Indikatorlar rangiga taʻsiri.Monoaminomonokarbon va diaminodikarbon aminokislotalar indikator rangini oʻzgartirmaydi. Diaminomonokarbon aminokislotalar ishqoriy, monoaminodikarbon aminokislotalar kislotali tabiatga ega va shunga qarab indikator rangiga taʻsir koʻrsatadi.
Tuzlarning hosil boʻlishi.α-aminokislotalar bir vaqtning oʻzida asosli aminogruppa va kislotali karboksil gruppalarga ega. Shu sababli ham asoslar, ham kislotalar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi, yaʻni amfoter xususiyatga ega boʻlgan birikmalardir.
Ishlatilishi. Aminokislotalar organizm oqsilini hosil qilishda eng zarur moddalardir. Inson va hayvonlar bu moddalarni ovqatdagi oqsillar bilan birga iste`mol qiladi. Lekin
aminokislotalarning oʻzini toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilish ham mumkin. U juda holsizlangan bemorlarga beriladi, ogʻir operatsiyalardan soʻng bemorni ovqat oshqozon-ichak yoʻlidan oʻtkazmaydigan qilib ovqatlantirishda foydalaniladi. Aminokislotalar ba`zi kasalliklarni davolovchivosita sifatida (masalan, glutamin kislota asab kasalligini, gistidin oshqozon yarasi kasalligini davolashda) ishlatiladi.
Ba’zi aminokislotalar qishloq xoʻjaligida hayvonlarning oʻsishini normallashtirish uchun ular ovqatiga qoʻshib beriladi.
AMALIY MASHGʻULOTI. AMINOKISLOTALAR
XOSSALARIGA OID TAJRIBALAR.
Maqsad: Aminokislotalarning indikatorlarga va nitrat kislotaga taʻsirini oʻrganish, aminokislotalarning tuzlarini olishni tajribalar asosida bilish.
Jihozlar: probirkalar, probirkalar shtativi bilan, universal indikator qogʻoz.
Reaktivlar: glikokol 5 %li eritmasi, natriy ishqorining 10 %li eritmasi, metil zargʻaldogʻi, fenolftalein 1 %li eritmasi, formalin, mis sulfat eritmasi 5 %li, natriy nitrit 1 N eritmasi, xlorid kislota 2 N eritmasi.
Ishning bajarish tartibi:
a) Aminokislotalarni indikatorlarga taʻsiri:
Toza probirkaga glikokol eritmasidan tahminan 1 ml soling. Eritma muhitini universal indikator qogʻozi yordamida aniqlang.
Soʻngra eritmani 2 ga boʻling. Birinchi probirkaga 1 tomchi metil zargʻaldogʻi, ikkinchi probirkaga 1 tomchi fenolftalein tomizing.
Indikatorlarning rangi nega oʻzgarmaganligini izohlang.
Topshiriqlar:
1. α-aminokislotalarni olish usullarini yozing.
2. Aminokislotalarning amfoterlik xossasini ko‘rsatuvchi reaksiyalarni yozing.
3. Glikol eritmasi indikator qog‘ozini qanday rangga bo‘yadi?
4. Indikator ta’sirida qanday o‘zgarish amalga oshganini tasvirlab bering.
5. Aminokislotalarga turli indikatorlarning ta’sirini qiyosiy tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |