Respublika bolalar kutubxonasi axborot-resurs markazlariga uslubiy
Download 143 Kb.
|
мактаб кутубхоначиси иш режаси1
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI AXBOROT-RESURS MARKAZLARIGA USLUBIY YORDAM KO‘RSATISH BO‘LIMI UMUMTA’LIM MUASSASALARI KUTUBXONACHISINING ISHINI REJALASHTIRISH YUZASIDAN USLUBIY TAVSIYANOMA TOSHKENT-2021 Mazkur tavsiyanoma Respublika bolalar kutubxonasining “Axborot-resurs markazlariga uslubiy yordam ko‘rsatish” bo‘limi va uslubiy kengashi a’zolari tomonidan tayyorlandi. Tuzuvchilar: SH.Narmatov - “Axborot-resurs markazlariga uslubiy yordam ko‘rsatish” bo‘limi boshlig‘i Kutubxonachining kasbiy mahoratining ko‘rsatkichlaridan biri - o‘z ishini aniq va malakali ravishda rejalashtirishdir. Agarda reja noto‘g‘ri tuzilsa, barcha komponentlar hisobga olinmasa, bu birinchi navbatda kutubxonaning kelajakdagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Rejalashtirishni qanday tashkil etish kerak? Avvalo maktabning ta’lim-tarbiya rejasining asosiy yo‘nalishlarini, joriy yildagi asosiy vazifalarni, kutubxona ularni amalga oshirishda qanday yordam berishi mumkinligini ko‘rib chiqishi kerak. O‘qituvchi va o‘quvchilarga yordam berishda qaysi usul va uslublarni qo‘llash yaxshi samara beradi. Ish reja tuzishdan oldin rahbar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va uslubiy kengash bilan asosiy faoliyat yo‘nalishlari muhokama qilinishi kerak. Rejalashtirilgan tadbirni tashkil qilishda nimalarga tayanishni bilish, mavzu bo‘yicha ish hajmini muhokama qilish, mutaxassislarning roziligi va qo‘llab-quvvatlashini aniqlashtirib olishi kerak. Rejani shakllantirishdagi chora-tadbirlar maktab faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak va mavhum jihatlar bo‘lmasligi kerak. Ushbu tavsiyanomada maktab kutubxonachilari uchun ish rejasini shakllantirilishida ahamiyat beriladigan jihatlar yuzasidan kerakli tavsiyalar berilgan bo‘lib, maktab kutubxonachilari hamda shu sohaga qiziquvchilar uchun foydalanishga tavsiya etiladi. Download 143 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling