Takrorlash uchun savollar
-
Metallar uchun kristall panjaralarning qaysi turlari xos?
-
Kristall tuzilish nuqsonlarini birma-bir aytib bering. Ular mus- tahkamlikka qanday ta’sir etadi?
-
Metallarning kristallanish jarayoni qanday sodir bo‘ladi?
-
Qotishmalardagi faza o‘zgarishlar haqida gapirib bering.
-
Metallarning qanday xossalarini bilasiz?
AMALIY TOPSHIRIQLAR VA ULARNI BAJARISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
-
Amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida rioya qilish lozim bo‘lgan xavfsizlik texnikasi qoidalarini o‘rganish
-
Laboratoriya xonasidagi jihozlar va dastgohlar bilan tanishish.
-
Jihoz va dastgohlarni ishlatish qoidalarini o‘rganish.
-
Xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish.
-
Metall va qotishmalarning makro va mikrotahlili
-
metallografik mikroskopning tuzilishi va ishlashini o‘rganish (Geyns va Bauman usullari):
-
metall namunalar va mikroshliflar tayyorlash;
-
metallarning siniq yuzalari ko‘z bilan qarab va lupalar yordamida tekshiriladi;
-
ma’lum usullar bilan metallardagi likvatsiya hodisasi aniqlanadi;
-
metallarning ichki tuzilishini o‘rganish uchun „mik- roshlif“ tayyorlash, metallografik mikroskop tuzi- lishini va uni ishlatishni o‘rganish:
-
o‘quvchilar mikroshlif tayyorlash metodikasini o‘r- ganib, ularni tayyorlaydilar;
-
metallografik mikroskopning tuzilishini, ishlash prin- sipini o‘rganib, tayyor mikroshlifni mikroskopga qo‘yib, ichki tuzilishini o‘rganish metodikasi bilan tanishadilar va hisobot yozadilar;
-
po‘latlarning ichki tuzilishini mikroskop yordamida o‘rganish (mikrotahlil):
-
tayyor mikroshliflarni mikroskopga qo‘yib (katta- lashtirish ixtiyoriy tanlanadi), po‘lat markasini, mexanik xossalarini, ishlatish sohasini aniqlab, jadval to‘ldiriladi;
-
cho‘yanlarning tuzilishini mikroskop yordamida o‘r- ganish:
-
laboratoriya ishi po‘latlarning ichki tuzilishini o‘rganish tartibida bajariladi;
-
cho‘yanlarning markalanishi ma’lumotnomadan olinadi va jadval to‘ldiriladi.
-
Metall va qotishmalarning qattiqligini aniqlash
Metallarning qattiqligini Brinell usulida aniqlash:
-
TSH—2M turidagi Brinell o‘lchov asbobi tagligiga tay- yorlangan va tayyor namuna komplekti qo‘yilib, ma’lum usul bilan sharcha namunaga botiriladi;
-
kuchlanish olingandan keyin lupa yordamida sharcha izining diametri aniqlanadi va Brinell bo‘yicha formula orqali qattiqlik hisoblab topiladi;
-
topilgan natija jadval bilan taqqoslab ko‘riladi.
-
Temir-uglerod qotishmalarining holat diagrammasini o‘rganish
-
laboratoriya ishini bajarish uchun o‘quvchilar qotish- malarning holat diagrammasini tuzishni bilishlari kerak;
-
Fe—Fe3S diagrammasi daftarga chizilib, ularning kritik nuqtalari, tarkibi va ulardagi o‘zgarishlarni, po‘lat va cho‘yan qismlarini, ularning kattaliklarini o‘rganib chi- qib, hisobot yoziladi.
-
Termik va kimyoviy termik ishlov berishning po‘lat xossalariga ta’sirini o‘rganish
-
metallarga termik ishlov berishni o‘rganish:
-
o‘quvchi ma’lum markali po‘latni olib, termik ishlash rejimlarini temir—uglerod holat diagrammalaridan aniqlab, mufel pechi ichiga joylashtiradi;
-
rejimlar bajarilgandan keyin buyum mufel pechi ichidan maxsus qisqich yordamida olinib, oldindan tay- yorlab qo‘yilgan suv yoki yog‘ solingan idishga bo- tiriladi va aylantirib turiladi, keyin bo‘shatiladi;
-
shu usulda termik ishlashning boshqa turlari bajariladi;
-
metallarga kimyoviy-termik ishlov berishni o‘rganish:
-
ishni bajarish uchun po‘lat namunalari mikrostrukturasi o‘rganilib, ularning qattiqligi o‘lchanadi va qattiq kar- burizatorda 920 °C haroratda 1 soat davomida semen- titlanib, birinchi oddiy termik ishlov beriladi;
-
shu tarzda namunadan mikroshliflar tayyorlanib, uning mikrostrukturasi tekshiriladi va Rokvell bo‘yicha qattiqligi aniqlanadi;
-
sementitlangan va sementitlanmagan po‘lat namuna- larining strukturalari hamda qattiqliklari o‘rganiladi va xulosa chiqariladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
Do'stlaringiz bilan baham: |