Mavzuga oid masalalarning yechimi.
1. 46.5 g metilamin olish uchun qancha hajmdagi (n.sh.) litr vodorod gazi kerak boʻladi?
Masalaning yechimi:
Metilamin olinishda nitrometanning vodorod bilan tasirlashtirish usulidan foydalanamiz.
Jarayonda qatnashgan moddalarning molekulyar massalar yordamida proporsiya tashkil etiladi.
Demak jarayon uchun 100,8 litr vodorod gazi sarfalangani aniqlandi.
Javob: 100,8 litr
2. Nitrobenlozga 1 g vodorod tasir etish natijasida hosil boʻlan organik moddaning massasini hisoblang.
Masalaning yechimi:
Kechadigan jarayon tenglamasini yozib olaylik. (Aminlardagi Zinin reaksiyasiga qarang!)
Reaksiya tenglamasidan aniqlanganidek jarayonda 3 mol vodorod qatnashadi va 1 mol anilin hosil boʻlar ekan.
Yuqoridagi maʻlumotlarga asoslanib proporsiya tashkil etiladi.
Demak jarayonda 15,5 gr massadagi anilin hosil boʻlar ekan.
Javob: 15,5gr
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Quyidagi moddani xalqaro namenklatura boʻyicha nomlang.
2. Quyida keltirilgan moddalarning struktur formulasini chizing va ular tarkibidagi uglerov atomlarining oksidlanish darajalarini hisoblang:
1)1-nitropropan
2)2-nitro3-metil butan
3)1-nitrobenzol
3. n-butandan qaysi usul boʻyicha 2-nitrobutan olish mumkun, soʻzlaringizni asoslash uchun reaksiya tenglamasini yoʻzing.
4. Uchlamchi butilaminning oksidlanish reaksiyasini yoʻzing.
5. Nitroetan, nitrometan va 1-nitrobutanlarga vodorod bilan taʻsir etirilsa qanday moddalar hosil boʻlishini reaksiya tenglamasi bilan daftaringizga yoʻzing.
6. 21,7 g metilamin olish uchun qancha hajmdagi (n.sh.) litr vodorod gazi kerak boʻladi.
7. 45 g etilamin olish uchun qancha hajmdagi (n.sh.) litr vodorod gazi kerak boʻladi.
8. Nitrobenlozga 4 g vodorod tasir etish natijasida hosil boʻlan organik moddaning massasini hisoblang.
9. Nitrobenlozga 11,2 litr vodorod tasir etish natijasida hosil boʻlgan organik moddaning massasini (g) hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |