Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


TEXNOLOGIYA (DURADGORLIK) FANI O‘QUV DASTURI


Download 1.22 Mb.
bet35/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

TEXNOLOGIYA (DURADGORLIK) FANI O‘QUV DASTURI
TUSHUNTIRISH XATI

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning (aqli zaif bolalar uchun) texnologiya fani o‘quvchilarni kasb-hunar bilimlari, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu fanning mazmuni va mohiyati o‘quvchilarda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, mustaqil amaliy faoliyatga tayyorlash hamda tarbiyalashga qaratiladi.


Mazkur maktab va maktab-internatlarning vazifasi o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashdan iboratdir. Shu sababli, ularni ta’lim-tarbiyasini rivojlantirish davrida bilish faoliyatiga alohida o‘rin va e’tibor beriladi. Bunda o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlari yordamida nuqsonlari kamayadi va qisman bartaraf etib boriladi. Bu vazifalarni hal qilishda pedagogik, tibbiy va texnik vositalar keng qo‘llaniladi.
Ushbu Ixtisoslashtirilgan muassasalarda berilayotgan bilimlarning murakkablik darajasi, ta’lim usullariga hamda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning psixologik imkoniyatlariga bog‘liqdir. Muassasalarda mehnat faoliyati sodda, tushunarli va ayrim mavzular ma’lum jihatdan qayta berilayotganligi sababli, o‘quvchilardagi sezgi organlarining samarali ishlashiga, fikrlash jarayoni va jismoniy rivojlanishiga yordam beradi. Shuning uchun ham mazkur muassasalarda mehnat ta’limining mazmun va usullarini belgilab berishda maxsus dasturlardan foydalaniladi va shu asosida darsliklar chop etiladi.
Mehnat jarayonining samaradorligi, mehnat gigiyenasiga rioya qilinishi, har bir o‘quvchiga individual yordam berilishi va ustaxonaning talab darajasida jihozlanishi o‘quvchilarning xulq-atvori va sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘qituvchi oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni darslik, texnologik xarita, ko‘rgazma, darslik, andoza, chizma va texnik rasmlar bilan ta’minlangan holda amalga oshiradi. O‘qituvchi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘quvchilar egallashi mumkin bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tashkil etadi.
O‘qituvchi tomonidan sinfda psixologik muhit yaratiladi, o‘quvchiga imkoniyat beradi, texnik bilimlar bilan shakllantiradi, kasb tanlashga yordamlashadi, yetarli darajada xomashyo va asbob-uskunalar bilan ta’minlaydi hamda o‘quvchining individual harakatini nazorat qiladi.
Ushbu muassasalarda mehnat faoliyati quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi:
og‘zaki, yozma va ko‘rgazmali;
o‘lchash, belgilash va kesish;
buyum yasash;
o‘z ishini nazorat qilish.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling