Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish - ta’lim rivojining muhim omili
Адабиётлар:
1. Ангеловский К. Учителя и инновации / Книга для учителя. Пер. с макед. В.П. Диденко. –М.: Просвешение, 1991. - 158 с. 2. Громова М.Т. Технология образовательных процессов. – М.: Педагогика, 1992. – 106 с. 3. Джураев Р.Ҳ. Умумийўрта таълимдаинтегралашгантаълим-даврталаби. Республика илмий-амалийконференциясиматериаллари.Т:. 2007.294б. 4. Жўраев Р.Ҳ. Раҳимов Б.Х., Холматов Ш.Ф./Янги педагогик технологиялар.Муаммоли таълимга асосланган ўқув –методик қўлланма.-Т.: Фан, 2005.-66 б. Hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish - ta’lim rivojining muhim omili Ravshanov Mirjalol Faxriddin o‘g‘li Termiz davlat Pedagogika Instituti talabasi Hayot ko‘nikmasi haqida gapirilganda ko‘pchillik ongi zaxira tasavvurga vdalanishi mumkin. Shuning uchun ham dastlab bu tushuncha haqidagi turli qarashlarga to‘xtalib o‘tish lozim.Turk tili jamiyati hayot ko‘nikmalarini shunday ta’riflaydi: “Hayotiy ko‘nikma - hayotda biron bir faoliyatda muvaffaqiyatga erishish qobilyatining, tajriba va orttirilgan bilimlar asosidagi maqsad bilan moslashishidir. Orttirilgan hayot ko‘nikmalariinsonlarning shaxsiy qobilyatlari orasidagi eng muhimi hisoblanadi”. Jahon sog‘liqni saqlash jamiyatining ta’kidlashicha orttirilgan hayot ko‘nikmasi o‘zida juda ko‘pqobilyat va tajribalarni birlashtiradi va ular bir madaniyatdan boshqasiga turlicha ta’riflanadi. Hayot ko‘nikmasi haqida izlanuvchilar o‘rtasida turlicha qarashlar mavjud. Misol uchun WHO (1999) hayot ko‘nikmasi- qobilyatlar, amaliy hayotga moslashishi va yaxshi xulqning paydo bo‘lishi uchun imkon berishini aytadi. Moslashish va yaxshi xulq hosil qiluvchi qobilyatlar kundalik hayotning qiyinchiliklari va talablari bilan yaxshi natijali munosabatda bo‘lishga imkon beradi. Shunga o‘xshash Kennedy va Pearsonlar (2014) ham hayot ko‘nikmasi insonning kundalik hayot tarzini davom ettirish va o‘stirishda kerak bo‘ladigan qobilyat ekanligini ta’kidlashadi. WHO ning tasnificha hayot ko‘nikmasi o‘zida o‘nta qobilyatni jamlagan uchta kategoriyadan iborat. 1 – Kategoriya. Aloqa va kirishimlilik qobilyati: aloqa o‘rnata olish, munozaraga kirisha olish, ziddiyatli holatlarni boshqara olish qobilyati, hamjihatlik, hamkorlikda ishlash va qo‘llab quvvatlash. 2 – Kategoriya. Qaror qabul qilish va tanqidiy fikrlay olish: qaror qabul qila olish, muammoni yecha olish va tanqidiy fikrlay olish qobilyati. 3 –Kategoriya. O‘zini tutish va boshqara olish: ichki nazoratni rivojlantirish, his tuyg‘ularni va stressni boshqara olish. Uganda ta’lim dasturi asosida ham hayot ko‘nikmasi haqida 3 ta kategoriya mavjud bo‘lib bu kategoriyalar WHO ning kategoriyakari tasnifidan ma’lum ma’noda farq qiladi. Bu ikki kategoriyadagi farq mamlakatlar va dinlararo o‘ziga xoslikda kuzatiladi. 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 122 Quyida Uganda ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan hayot ko‘nikmasining 3 kategoriyasi keltiriladi. 1 – Kategoriya. Shaxsiy qiziqishlar: o‘ziga bo‘lgan yuqori hurmat, stress holatlarida o‘zini tuta olish, emotsiya va notiqlikning mavjudligi. 2- Kategoriya. Bilish qobilyati va atrof muhit bilan uyg‘unlikda yashash: kirishuvchanlik munosabati, do‘stonalikning shakllanishi, hamdardlik, munozara qila olish qobilyati,dushmanlik kayfiyatidan yiroq bo‘lgan ziddiyatlardagi qat’iylik, foydali aloqa o‘rnatish qobilyati. 3 – Kategoriya. To‘g‘ri va foydali qarorlar qabul qila olish :tanqidiy fikrlash, muammolarni yecha olish, ijodiy fikrlay olish. «Ta’lim dasturlarining mazmuni bolalarda hayot ko‘nikmasini rivojlantirish uchun bir yo‘l tashkil etishdir.»( Sharma, 2003; CCert, 2014, Chirva & Naido, 2014; Parvathy and Renjith, 2015) O‘qituvchilar ko‘p hollarda fan dasturlarida o‘quvchilar muammolariga yechim topish uchun hayot ko‘nikmalarini o‘qitishadi. Bu dasturdagi qismlar hayot ko‘nikmalari bilan bog‘langan fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda olib boriladi. Qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirilgan ta’lim dasturi quyidagicha: 1 - Bilim. a) yashash sharoiti va hayot tarzi; b) o‘quv materiallari va ulardagi o‘zgarishlar; c) turli ruhiy holatlar; d) dunyo va koinot. 2 - Qobilyat. a) ilmiy jarayonda yuzaga chiqadigan qobilyatlar; b) dunyoviy qobilyatlar. Bundan tashqari; tahliliy fikrlash, qaror qabul qilish, ijodiy fikrlash, aloqalar va jamoaviy ishlar ham hayotiy ko‘nikmaning qismlaridir. 3 - Ta’sir ko‘rsatuvchi tarmoqlar: munosabat, motivatsiya, hurmat, mas’ulyat. 4 – Fan, texnalogiya, jamiyat va muhit. Bular o‘z ichiga; - Jamoaviy mavzudagi fanlar va ularning tabiati. - Fan va texnalogiyadagi bog‘liqliklar. - Fanning jamiyat uchun qo‘shadigan hissasi. - Rivojlanishdagi keng yutuqlar. - Fan va kareradagi yutuqlar Tadqiqot asosi. Albatta, barcha o‘qituvchilar o‘zo‘quvchilarining yuqorida qayd etilgan qobilyatlarni o‘zlashtirishini xohlashadi. Jamiyat ham hayotning past balandini bila oladigan qobilyatli ishchilarga muhtoj.( Soran) Insonlarning turli sohalardagi muvaffaqiyatlari ulardan orttirilgan hayotiy bilimlarini samarali qo‘llashni talab etadi. Insonlardagi mavjud hayotiy ko‘nikmalar ma’lumotlarning qabul qilinishida faol rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, hayotiy ko‘nikmalar insonlarning shaxsiy qobilyatlari uchun ham javob beradi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi; o‘zini boshqara olish, ruhiy jihatdan kuchli bo‘lish, e’tiborli bo‘lish, o‘rganishga bo‘lgan kuchli xohish, diqqatni jamlay olish. Orttirilgan hayot ko‘nikmalari turli madaniyat normalaridan boshlanishi mumkin. Shu sababli har bir mamlakatni kuchaytiruvchiva rivojlantiruvchi o‘zining hayotiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling