ResearchGate


Download 0.49 Mb.
bet25/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Plastik deformatsiya ko‘chishlar (dislokatsiya) vujudga kelishi va siljishi bilan bog‘liq, u sirpanish va moslashish bilan amalga oshishi mumkin. Agar deformatsiya vaqtida zo‘riqish chekli qiymatiga yetsa, metall yemiriladi. Yemirilish ikki xil bo‘ladi: mo‘rt va qovushoq yemirilish.
Mo‘rt yemirilishda atomlararo bog‘lanishlar buziladi va plastik deformatsiya bo‘lmaydi. Odatda, mo‘rt yemirilish donlarning chekkalarida sodir bo‘ladi va sinish kristall xusu- siyatli bo‘ladi. Lekin sof mo‘rt yemirilish amalda uchramaydi.
Qovushoq yemirilish oldidan anchagina plastik deformatsiya sodir bo‘ladi. Sinish tolali bo‘ladi, chunki yemirilish donning butun sirti bo‘yicha sodir bo‘ladi. Metallning yemirilishi, ko‘- pincha, murakkab xususiyatga ega bo‘ladi.

  1. Qattiqlikni aniqlash

Qattiqlik deganda, metallarning plastik deformatsiyaga qarshilik ko‘rsatish xususiyati tushuniladi.
Qattiqlikni o‘lchash uslublarining keng tarqalganligi quyi­dagi sabablar bilan tushuntiriladi: buyumlar sifatiga tez baho berish mumkin, buyumlar yemirilmaydi va sirti buzilmaydi.
Qattiqlikni aniqlashning bosib kiritish, urgich bilan urib ko‘rish, tirnash usullari qo‘llaniladi.
Qattiqlikni Brinell usuli bilan o‘lchash
Qattiqlikni Brinell usuli bo‘yicha aniqlashda metallning yas- si yuzasiga o‘zgarmas yuklama bilan diametri 2,5; 5 va 10 mm bo‘lgan qattiq po‘lat zoldir botiriladi (19- rasm).
Sharcha orqali namunaga beriladigan yuklamaning sirtda sharcha qoldirgan sferik iz yuzasiga nisbati Brinell usuli bo‘yicha qattiqlik soni deyiladi. Brinell usuli bilan qattiqlik (HB)ni ushbu formuladan aniqlash mumkin:
2P
HB =

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling