Rentgenografiyada qoʻllaniladigan asosiy uskunalar


Rentgenografik tahlildan foydalanish imkoniyatlari


Download 200.46 Kb.
bet9/9
Sana12.03.2023
Hajmi200.46 Kb.
#1261930
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
рентген аппаратлари турлари

Rentgenografik tahlildan foydalanish imkoniyatlari.
Usulni qoʻllashni amaliy imkoniyatlari juda katta. Quyida ulardan asosiylari keltiriladi:
1. Tabiiy va sunʼiy minerallar va kimyoviy birikmalarning diagnostikasi uchun (kimyogar, kristallokimyogar, kristallograf, geokimyogar, geolog, geofizik, fizik, metallurg, optik va boshqalar tomonidan):
a) Minerallar turini aniqlash (slyuda, piroksen, dala shpati, granat, kvars, alunit, melilit, vollastonit, mullit, titanat, karbonat, sulfat va boshqalar);
b) Bir turli minerallarni turli tiplarini aniqlash (biotit, flogonit, muskovit; natriyli -, kaliyli- va kalsiyli dala shpatlari; kaolinit, gal-luazit va boshqa tuproq minerallari);
v) Struktura turlarini aniqlash (dala shpatining monoklin yoki triklin shakli, piroksenlarning monoklin va boshqa turlari, nefelinning rombik va geksagonal shakllari va xokazo);
g) Mineral tarkibini sifat va miqdoriy baholash (ion oʻlchamlari va boshqalarga bogʻliq xolda).
2. Struktura tahlili uchun:
a) Moddalarning simmetriyalarini aniqlash;
b) Simmetriya fazoviy gruppalarini-elementar yacheykada molekula, ion, atomlarni simmetrik joylashishi;
v) Elementar yacheyka oʻlchamlari – parametralar: a, b va s; burchaklar: α, β va γ qiymatlari;
g) Panjaradagi atom, ionlarning koordinati va atomlar orasidagi masofa;
d) Moddaning kristallik strukturasini bayoni, strukturani tashqil qiluvchi atomlar orasidagi masofa, koordinatsion raqam va boshqalar.
3. Aniqlash uchun:
a) Moddaning monokristalligi - monokristalni strukturaviy yetukligi, qoʻshaloqlarning mavjudligi, oʻlchami, sifati va boshqa diagnostik parame-
tarlarini baholash imkoni;
b) Moddaning polikristalligi – polikristallar kimyoviy tarkibi, polikristall zarrachalari oʻlchami va xokazo.
4. Mineral strukturasidagi u yoki bu elementlar va ularning shaklini aniqlash - mineral, rudadagi qoʻshilma (izomorf, mexanik) larning qanday aralashmaligi va eruvchanligini oʻrganish uchun.
5. Togʻ jinslari va rudalarini sifati va miqdorini fazoviy rent-genografik tahlili.
6. Minerallarning dispersligi va kristallarining kattaliklarini baholash.
7. Minerallar strukturalari tuzilishi, nuqsonlar-Shotki, Frenkel noaniqliklari va dislokatsiyalarni baholash.
8. Mineralni teksturalarini aniqlash.
9. Rentgenoamorf va kolloid minerallarni oʻrganish;
10. Minerallarning barqarorligi va turli taʼsirlardan fazoviy oʻzgarishini oʻrganish;
11. Zichlik, issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti, Kyuri nuqtasi, qattiq eritmalarning idealligi yoki defekt strukturaga ega ekanligi kabi fizik xossa - xususiyatlarini aniqlash;
12. Xona haroratidan 1500oC li harorat taʼsirida roʻy beruvchi fizik-kimyoviy oʻzgarishlarni aniqlash;
13. Minus 190oC gacha tadqiqotlar olib borish, sovuqlik taʼsirida roʻy bergan oʻzgarishlarni aniqlash;
14. Rentgenografik tahlilni xavo sharoitida olib borish va olingan natijalar turgʻunligini taʼminlash;
15. Rentgenografik tahlilni yuqori bosim ostida maxsus kameralardan foydalangan xolda olib borish;
16. Shisha, kanifol, gudron kabi noorganik va organik moddalarni ki-chik rentgen burchaklari ostida tekshirish va ularda bor boʻlgan fragmentlar-ni aniqlash;
Download 200.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling