REJALASHTIRISHNING ASOSIY PRINSIPLARI
Ilmiy asoslilik: kutubxonachilik ishi rivojlanishi tamoyillarini aniq o‘rganib chiqishni toqoza qiladi
Direktivlik: rejada belgilangan vazifalarning so‘zsiz bajarilishining muhimligi
Koordinatorlik: turli tashkilotlar bilan kutubxona o‘rtasida korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarni izlash.
Aniqlik: bajariladigan vazifalar mazmunining aniq va tushunarliligi, belgilangan vazifalar sanasi va ijrochi xodimning aniqligi.
REJALAR TURLARI
Perspektiv reja: 1-2 yo‘nalishdagi ishlarni o‘z ichiga olib, bir necha yillarga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Joriy reja: Aniq muddat va vazifalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ma’lum muddatga (oy, yil) ga tuziladi.
REJALARNING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA MAZMUN MOHIYATI
Perspektiv reja quyidagi: kutubxonani rivojlantirish va modernizatsiya qilish, kutubxonada mediateka tashkil etish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini kutubxonachilik sohasiga joriy etish, innovatsion muloqotlarni kutubxona amaliyotida qo‘llash, kutubxona va kutubxonada ijobiy ko‘rinishlarni shakllantirish, mustaqil kutubxona foydalanuvchilarini tarbiyalash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Joriy reja: kutubxona fondini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Bunda muassasa o‘quv qo‘llanmalari bilan kitob fondini shakllantirilishi yuzasidan:
fondning bibliografik modeli tuzilishi (buyurtmani shakllantirish ishlari);
kirim qilish, hisob-kitob ishlari va hujjatlar ustida ishlash (nakladnoylarni rasmiylashtirish, jamlama kitoblarni rasmiylashtirish, kartotekalarni rasmiylashtirish, elektron katologga qayd qilish va shtempellga joylashtirish);
hisob-kitob hujjatlarining yuritilishi;
foydalanuvchilarni o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |