3.2. Mexanizatsiyalashtirilgan kompleks yordamida qazib olish texnologiyasi
Qazib olish tizimining asosiy 7 ta guruhi mavjud bo‘lib, ularning har - biri o‘ziga xos ahamiyatga ega. Har – bir guruhning o‘z qo‘llanilish sharoitlari mavjud. Qazib olish yo‘nalishi, ruda tanasining yotish elementlari, cho‘ziqlik bo‘yicha shakllari, ruda tanasi qalinligi, qiyalik burchagi, qazish chuqurligi, atrof tog‘-jinsi mustahkamligi, kon-geologik, kon-texnik sharoitlari, massiv turg‘unlik ko‘rinishlari, ruda tanasi shakli, fizik-mexanik xususiyati, darzdorligi,foydali qazilmaga qo‘yilgan tannarx kabi omillarga tayanadi.
Foydali qazilma konlarini qazib olishda quyidagi talablarga rioya qilish shart:
Xavfsiz mehnat sharoitini yaratish; Mehnat unumdorligining texnikaviy – iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori darajada bo‘lishiga erishish, mahsulotni yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash, kapital qo‘yilmalarning yuqori samaradorligi va foydaliligi, rudani qazib olish va qayta ishlash jarayonida imkon darajasida foydali komponentalar kam yo‘qotilishiga, mahsulot tannarxining minimal o‘lchamda bo‘lishiga erishishdan iborat.
Rudnikning berilgan qazib chiqarish rejasini va ruda sifat ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishini ta’minlash.
Tavsiya etilgan qazib olish tizimi
Shaxta ikki qismga bo‘linadi: mavjud ishlab chiqarish qismida mavjud bo‘lgan 1-qazib olish seksiyasi; 2-yangi qazib olish seksiyasi. Ayni paytda, 2-seksiyada ko‘mir qazib olish tadqiqot ishlari hali etarli emas, ularni amalga oshirish uchun qo‘shimcha razvedka ishlarini amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shuning uchun qazib olish tizimi quyidagicha: birinchi navbatda 1- seksiya; keyingi o‘rinda 2-seksiya qazib olinadi. Kondagi ko‘mir qatlamlarining harakteristkalariga va ko‘mir qatlamining texnik sharoitlari va unumdorligidan kelib chiqib uzun ustunli qazib olish tizimi va shiftni to‘liq qo‘latish usuli taklif qilinadi.
Asosiy ko‘mir qatlamining o‘rtacha qalinligi 20 metr. Ushbu shaxtada gaz bo‘yicha xavfsiz, ko‘mir changlari portlovchi va o‘z-o‘zidan yonishga moyil.
Ko‘mirni qalinligini hisobga olib qatlamning pastki qismini kombayn yordamida, ko‘mirni yuqori qismini qulatish orqali qazib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |