Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar
Fotousulning rentgen kameralari
Download 200.46 Kb.
|
рентген аппаратлари турлари
Fotousulning rentgen kameralari.
Tekshirilayotgan kristall moddasidan qaytgan rentgen nurlarini dif-raksion maksimumlarini fotoplyonkada qayd qilish uchun xizmat qiluvchi qurilmalar rentgen kameralari deb ataladi. Bunday kameralar difraksion maksimumlarni fotoplenkada qayd qilish uchun xizmat qiladi. Kameralar farqlanadi: 1. Maxsus vazifali - alohida masalalarni yechish uchun-RKF-86 va boshqalar ishlatiladi; 2.Umumiy vazifali kameralar - koʻp masalalarni yechish uchun odatda Debay kamerasi - RKD va boshqalardan keng foydalaniladi. Ular koʻproq po-likristallar strukturasini oʻrganish uchun moʻljallangan. Kamera tiplari. Ularga quyidagilar kiradi: 1) RKD-57. Polikristallardan debayegramm suratini olish uchun. U fazoviy tahlil, disperlik darajasini aniqlash, qatlam yuzasi holatini aniqlashga xizmat qiladi. Diametri D-57,3 mm. Suratga olish burchak intervali 4-84C (43-rasm). Namuna shakli va oʻlchami, kamera konstruktiv shartlari: plastinka yoki yupqa silindr shaklda boʻlib, oʻlchamlari 10x12x5 mm ga teng. Aylanish: silindr namunani aylantirish mumkin. Plenka joylashishi - silindr yuzasi boʻyicha diametri 57,3 mm va balandligi 24 mm. RKD-57 kamerasining asosiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi: a) kollimator–bitta yoki bir nechta diafragmadan tashkil topgan boʻladi. Ular tushayotgan nurlar oqimining koʻp qismini tutib qoladi va ingichka nur oqimini oʻtkazishga xizmat qiladi; b) tubus-kollimatorning qarshisidagi teshikka oʻrnatilgan boʻlib, u dastlabki nurlarni silindr devoridan yoyilishining oldini olish uchun xizmat qiladi; v) kamera korpusi–rentgen plenkasi uchun kasseta vazifasini oʻtaydi. RKD – tipidagi rentgen kameralari 4o dan 84o gacha burchak ostida qaytgan nurlarni qayt qilishga imkon beradi. Plenka kamera korpusining ichki qismiga zich joylashib qolishi uchun xalqasimon prujinalar yordamida qotirib quyiladi. Rentgen kamerasiga rentgen plyonkasi qoʻyish chogʻida undan kollimator va tubus olib turiladi. Plyonka joylashtirilib maxkamlangach kameraning qopqogʻi vintlar yordamida berkitiladi. Shundan keyin kamera rentgen appara-tiga – nur tushish yoʻliga joylanadi. Kamerada rentgen nurlarini qayd qilish vaqti turlicha boʻlib, u tushayotgan nurlarning intensivligi, tekshirilayotgan modda strukturasi va boshqa holatlarga bogʻliq. Xozirgi kunda silindrik rentgen kameralarida rentgenog-ramma olishning uch xil usuli mavjud. RKF-86. Debayegramm sʼemkasi uchun moʻljallangan. Fokslovchi, polikristallarni pritsizion reshetkasi periodini aniqlash uchun. D-85,95 mm, rasmga olish=60-88o,16x16 mm oʻlchamdagi kartonga yopishtirilgan kukun va kameraning silindr yuzasi boʻyicha aylanmaydi, silindr yuzasi boʻyicha plenka yoyiladi. KROS - debayegramm olish uchun. Qarshi sʼemka uchun. Polikristall pan-jarasi oʻlchamlarini pretsizion aniqlash, strukturasining mukammallik darajasi, kasseta yuzasi oraligʻidan 25-100 mm li namuna yuzasigacha, =54-85o. Namuna yassi 50x60x25 mm gacha oʻlchamda, aylanishi mumkin, 150 mm diametrli bogʻda perpindikulyar holatda kaseta yuzasiga sʼyomka qilinadi. RKE - debayegramm olish uchun. Polikristallarning tajriba sʼyomkasi, =10-30o fazoviy analizda, 60-88o panjara parametrlarini aniqlash uchun, aylanma, namuna yassi shaklda, diametri 29 mm va balandligi h=10 mm. RKSO - monokristallar lauegrammasini olish uchun, aylanish yoʻq, kristallarning simmetriyasini polixromatik nurlanishda sʼemka qilish va ularni oriyentirovkasini aniqlash uchun. Kameraning optik markazidan plenkagacha boʻlgan masofa 40 mm; =2-30oS va 60-87oS. Namuna shakli - ixtiyoriy. Kassetalar 120x100 mm da toʻgʻri va 100x80 mm qarshi sʼemkada. RKV-86. Monokristall sʼyomkasi uchun moʻljallangan. Lauegramm aylanish bilan, kamera diametri 86 mm, namuna shakli-ixtiyoriy, =4-80o. RKU-86,RKU-95 va RKU-114. Ular debayegramm olish uchun, fazoviy tahlil, monokristallar zanjiri periodini aniqlash uchun xizmat qiladilar. =4-85o, aylanish bilan va aylanishsiz plenka silindr yuzasi boʻyicha. KFOR - qayta panjarali fotografiya kamerasi, namuna shakli - ixtiyoriy, sʼemka yassi kassetada, kerak boʻlsa - aylanishi mumkin. KMPS-vakuum kamerasi. Sʼyomkani qayd etuvchi monoxromator fazoviy tahlil, polikristall panjarasini aniqlash uchun. D=171,9 mm yoki 57,3 mm; =12-89o katta kamerada; =3-30o va 60-87o kichik kamerada. Kukun kartonga yopishtirilgan, koʻzgʻalmas. KRS- rentgenografik topografiya uchun monokristallar strukturasining haqikiy darajani tekshirish uchun xizmat qiladi. Monokristall, namuna ulchamlari 20x10x0,5 mm dan 60x20x10 mm gacha. Yuqoridagi 43-rasmda RKD-57 kamerasi misolida kameralarning muhim bogʻlarini koʻrib chiqamiz.Kamera quyidagi asosiy detallardan tashkil topgan: 1) Kameraning asosi va korpusi. Uchburchak shaklidagi 1 asos uchta vint yordamida oʻrnatiladi, bunda ba-landlik boʻyicha kamera balandligi boshqariladi. Kameraning silindrlik korpusi 2 ning ikkita qopqogʻi bor. Qopqoq 3 korpusga mahkamlangan va 4 qopqoq esa olinishi mumkin. 2) Birlamchi nur bogʻlarini chegaralovchi kollimator 5. Kollimator bir nechta dumaloq yoki yoriqli diafragmmalardan tashkil topgan. 3) Birlamchi nur bogʻining yoritishidan plenkani himoya qiladi- 6. 4) Namunani ushlab turuvchi 7 va markazlashtiruvchi moslama 8. Namunani ushlab turuvchi oʻqli fazali konussimon boshchadan yoki stolikdan iborat boʻlib, unga namuna ustun yoki simlar shaklida qoʻyiladi. Namunani kamera oʻqi boʻyicha markazlashtirish uchta qisib turuvchi vintlar orqali amalga oshiriladi. Takomillashgan modellarda esa – konussi-mon boshchani magnitga joylashtirish bilan amalga oshiriladi. Download 200.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling