Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Yog‘ochlarni arralash (12 soat). Nazariy


Download 1.22 Mb.
bet38/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Yog‘ochlarni arralash (12 soat). Nazariy. Arra turlari. Arraning tuzilishi va ishlatilishi. Bo‘laklarni arralashda o‘quvchini ish o‘rni. Arra bilan ishlashda, xavfsizlik qoidalari.
Amaliy mashg‘ulot. Tomonlari teng to‘rtburchak shaklida qismlarni tayyorlash. Yog‘ochlarni o‘lchash va kesish. Yog‘ochlarni eniga arralash. Asboblar va moslamalar. Duradgorlik dastgohi va go‘niyaning tuzilishi. Porsi qolipda bo‘lakni eniga arralash. Porsi qolipda burchak qilib arralash. To‘rtburchak (chorqirra) yog‘och bo‘laklari. Ish jarayonida rejalash tartibi. Bo‘laklarni qumqog‘oz yordamida pardozlash. Buyumlarga rang berish va bo‘yash.
Dastgohda randa bilan ishlash (10 soat). Nazariy. Duradgorlik dastgohi va unig tuzilishi. Randa turlari, tuzilishi va ularni ishga tayyorlash. Bo‘laklarning eni, qalinligi va uzunligini chizg‘ichda o‘lchash tartibi. Dastgohning iskanjasiga bo‘lakni mahkamlab o‘rnatish. Randani to‘g‘ri tutish.
Amaliy mashg‘ulot. Yog‘och bo‘laklarini randalash. Yog‘och taxtalarning yo‘nalish tomonlari. Bo‘lak yuzasini aniqligini go‘niyada tekshirish. O‘quvchilarni mustaqil ravishda rejalashtirishlarini nazorat qilish. Bo‘laklarni randalashda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
Mix va burama mix yordamida biriktirish (4 soat). Nazariy. Biriktirish usullari (mix, burama mix va yelimlar). Mix va burama mix turlari. Ombur, bolg‘a va otvyortkani tuzilishi va ularni qo‘llash tartibi. Duradgorlik asboblardan to‘g‘ri foydalanish.
Amaliy mashg‘ulot. Yog‘och bo‘laklarni o‘lchash, arralash va ularni biriktirish. Bo‘laklarni bigiz asbobi yordamida belgilash. O‘lchamlarni aniqligini chizg‘ich yoki go‘niyada tekshirish. Biriktirishda texnika xavfsizlik qoidalariga e’tibor berish.
O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash (14 soat). Amaliy mashg‘ulot. O‘yinchoq mebellar yasash (xontaxta, stol va stul). Yog‘och taxtalardan buyumlar tayyorlash. O‘yinchoq kursi tayyorlash. Buyum qismlarining o‘lchamlari. Bo‘laklarni bigizda belgilash. Faner yoki yog‘och bo‘laklarni arralash. Bo‘laklarni bir-biriga moslashtirish, yig‘ish va aniqligini tekshirish. Bo‘lakni qumqog‘ozda jilvirlash. Texnika xavfsizlik qoidalariga e’tibor berish.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling