2. Aminlar havoda yonadi. Aminlar havoda yonadi. Yonish mahsulotlari sifatida CO2 va H2O dan tashqari N2 molekulasini ham hosil qiladi.
AROMATIK AMINLAR
Aromatik aminlar deb, benzol halqasidagi vodorod atomi o‘rniga aminogruppa yoki ammiakdagi vodorod atomlari o‘rniga aromatik radikallar o‘rin almashgan moddalarga aytiladi.
Ammiak molekulasidagi vodorod atomlari fenil radikallarga oʻrin almashinishi natijasida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aromatik aminlar hosil boʻladi.
Nomenklaturasi. Aromatik aminlarning nomi radikallar nomiga amin soʻzi qoʻshib oʻqishidan kelib chiqadi.
Olinish usullari. Nitrobirikmalarni qaytarish bilan aromatik aminlarni olish usulini birinchi boʻlib, rus olimi N.N.Zinin amalga oshirdi:
Fizik xossalari.Kichik molekulali aromatik aminlar suyuq, yuqori molekulali aromatik aminlar esa qattiq moddalardir. Ularning koʻpchiligi qoʻlansa hidga ega boʻlib, suvda yomon eriydi.
Kimyoviy xossalari. Aromatik aminlarning kimyoviy xossalari molekuladagi aminogruppa bilan benzol halqasining xossalarini oʻz ichiga oladi. Anilin suv bilan taʻsirlashmaydi.
1. Anilinga bromli suv taʻsir ettirilganda tribromanilin choʻkmasi hosil boʻladi (benzol bromli suv bilan taʻsirlashmaydi):
2. Anilinga xlorid kislota taʻsir ettirilganda fenil ammoniy xlorid tuzi hosil bo`ladi.
Ishlatilishi. Anilin asosan boʻyoq sanoatida ishlatiladi. Anilinga oksidlovchilar taʻsir etganida, turli rangdagi moddalar hosil boʻladi, masalan, qora anilin hosil boʻladi. Bundan tashqari, anilin koʻpchilik dori moddalarni sintez qilish uchun dastlabki xomashyo hisoblanadi.
Mavzuga oid masalalarning yechimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |