Respublika bo’yicha yong‘inlar sodir bo’lishi va ularda ko’riladigan zararlar to’g’risida statik ma’lumotlar taxlili


Materiallarning yonish va portlash bo‘yicha tasnifi


Download 41.7 Kb.
bet4/9
Sana14.12.2022
Hajmi41.7 Kb.
#1003083
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
humoy18

Materiallarning yonish va portlash bo‘yicha tasnifi
Barcha qurilish materiallari yonish xususiyati bo‘yicha quyidagi uch turga bo‘linadi:
-yonmaydigan materiallar – tashqi yong‘in manbasi ta’sirida yonmaydi;
-qiyin yonuvchi materiallar – tashqi manba ta’sirida yonib, manba olingach mustaqil yonmaydi;
-уоnuvchi materiallar – tashqi yong‘in manban olingach, mustaqil yonish xususiyatiga ega bo‘ladi. Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug‘lanish natijasida portlovchi aralashma muhit hosil qiladi. Bundan tashqari ayrim changlarning havo bilan aralashmasi ham portlashga xavfli hisoblanadi.
UIar yonish va portlash xavfliligi bo‘yicha portlashga xavfli (aerozol holatida) hamda yonishga xavfli (aerogel) turlarga bo‘linadi va quyidagi to‘rt sinfga ajratiladi:
1-sinf – portlashga o‘ta xavfli changlar, alangalanishning pastki chegarasi – 15 g/m3.gacha bo‘lgan muhit;
2-sinf – alangalanishning eng pastki chegarasi 16 dan 65 g/m3 gacha bo‘lgan, portlashga xavfli muhit;
3-va 4-sinflar – alangalanishning pastki chegarasi 65 g/m3 dan yuqori bo‘lgan yonishga xavfli muhit. III sinfdagi changlarning alangalanish harorati 250oС, IV sinfga taalluqli changlarniki esa 250oС dan yuqori.
Yong‘inning oldini olish tizimi
Ishlab chiqarishni portlash, yonib-portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari.lshlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan materi- allarning yonish xususiyati bo‘yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi: А, В,D,E,F,G.
А kategoriya ishlab chiqarish, portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish bo‘lib, unga bug‘larining alangalanish harorati 28oС dan kam bo‘lgan va havo tarkibida 10% gacha portlashga xavfli havo yoki materiallar bo‘lgan hamda suv, kislorod, havo yoki o‘zaro ta’sirda alangalanuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarish kiradi.В kategoriya – portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish. Bunga bug‘larning alangalanish harorati 28 dan 61oС gacha bo‘lgan suyuqliklar, havo tarkibida 10% gacha portlashga xavfli siqilgan gaz, changlar bo‘lgan, shuningdek, 5% gacha pastki portlash miqdori Npv 65 g/m3 bo‘lgan changlar mavjud ishlab chiqarishlar kiradi.D.kategoriya – yonishga xavfli ishlab chiqarish, alangalanish harorati 61oС dan yuqori bo‘lgan suyuqliklar ishlatiladigan va Нрv 65 g/m3 miqdordagi yonuvchi chang, gazlar mavjud havo muhiti bo‘lgan, shuningdek, qattiq yonuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarish. D.kategoriya – yong‘inga xavfli ishlab chiqarish. Yonmaydigan materiallarga issiqlik yoki alanga ta’sirida ishlov berish qo‘llaniladigan ishlab chiqarish. F.kategoriya – yong‘inga va portlashga xavfsiz ishlab chiqarish. Bunda yonmaydigan materiallarga sovuq holatda ishlov beriladi (yig‘ish, ajratish, yuvish sexlari).
E.kategoriya – portlashga xavfli ishlab chiqarish. Yonuvchi gaz va bino hajmining 5% miqdorida portlashga moyil changlar bo‘lgan ishlab chiqarish. Bunday muhitda yong‘insiz portlash sodir bo‘lishi mumkin.

Download 41.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling