III bo‘lim (60 soat)
Kirish qismi (2 soat). Nazariy. 1-chorakka qo‘yilgan vazifalarni tanishtirish. Ustaxonadagi tartib-qoida va ish qurollarini holatini o‘rganish. O‘quvchilarga ish qurollarini saqlashni o‘rgatish, texnika xavfsizligi.
Yelimlash (10 soat). Nazariy. Elimlarni klassifikatsiyasi: tabiiy va sun’iy materiallardan tayyorlash. Elimlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi. Bajariladigan ishni rejalashtirish. Elimlarning fizik-mexanik xususiyatlari.
Amaliy. Ularni yopishqoqligi. Namunadagi detalga elimni bir tekis surtish. NT, 88 elimlarning poyafzal qismlariga surtilgandan keyin uni quritish muddati va texnika xavfsizligi.
Tabiiy charmli poyafzallarni tag podoshvasining mayda ta’mirlash ishlari (15 soat). Nazariy. Tabiiy charmning poyafzalni tag qismi uchun topografiyasi. Uning asosiy qismlari: cheprak, bo‘yin, o‘rqa oldi oyoq qismlari.
Amaliy. Ta’mirlanadigan poyafzalni qismlarini o‘rganish. Poyafzalni poshnasidagi yaroqsiznoboykani olib tashlash, elimini, mixini tozalash. Poshnani pardozlash. Roshnani andozasini tushirish. Noboyka materialini podoshvaga moslab tanlash. Naboykani poshna tagiga moslab, tenglashtirib, noboykani bichish va ishlov berish. Poyafzalni poshnasini tag qismini va noboykani orqa tomoniga elim surtish va quriitish. Naboykani poshna tagiga yopishtirib mix bilan qotirish. Poyafzalni poshna qismini tagi naboykasiga ishlov berish, silliqlash, bo‘yash. Texnika xavfsizligiga rioya qilish.
Oyoq va elektrda boshqariladigan tikuv mashinasi bilan tanishtirish (15 soat). Nazariy. “Podolsk”, “Chayka”, “Zinger” tikuv mashinalari va ularni vazifasi. Tikuv mashinasining asosiy memxanizmi: elektr tokida boshqariluvchi, ipni haydovchi, yo‘naltiruvchi va tortuvchi. Tikuv mashinasining moki va naychasi (g‘altagi), uning vazifasi.
Amaliy. Mokini moki uyasiga joylashtirish, Mokidagi ipni tashqariga chiqarish. Ipni tikuv mashinasi qismlaridan o‘tkazib joylashtirish. Tikuv mashinasining choklarini turlari: to‘g‘ri tikuv choki, buklama choklari, bezakli choklar. Tikuv mashinasida ishlash. Texnika xavfsizligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |