Respublihasi
bob. TELEVIDENIYE ASOSLARI
Download 1.09 Mb.
|
48236 (1)
bob. TELEVIDENIYE ASOSLARI6.1. Televideniyening axoxiy prinxiplari Televideniye atamasi ilk bor 1890-yilda paydo bo‘lgan, u “masofadan ko‘rish” ma'nosini anglatadi. Uni birinchi bor rus elektrik-muhandisi Perskiy Fransiyaning poytaxti Parijda o‘tkazilgan xalqaro kongressda “Elektron televideniye” deb nomlangan ma'ruzasida ishlatgan. Televideniye deb, fazoda joylashgan qo‘zg‘almas va harakatdagi jism tasvirlarini elektr aloqa vositalari yordamida real va o‘zgar- tirilgan vaqt masshtablarida uzatish va qabul qilish bilan shug‘ul- lanadigan zamonaviy radioelektronikaning sohasiga aytiladi. Televideniyening asosiy masalasi qabul qilish qurilmasidagi tasvirni uzatilgan obyektdagi tasviriga nechog‘lik yaqin bo‘lishligini ta'minlashdan iboratdir. Ushbu masala ko‘p funksiyali murakkab o‘zgartirish apparaturalar majmuasi, tasvirlarni uzatish, kodlash, dekodlash va tiklash (aks ettirish) va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘lgan axborotlarni qayta ishlash operatsiyalarini bajarilishini taqozo etadi. Televideniyening asosida uchta fizik jarayon yotadi: Yorug‘lik energiyasini elektr signallariga aylantirish. Elektr signallarini aloqa kanali orqali uzatish va qabul qilish. Qabul qilingan elektr signallarini optik signallariga aylantirish. Televizion tasvirning parametrlariga — koordinatalar, vaqt va yorug‘lik o‘zgarishlari kiradi. Koordinata parametrlari kadr formati, optimal ko‘rish uzoqligi, element bo‘lakchalari soni asosida tushuntiriladi. Vaqt parametrlari esa manba uzilishlarining kritik chastotasi, kadrlar chastotasidan iboratdir. Yorug‘lik parametrlariga eng yuqori yoritilganlik, kontrast, politonlar soni, yoritilganlik gradatsiyasi kiradi. Ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik to‘lqinlar diapazoni 380—760 nm oralig‘ida bo‘ladi. 6.1-rasmda ko‘rish egriligining tavsifnomasi keltirilgan. d)
b — linza yordamida ko‘rish; d — televideniye tizimi orqali ko‘rish. Inson tashqi dunyodan taxminan 85 foiz axborotni ko‘rish apparati yordamida oladi. .huning uchun ham tasvir axborotlarini masofaga uzatish muammosi bilan qator yillar davomida shug‘ullanib kelindi. .huni ta'kidlash joizki, o‘z davrida 11 ta mamlakat ixtirochilari 1,0 0,8
0,6 0,4
0,2 0,4 0,5 0,6 0,7 0,55
mkm Eng katta ko‘ruvchanlik 0,55 mkm to‘lqin uzunligiga — sariq-yashil rangga to‘g‘ri keladi. Chapda (ko‘k ranglar) va o‘ngda (qizil ranglar) sezgirlik kamayadi. tomonidan 25 ta elektromexanik televideniye tizimlarining loyihalari taklif etildi va sinovdan o‘tkazildi. Dastlabki davrda bir vaqtda va ketma-ket uzatuvchi televideniye tizimlari ko‘rib chiqilgan. Bir vaqtda uzatuvchi televideniye tizimlariga (birinchi 1985-yil amerikalik olim Dj. Kerri tomonidan taklif etilgan) fotoelementlar mozaikasiga tasvir nusxasi ko‘chi- rilgan bo‘lib, ularning har biri o‘z gazli razryad chiroqchalari bilan aloqa liniyalari orqali bog‘langan. Ushbu loyihada birinchi 6.1-rasm. Ko‘zning spektral sezgirligi (ko‘rish egriligi) tavsifnomasi. 6.2-rasmda obyektni ko‘rish turlarining ko‘rinishlari tasvirlangan. a)
b) marotaba tasvirni elementlarga ajratish taklif etilgan bo‘lib, bu esa zamonaviy televideniye tizimida mavjud elementlar bo‘yicha tahlillash prinsipini ro‘yobga chiqarishga olib kelgan. Bunday qurilmalarni amalga oshirishning iloji bo‘lmadi, buning sababi o‘sha davrda texnik imkoniyatlar yetarli darajada bo‘lmaganligi uchun ularning juda ko‘p aloqa liniyalarini bo‘lishligini talab qilganligidir. Ikkinchi asosiy prinsip, zamonaviy televideniye tizimining asosida yotgan har bir tasvir elementlari signallarini ketma-ket uzatilishini ta'minlashdir. Ketma-ketlik tizimi insonning ko‘rish apparatida mavjud inersiya xususiyatiga asoslangan, chunki inson ko‘zi nurlanayotgan yorug‘lik signallaridagi uzilishlarning chastotasi yuqoriligi hisobiga yorug‘lik manbasining o‘chib-yonishini ko‘rmaydi. Televideniye tizimlarini yaratish jarayonida barcha parametrlar insonning ko‘rish xususiyatlari bilan moslashtirilgan. Bizni o‘rab turgan va atrofimizdagi jismlar ma'lum bir yoritilganlikka va o‘ziga tushayotgan yorug‘lik nurlarini qaytarish yoki nurlantirish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli, obyektning turli qismlaridan qaytadigan yorug‘lik nurlarning oqimi ham turlichadir. .hunday qilib, obyektning tasvirini aniq uzatish uchun bizlarga uning elementar qismlari bo‘yicha ko‘p axborotlarni uzatish lozim bo‘ladi. Bunda elementar oqimning jadalligi va spektral tarkibi kuzatuvchining obyekt nuqtasidan qabul qilayotgan tasvirning yorug‘ligi va rangini, yo‘nalishini — fazodagi joylanishini ifodalaydi. .huning bilan birga kuzatuvchi atrof-muhitning chegaralangan qismini ko‘radi, ya'ni ko‘rish burchagi deb nomlangan fazo burchagi aniqlanadi. Obyektning har bir nuqtasi uch o‘lchamli fazoda joylashganligi sababli harakatlanish davomida va yoritilganlikni o‘zgartirishga qarab, har bir nuqtada yoritilganlik xarakteri va rangi o‘zgaradi, bu holda uzatishning obyektdagi matematik modeli ko‘p o‘lchamli fazo-vaqt funksiyasi hisoblanadi. Bunda yoritilganlikning taqsimoti L bilan, rangning toni esa Z va rang tozaligi p orqali belgilanadi. Umuman olganda, oq-qora televideniyeda biror-bir obyektning rangi to‘g‘risidagi ma'lumotlar quyidagi ifodalar yordamida aniqlanadi: L=f (x,y, ,t); yordamida uzatuvchi televizion kamerada joylashgan uzatuvchi trubkaga proyeksiyalanadi. Uzatuvchi trubkada optik tasvir elektron tasvirga, so‘ngra u tasvirni yoyish yordamida televizion signalga aylantiriladi va televizion kameradagi kuchaytirgich yordamida kuchaytirilib televizion kanalga uzatiladi. 6.S-rasm. Televizion tizimning tarkibiy sxemasi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling