chastotada va 127 yoki 220 v kuchlanishda bir fazali manbaga ulashga moslashtirilgan. Trubkadagi quvvat amplitudasi 45 kv; trubkadan oʻtuvchi tok - 0,45 ma atrofida; maksimal quvvat - 0,3 kvt atrofida boʻladi. Trubka anodi maxsus nasos yordamida transformator yogʻida sovitiladi.
Rentgenogrammalar yuqori va past temperaturalarda, vakuum va bosim ostida olib borilishi mumkin. Yuqori temperaturalarda rentgenografik shakllarni olish yuqori temperaturali fazaviy oʻzgarishlarini qayd qilish uchun, moddaning yuqori haroratda qanday parametrlariga ega ekanligini bilish uchun, ularning issiqlikdan kengayish koeffitsiyentlarini aniqlash uchun olib boriladi:
1.Yuqori temperaturali rentgen jixozi URVT-1300. Unda namunani isitish apparatda oʻrnatilgan elektr pechi yordamida amalga oshadi. Bu jixoz Debay metodi yordamida polikristallik moddalarni vakuumda xona haroratidan to 1300oC gacha tekshirishga imkon beradi. Agar tajriba inert gazi yoki atmosferada olib borilsa, u xolda harorat 1100 oC koʻtarilishi mumkin;
2.Yuqori temperaturali rentgen jixozi URVT-1500. Bu apparat yordamida vakuumda tajribalarni 1500 oC gacha olib borsa boʻladi. Tajriba xavo yoki inert gazi atmosferasida olib borilsa, u xolda harorat 1200 oC gacha koʻtarilishi mumkin.
Rentgenografik analizni past haroratda ham olib borish mumkin:
1.DRON-1, URS-50IM apparatlariga past haroratli koʻshimcha URNT-180 oʻrnatiladi. Bu pristavka yordamida tajribalarni minus 180 oC gacha olib borish tavsiya etiladi. Namuna sifatida kukun yoki shlifdan foydalaniladi. Namunani sovitish azot parlari xisobiga boʻladi;
2.DRON-1 ga KRN-190 pristavkasini ham oʻrnatib tajribalarni minus 190 oC gacha oʻtkazish mumkin. Namunalar bu jixozda vakuumda issiqlik kontakti ximsobiga soviydi. DRON-seriyali apparatlar: DRON-1, DRON-1,5, DRON-2, DRON-4, DRON-UM1-0,1 va xokazo. Rentgen difraktometri umumiy vazifalarni bajarishga moʻljallangan boʻlib, u ionizatsion shaklni elektron xisoblash mashinalariga ulangan perfolentaga ham tushurishi mumkin. Bunday apparatlar yuqori unumdorlikka ega. Rentgen trubkasidagi maksimal kuchlanish 50 kV, maksimal tok esa 60 mA.
Adabiyotda DRMk-2.0–koʻp kanalli maxsus rentgen difraktometri, DRD-4- distansion boshqariladigan rentgen difraktometri, DARM-2.0 – EXM dasturiga moʻljallangan avtomatik rentgen difraktometri, ARS-4 – strukturaviy tekshirishga moʻljallangan portativ rentgen apparati, MARS-1 va MARS-2 – stukturaviy analizga moʻljallangan koʻp fokusli rentgen apparati va boshqa-lar borligi va ularning ishlash prinsiplari yoritilgan. DRON va URS larga URNT-180, KRN-190 oʻrnatilsa past haroratda ish olib borish mumkin. Yuqori haroratda URVT-1300 va URVT-1500 lar qoʻllaniladi.
Tibbiyotda qoʻllaniladigan rentgen uskunalari. Ular uch sinfga ajralgan:
1.Rossiyada chiqarilgan Rum-20 va Rentgen-50, Germaniyada chiqarilgan Tur-D-701 va Tur-D-1001, Chexiya va Slovakiyada yaratilgan Durolyuks va Vengriyada chiqarilgan YeDR-750 apparatlari. Ular uch fazali olti yarim oʻtkazgich toʻgʻrilaguvchilarga ega boʻlib, maksimal yuqori kuchlanishi 125-150 kV, anod toki esa 600 dan 800 mA gachadir. Bunday apparatlar yuqori darajada avtomatlashgan universal shtativ, televizor priyomnigi, kino va flyuorograf kamerasi bilan taʼminlangan.
2.Rossiyaning Rum-10 va Rum-22, Chexiya va Slovakiyaning Xirodur-125 va Megameta-125, Vengriyaning Diagnomaks-125 va Neodiagnomaks-125 apparatlari. Bu sinf apparatlari bir fazali va ikki yarim oʻtkazgich toʻgʻrilovchi sistemasiga ega boʻlib, kuchlanishi 125-150 kV va toki 400-500 mA.
3.Rossiyaning Rentgen-30, Urd-D-110 va Rum-5, Germaniyaning Tur-D-350, Chexiya va Slovakiyaning Durameta apparatlari. Ular kam quvvatli, yuqori kuchlanishi 125 kV va anod toki 125-300 mA ga teng. Ular 220 va 380 V elektr tarmoqlari uchun chiqarilgan.



Download 200.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling