Mustaqil ish berish va sifatini tahlil qilish (6 soat). Amaliy mashg‘ulot. Yog‘ochdan o‘yinchoq darboz yasash. Andozadan foydalanish. Rasmga qarab, xomashyo tanlash. Rejalash, o‘lchash, kesish, randalash, birlashtirish va uni bezash.
CHILANGARLIK
II bo‘lim (42 soat)
Kirish darsi (2 soat). Nazariy. Chilangarlik asbob uskunalari haqida tushuncha berish. Chilangarlik ustaxonasida ish jarayonida asbob va materiallardan foydalanish. Ustaxonada o‘zini tuta bilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
Amaliy mashg‘ulot.
Yupqa po‘lat simlar bilan ishlash (6 soat). Nazariy. Po‘lat simlar xususiyati va ular bilan ishlash vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilib ishlash. Mahsulotlarga texnik talablar.
Amaliy ish. Mahsulotlar: 1. Zanjir; 2. Vazacha.
Tunika bilan ishlash (10 soat). Nazariy.
Amaliy mashg‘ulot. Yasaladigan mahsulotlar: xokandoz yasash, konfet soladigan buyumlar yasash, kursicha yasash. Xomashyo: oq va qora tunikalar. Yupqa tunika tuzilishi va ularga ishlov berish. Tunika bilan ishlash vaqtida ish xavfsizligi qoidalari. Asbob anjomlar: tunika qaychi, dumoloq yuzli ombur, chizg‘ich, mayda egovlar.
Egov bilan mahsulotni pardozlash va qum qog‘oz bilan ishlov berish (8 soat). Nazariy.
Amaliy mashg‘ulot. Yasaladigan mahsulotlar: bolg‘alar, go‘niyalar.
O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash (14 soat)
Amaliy mashg‘ulot. Yasaladigan mahsulotlar: Bolg‘ani mustahkamlash uchun pona va parmani dastgoh asosidan chiqarish uchun moslama. Otash kurak, ombur qismlariga havo beriladigan pechda ishlov berish.
Mustaqil ish berish va uning sifatini tahlil qilish (2 soat). Amaliy mashg‘ulot. Shayba yasash. 5-3mmli tunika list. Tashqi o‘lchovi 28-30mm, ichki o‘lchovi 10-12mmli andoza yordamida rejalab belgilash.
KOSIBCHILIK
Do'stlaringiz bilan baham: |