Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar


Fotousul ishlari uchun moʻljallangan apparatlarda rentgenogramma olish usullari


Download 200.46 Kb.
bet7/9
Sana12.03.2023
Hajmi200.46 Kb.
#1261930
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
рентген аппаратлари турлари

Fotousul ishlari uchun moʻljallangan apparatlarda rentgenogramma olish usullari.
Oldingi boʻlimlarda rentgenografiya usulining nazariy va amaliy asoslari hamda ishlatiladigan apparatlari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻldik. Bu boʻlimda yana bir amaliy ish - rentgenogramma olish usullari bilan yaqindan tanishiladi.
Rentgenografik tahlil imkoniyatlari cheksiz. Usul juda koʻp afzal-liklarga ega, lekin kamchiliklardan ham holi emas. Quyidagi shu va shunga oʻxshash muammolar haqida fikr yuritiladi.
1) Qoʻzgʻalmas monokristall obʼektda lauegramm olish usuli. Lauegramm monokristalning sifati, uning kristall strukturasini takomilligi, unda ikkiyoqlama yoki qonuniyatsiz oʻsishlar borligi, rentgen nurlari yoʻnalishida kristall simmetriyalarini baholashga imkon beradi, lekin bu usul boʻyicha elementar yacheyka oʻlchamlarini aniqlash qiyin. Bu maqsad uchun aniq kristallografik yoʻnalish atrofida monokristallni aylantirish va tebranish usullari ishlatiladi. Bunda monoxromatik nurlanishga tasvir qilishdagi takroriy davr aniqlanadi (47-rasm).
2) Monokristall rentgenogrammasini aylanma yoki tebranish orqali olish usuli. Bu usulda 0,2-0,4 mm dan katta boʻlmagan oʻlchamdagi mayda monokristallar ishlatiladi (48 va 49 rasmlar).
Usul panjara yoki kristallar simmetriyasi periodini aniqlashda qoʻllaniladi. Plyonka yoki plastinkadagi yoritilgan nuqtalarning intensivligi boʻyicha, birikmalarning atomlarini joylashishi, elementar yacheykasi va oʻlchamlari haqida xulosa qilinadi.
Bu parametrlarni aniqlashning toʻgʻridan-toʻgʻri usuli boʻlib, elektron zichlik proyeksiyasini chizish usuli hamdir. Bunda elementar yacheyka (yoki uning qismi)da atomlarning joylashishi proyeksiyasi yuzaga keladi.
Nurlanishni monoxromatlashtirish uchun differinsial filtr yoki Ross filtri ishlatiladi

47-rasm. Kristalldan difraksion koʻrinishni olishning birinchi tari-xiy usuli: 1-katod; 2-antikatod; 3-darchalar; 4-kristall oʻrnatilgan goniomet-rik bosh; 5-yassi plenkali kasseta.



48-rasm. Aylanayotgan monokristall tasvirini olish sxemasi: F-plenka; K – aylanayotgan kristall; S – aylanish podstavkasi; B - dogʻ; A – dogʻ

49-rasm. «S» oʻqi atrofida berill monokristallining aylanma rentgeno- grammasi.
3) Kukun usulida debayegramm olish usuli (Debay-Shererning kukun usuli). Oldingi ikki usul, yaʼni qoʻzgʻalmas va aylanayotgan kristallning laue-grammasini olish uchun yirik monokristallar kerak boʻladi. Holbuki ularni olish har doim ham mumkin emas. Aksincha,kukun usulida tekshirishda juda mayda kristall kukunlar bilan cheklanish imkoniyati bor (50 va 52-rasm).

Bu usulning afzalliklari:


a) mayda kristall kukuni bilan ishlash mumkin;
b) tekshirishga moʻljallangan materialni tayyorlash oddiyligi;
v) tajriba oʻtkazishni oddiyligi.
Kamchiliklari:
a) birmuncha kichik aniqlik bilan xarakterlanadi;
b) struktura hisobini murakkabligi;
v) rentgenogrammada liniyalarning tarqoqligi.
Tasvir olish tartibi: kameradagi fotoplenka silindrik shaklga ega: Trubkadan monoxromatik nur bogʻlari tirqish orqali diafragma (kollimator) ga tushadi. Yopishuvchi modda bilan nozik sterjen yoki selluloidli trubkaga qoʻyilgan namuna - mayda kukunga tushadi. Namunaga nurning tushishi tubus yordamida yorituvchi ekranda nazorat etiladi.
Tekshirilayotgan moddada baʼzi kristallar mutlaqo tartibsiz joylashgan, ular orasida har doim Bregg-Vulf shartiga javob beruvchi nur qaytarish yuzasida joylashgan kristallar bor. Shuning uchun namunali stolni aylantirish shart emas va fotografik plenkada markaziy dogʻlar bilan polosa qatori hosil boʻladi. Bunday holatga qarab ushbu kristall moddaning xarakterli konstantlarini hisoblash mumkin.
Bu usul namunalarini tekshirishga tayyorlash. Ular quyidagicha amalga oshiriladi:
1) Havoda oʻzgaruvchan namunalarni tayyorlash. Agar modda gigroskopik boʻlsa va havo kislorodi bilan reaksiyaga kirishsa.
“Pireks” yoki “getan” shishalari (ular rentgen nurlarini kam yutadi)dan nozik kapillyar olinadi, u oldindan kukun holatigacha maydalangan boʻladi.

50-rasm. Kukun usulida debayegramma olishning sxematik koʻrinishi: 1-rentgen trubkasi; 2-darcha; 3-namunani saqlovchi qurilma, 4-namunani aylan-tirish mexanizmi; 5-fotoplenka; 6-yorituvchi ekran tubusi bilan; 7-namuna; 8-koʻrgʻoshinli diafragma (kollimator).
51-rasm. Toʻgʻridan-toʻgʻri tasvir olish usuli plyonkasining koʻrinishi

52-rasm. Kukun usulida debayegramma olish kamerasining koʻrinishi: 1-rentgen nuri; 2-kollimator; 3-plenka chekkalari; 4-plenka; 5-nurlanuvchi ekran tubusi.

53-rasm. Silindrik kamerada qayta tasvir tushirishning koʻrinishi

54-rasm. Qayta tasvir usuli silindrik kamerasi koʻrinishi: 1-rentgen nuri; 2-plenka oxirlari va 3-plenka.
Keyin maxsus vosk va kanifol aralashmasi yordamida yopishtiriladi yoki surtiladi. Kapilyar diametri d=0,7 mm atrofida, qalinligi uni barmoq bilan yengil bosilganda sinuvchan boʻlishi kerak.
Katta diametrda esa keng diafragmalar qoʻllash lozim, u tasvirlarni fonini oshiradi va umuman rentgenogramma sifatini kamaytiradi.
2. Havoda oʻzgarmaydigan namunalarni tayyorlash. Yaxshi maydalangan kukunni kley (rezina kleyi yoki saponlak) bilan qorishtirib aralashma tayyorlanadi. Keyingi nozik tola (d= 0,05-0,1 mm) kesiladi va tola quriga-nida egilmasligi uchun kley kam boʻlishi kerak.
Kukun usulida debayegramm olish usulining turlari:
a) Toʻgʻridan-toʻgʻri tasvir olish.Silindrik kameradagi plenkaning tugallangan qismi kollimatorning kirish teshigiga mos keladi. Liniyalar burchak oʻsish tartibida K plenka oʻrtasidan uning chekkalariga taqsimlanadi. Simmet-riya chiziqlarini orasida masofa 2L boʻlib,burchak 4  orqali aniqlanadi (51-rasm).
2 Li = 4 i R ёки градусли ўлчамда
2 Li = 2 R/360 4 i
бу ердан Q=2Li.57,3/2D ;
R-камера радиуси ва D-камера диаметри
b) Silindrik kameradagi qayta tasvir. Plenkaning tugagan qismi kamera diametriga mos keladi. U rentgen nurlariga perpundikulyar boʻladi (53- va 54-rasm).
Liniyalar burchak  oʻsish tartibi boʻyicha rentgenogrammaning chekkasidan oʻrta qismiga kirish va chiqish teshiklaridan tarqaladi.
Simmetriya chiziqlari 2L’ aylanma yoyga tengligi (360o-4) hisobga olingan holda burchagi topiladi:
2L’i=(2 -4)R
Bu holatda 2L va 2L’ bir-biriga bogʻlanganligi quyidagi tenglik bilan ifodalanadi:
2Li =D- 2Li.
Shunday qilib, tenglama quyidagi koʻrinishga oʻtadi:
Qi= 2Li 57,3 / 2D= (D-2L’i) 57,3 / 2D
v) Silindrik kamerada asimmetrik tasvir olish. Bu usulda plenkalar chekkasi rentgen nuriga perpendikulyar kamera diametriga mos keladi (55- va 56-rasm).
Liniyalar joylashishi burchakning oʻsishiga bogʻliq. Ular rentgeno-grammaning oʻrta qismidan chiqish - kirish darchalari tomon siljigan. Plen-kani bunday joylashishi plenka oʻlchamlarini fotografiya vaqtida oʻzgarishi, kameraning effektiv- Def. diametri yoki, 1 mm plenkaning graduslardagi haqiqiy bahosini hisobga olish imkonini beradi.
Kamera diametri D ef.= Н+ В /.
2) silindrik kamerada shlif tasvirini hosil qilish. Bunda quyidagilarga qatʼiy rioya qilish zarur:
a) namuna qiya joylashgan:  =L57,3 / D;
b) namuna rentgen bogʻiga perpendikulyar joylashgan:
i=(D - 2 L’i. 57,3 / 2D
v) Aksial silindr kamerada tasvir olish. Bu usulda kamera va namuna joylashishi hamda rentgen nuri yoʻnalishi quyidagicha boʻladi (57-rasm):
Bunday tasvir debay halqa atrofidagi difragirovan nurlanishning tarqalish intensivligini tahlil etish uchun muhimdir. Masalan, moddalarning teksturasini tekshirishda. Yaxshi natijalarni  kichik burchagi tomonidan tahlil qilish beradi.
g) Yassi plenkaga tasvir tushirish. U oʻz navbatida ikki xil boʻladi (58- rasm):
1) nur oʻtishida toʻgʻridan-toʻgʻri tasvir hosil qilish;
2) nur qaytishida tasvir tushirish.

55-rasm. Plenkadagi asimmetrik tasvir.

56-rasm. Asimmetrik tasvir usuli kamerasi: 1-rentgen nuri; 2-kamera; 3-plenka.

57-rasm. Aksial silindrik kamerada tasvir hosil qilish sxemasi: 1-rentgen nuri; 2-namuna; 3-aylanuvchan mexanizm; 4-aksial kamera; 5-plenka.

58-rasm. Yassi plenkaga tasvir tushirishda rentgen nuri yoʻnalishi, namuna va plenkalarni joylash sxemalari: 1-nur oʻtishiga asoslangan; 2-nur qaytishiga asoslangan.



Download 200.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling