Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika oliy ta’lim tizimida talabalar bilimini baholash mezonlari
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Anvar Xo‘jaev, Singapur ta’lim tizimi: jahon maorifida etakchi brendga aylangan, Ma’rifat gazetasi,11.01.2019 2. Анвар Хўжаев, Сингапур таълим тизими: жаҳон маорифида етакчи брендга айланган, Маърифат газетаси,11.01.2019 3. PISA. http://www.education-medelle.com (Халкаро мониторинг тизимининг PISA дастури). Retrieved 18.09.2016. 4. Муталипова М.Ж. Қиёсий педагогика – Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти, 2016 й. Respublika oliy ta’lim tizimida talabalar bilimini baholash mezonlari Xayrullayev Dilshodbek Lutfillo o‘g‘li Termiz davlat Pedagogika Instituti talabasi Baholash deganda bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalonlar bilan solishtirishni tushunamiz. Baho deb esa baholashning ball shaklidagi son jihatdan ko‘rsatilgan o‘lchamiga aytiladi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi tog‘risidagi nizom 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775–son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi[35 B. 6]. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Oraliq nazorat semester davomida ishchi fan dasturing tegishli bobi tugagandan so‘ng talabaning bilimini baholash maqsadida amalga oshiriladi. Bu nazorat turi fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 marttagacha o‘tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turi, shakli va muddati fanga ajratilgan soat va fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi. Nazorat turi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va u kafedra tomonidan tasdiqlanadi. Talabaning amaliy, labaratoriya, semenar mashg‘ulotlari fan o‘qituvchisi tomonidan baholanadi. Talabani bu nazorat turi bo‘yicha baholashda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. Yakuniy nazorat turi semester yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan belgilanadi. Bu nazorat turi fakultet dekani yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi. Talabaning bilimini baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki 2 (qoniqarsiz) baho olgan talaba fandan akademik qarzdor hisoblanadi. Talaba uzurli sababga ko‘ra oraliq yoki yakuniy nazorat turiga kirmagan bo‘lsa qayta topshirish uchun fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 116 Darsning eng muhim bosqichlaridan biri - bu albatta baholashdir. Baholash jarayonida ko‘p hollarda o‘quvchi yoki talaba tomonidan noroziliklar yuzaga kelishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida o‘z–o‘zini baholash metodi juda ham qo‘l kelishi mumkin. Misol uchun darsda har bir darsda qatnashgan talabaga kartochka berib boriladi, dars so‘ngida esa kimda ko‘p kartochka bo‘lsa anashu talaba yaxshi ball bilan baholanadi va bu metod orqali kim qanday bahoga loyiqligi yaqqol barchaga namoyon bo‘ladi. Aqliy hujum metodidan foydalanish ham bir muncha foydali bo‘ladi, chunki bu metodda talaba yoki o‘quvchi tushungan yoki yod olgan bilimini hech qanday manbaalardan foydalanmagan holda to‘g‘ridan- to‘g‘ri bayon etadi. Talaba savollarga javob berishi uchun shu mavzuni o‘qib o‘rgangan bo‘lishi kerak albatta. Test nazorat turini ham birmuncha qulayliklari mavjud, misol uchun ko‘proq o‘quvchini bilimini baholashda bu usul qulay hisoblanadi va vaqt masalasida ham qo‘l kelishi mumkin, lekin bu usulda baholanayotgan talabaning yoki o‘quvchining bilim darajasi aniq baholanmasligi mumkin. Test savolida bilamizki javob variantlari ham beriladi va bu jarayonda taxminiy tanlanganda ham to‘g‘ri javob chiqib qolishi mumkin, bunday vaziyatda o‘quvchining bilimini aniq baholab bo‘lmaydi. Ta’lim- tarbiya jarayonida foydalaniladigan test topshirig‘lari to‘rt qiyinlik darajasi asosida tuzilishi lozim: a) Oson (reproduktiv); b) O‘rtacha qiyin (produktiv); c) Qiyin ( qisman-izlanish); d) Eng qiyin (kreativ); Test topshirig‘lari mantiqiy tuzulganligiga qarab induktiv va deduktiv bo‘lishi mumkin. Yozma ish orqali baholashni ham qulayliklari mavjud, bunda o‘quvchi, talaba biror mavzuga oid bilimlarini yozishi va b3u mavzuga misollar keltirishi kerak, bu talablarni bajarish uchun esa albatta mavzunu o‘qigan va mohiyatini tushungan bo‘lishi kerak, Baholash va qaysidir fanni o‘qitish fanning o‘zidan kelib chiqib o‘tiladi va baholanadi. Misol uchun matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilar soni kamroq bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylayman, chunki matematika fani boshqa fanlarga nisbatan murakkabroq va o‘quvchilar qiziqishi ham boshqa fanlarga nisbatan pastroq. O‘qituvchi avvalo o‘quvchini fanga qiziqtiraolishi va barcha o‘quvchilarni qamrab olishi kerak bo‘ladi. Buning uchun albatta vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olishi va barcha bilan ishlay olishi kerak.Matematika fanida bilim olish asosan poydevor asosida quriladi, ya’ni, birorta mavzuni yaxshi tushunmay keyingi mavzuga o‘tish yana bir noaniqlikni yani yana bir bilim olishga to‘siqni keltirib chiqaradi. O‘z- o‘zidan kelib chiqadiki yaxshi o‘zlashtirilmagan bilim yaxshi bo‘lmagan, qoniqarsiz baho olishga olib keladi. Qoniqarsiz baho olgan o‘quvchining fanga qiziqishi ham kamayib boradi. Xar bir o‘quv kursining ta’lim mazmuni tahlil qilish uchun quyidagi nazariy asaoga suyanish lozim[2 B. 1]. I.Y.Lerner tomonidan ta’lim mazmunining tarkibiy qisimlariga 1. Bilimlar(ilmiy tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar) 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 117 2. Faoliyat usullari(ko‘nikma va malaka) 3. Ijodiy faoliyat tajribalari 4. Qadriyatlar tizimi kiritilgan. Shuni qayd etish lozimki, o‘qituvchilar tomonidan talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun tayyorlangan test topshiriqlari shu kurs darsligida olingan bo‘lib, uning qiyinlik darajasi reproduktiv, ya’ni o‘quv materiali qayta ishlanmasdan, aqliy operasiyalar ishlanmasdan, hotirada saqlangan ma’lumotlar asosida javob qaytariladigan test topshirig‘lari sanaladi. Nazorat va talabalar bilimini baholashning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his–tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z–o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi deb sanaladi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling