ResearchGate


Download 0.49 Mb.
bet27/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
KS=W/F.
Bu yerda: F—namunaning sinashga qa- dar kesilgan joydagi ko‘ndalang kesim yuzi, m2, W — namunaning yemirili­shiga sarflangan ish, MJ.
Asosiy namuna sifatida I turdagi na- munalarni sinashda KC simvoliga ke-
sikning millimetr hisobidagi chuqurligini (KC3, KC5), IV tur- dagilarni sinashda — kesikning ochilish burchagini ko‘rsatuvchi,

  • turdagilarni sinashda „t“ indeksi (KCnt) qo‘shiladi. Zarbiy qovushoqlik ikki tashkil etuvchidan tarkib topadi, chunki uni aniqlashda yemirilish darzlarining paydo bo‘lishi va kattalashuviga qarshilik o‘lchanadi:

KC = KSp.b.+KCt, bunda: KCpb — darz paydo bo‘lishiga sarflangan ish; KCt — darzning tarqalishiga sarflangan ish.
Bu tashkil etuvchilar material tuzilmasining holatiga va ko‘pgina tashqi omillarga turlicha bog‘liq bo‘ladi. Metallning mo‘rt yemirilish holatiga o‘tishi ko‘p jihatdan darzning kattalashishiga sarflangan ish bilan aniqlangani tufayli, zarb bilan sinashda KCt ni aniqlash yaxshiroq. KCt ish metallning boshlangan ye- mirilishiga qarshiligini tavsiflaydi va kesiklarning o‘tkirligiga kam bog‘liq bo‘ladi. KC lari teng bo‘lgan ikki xil materialdan KCt kattasi ishonchliroq bo‘ladi, demak, darzning tarqalishiga sarf­langan ish materialning ishonchliligini tavsiflaydi.
KC ni tashkil etuvchilarga ajratishning bir necha usullari bor. Namunalarning yemirilishi mo‘rt yoki qovushoq bo‘lishi mumkin. Mo‘rt yemirilish uzilish yo‘li bilan sodir bo‘ladi va bunda namuna sezilarli darajada plastik deformatsiyalanmaydi. Qovushoq yemi- rilishdan oldin kattagina plastik deformatsiya sodir bo‘ladi.
Mo‘rt yemirilish uchun xos xususiyat darzning katta tezlikda tarqalishi va uning tarqalishida plastik deformatsiyaning bo‘lmasligidir. Darz to‘plangan energiya tufayli harakatlanadi. Qovushoq yemirilish uchun xos xususiyat darzning tarqalish tezligi kichikligi va uning harakatlanishida anchagina plastik deformatsiya sodir bo‘lishidir. Yemirilishlar turlari singan joy- larni o‘rganish (fragtografiya) natijasida aniqlanadi.
Yemirilish xususiyatining o‘zgarishidagi harorat oralig‘i so- vuqlayin sinish bo‘sag‘asi yoki mo‘rtlikning kritik harorati deyiladi.
Ko‘pgina metall va qotishmalarda (birinchi navbatda, hajmiy-markazlashgan kubsimon va geksagonal panjaralilarda) harorat pasayishi bilan qovushoq yemirilishdan mo‘rt yemiri- lishga o‘tish kuzatiladi, bu hol zarbiy qovushoqlikning pasayi- shida va sinish xususiyatining o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Metallning tuzilish holatiga va mustahkamlik darajasiga qarab, mo‘rt yemirilishga o‘tish asta-sekin yoki keskin bo‘lishi mumkin.
Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asining yuqoriligi T va plastik Tp
chegaralari bo‘ladi. Bu haroratlar oralig‘ida qovushoq tolali sinishdan mo‘rt kristall sinishga o‘tish yuz beradi. Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asi, ko‘pincha, sinash haroratiga qarab aniq­lanadi, bunda singan joyda 50 % qovushoq tolali tashkil etuvchi T50 bo‘ladi. Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asi qancha yuqori bo‘lsa,
metallning mo‘rt yemirilishiga moyilligi shuncha katta bo‘ladi. Buyumlarni sovuqlayin sinish bo‘sag‘asidan yuqori haroratlarda ishlatish kerak, shunda mo‘rt yemirilish bo‘lmaydi.
Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asiga metall donlarining katta- kichikligi, kimyoviy tarkibi, masshtab omili (buyumning o‘l- chamlari), zo‘riqish to‘plagichlari, yuklanish tezligi va boshqa omillar ta’sir etadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling