Respublika bolalar kutubxonasi axborot-resurs markazlariga uslubiy


UMUMTA’LIM MUASSASALARI KUTUBXONACHISINING ISHINI REJALASHTIRISH


Download 143 Kb.
bet2/10
Sana25.01.2023
Hajmi143 Kb.
#1122643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
мактаб кутубхоначиси иш режаси1

UMUMTA’LIM MUASSASALARI KUTUBXONACHISINING ISHINI REJALASHTIRISH.


O‘z ishini mukammal va bexato rejalashtirish malakali kutubxonachi savodxonligining asosiy ko‘rsatkichidir.

Kutubxonachining kasbiy mahoratining ko‘rsatkichlaridan biri - o‘z ishini aniq va malakali ravishda rejalashtirishdir.


Agarda reja noto‘g‘ri tuzilsa, barcha komponentlar hisobga olinmasa, bu birinchi navbatda kutubxonaning kelajakdagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Reglamentda har bir kutubxonada direktor tomonidan tasdiqlangan o‘quv yili uchun ish rejasi bo‘lishi shart. Ushbu reja ta’lim muassasasining umumiy yillik rejasining bir qismidir.
Rejalashtirishni qanday tashkil etish kerak? Avvalo maktabning ta’lim-tarbiya rejasining asosiy yo‘nalishlarini, joriy yildagi asosiy vazifalarni, kutubxonalar tomonidan amalga oshirishda qanday yordam berishi mumkinligini ko‘rib chiqishi kerak. O‘qituvchi va o‘quvchilarga yordam berishda qaysi usul va uslublarni qo‘llash yaxshi samara beradi. Ish reja tuzishdan oldin rahbar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va uslubiy kengash bilan asosiy faoliyat yo‘nalishlari muhokama qilinishi kerak. Rejalashtirilgan tadbirni tashkil qilishda nimalarga tayanishni bilish, mavzu bo‘yicha ish hajmini muhokama qilish, mutaxassislarning roziligi va qo‘llab-quvvatlashini aniqlashtirib olishi kerak. Rejani shakllantirishdagi chora-tadbirlar maktab faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak va mavhum jihatlar bo‘lmasligi kerak.
Agar sizning maktabingiz o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa (ish tartibi, ayrim fanlarni o‘rganish), bu rejada aks ettirilishi kerak. Siz tomondan bu xususiyatlarni aniq ko‘rsatilib, chora-tadbirlar rejasida belgilab qo‘yish kerak. Masalan, maktabda o‘quv jarayoni necha smenada tashkil etilganligini qaysi fanlarga ixtisoslashganligini hisobga olishi kerak.
Keyingi bosqich – yo‘nalishlarni aniqlash, asosiy vazifa va maqsadlarni ish rejasida aks ettirishdir. 
Yilning muhim va unutilmas sanalari hisobga olinadi. Bunday taqvim tuzib chiqqaningizdan so‘ng, o‘quv yilida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan sanani belgilash, qaysi mavzular va ish shakllari bu mavzularni bolalarga ochib berishingizga yordam berishi haqida o‘ylang. Loyihadagi tanlangan mavzular borasida ish shakllarini tanlashingiz mumkin: kitob ko‘rgazmasi, tadbir, bayram, o‘yin.
O‘tgan yilgi rejani tahlil qilib chiqing: nimalar bajarilmay qolganligiga e’tibor qarating. Kelgusi yilda nima qilish kerakligini o‘ylab ko‘ring. Qanday ish uslublari qiziqarli va ommabopligiga e’tibor qarating.
Agar siz shahar, qishloq bolalar kutubxonasi bilan yaqindan hamkorlik qilsangiz, unda rejaning muayyan nuqtalarini, jamoaviy ishni to‘g‘ri tashkil etishni hisobga olishingiz kerak.
Kutubxona tomonidan o‘quv yili mobaynida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olish kerak: kutubxona ishlari, darsliklar bilan ishlash, yangi kitoblar, qarzdorlar bilan, faol o‘quvchilar bilan, yilning eng muhim tadbirlari...
Ishlarni oylarga taqsimlab olish kerak. Yilning muhim tadbirlari va juda muhim mavzulariga alohida rejalar tuzib chiqish kerak.
Endi esa dastlabki ishlarni amalga oshirib, o‘quv muassasasi kutubxonasining ish rejasini sxemasini belgilab olish kerak. Bu nimadan iborat?



Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling