Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun


Mavzu xulosalanadi hamda o‘quvchilarga tajribalardan olgan xulosalarini yozma bayon qilish topshiriladi


Download 6.01 Mb.
bet25/46
Sana23.10.2023
Hajmi6.01 Mb.
#1716734
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
kimyo tavsiya to\'liq

Mavzu xulosalanadi hamda o‘quvchilarga tajribalardan olgan xulosalarini yozma bayon qilish topshiriladi.
Uyga vazifa sifatida olcha murabbosidan turli eritmalar tayyorlab ko‘rishni topshirish mumkin.
10-MAVZU.Eritmada erigan moddaning massa ulushi, foiz, molyar konsentrasiyasi
O‘rganiladigan tushunchalar:
*massa ulushi *foiz konsentratsiya *molyar konsentratsiya
Yangi mavzuga zamin tayyorlash:
Siz oldingi darslarda toʻyinmagan, toʻyingan va oʻta toʻyingan eritmalar haqidagi tasavvurlarga ega bo‘ldingiz. Lekin bu tushunchalar eritmaning tarkibini to‘la ifodalb bera olmaydi.
Kimyoviy laboratoriyalarda,tibbiyotda,ishlab chiqarishda,kundalik turmushda ishlatiladigan eritmalarning ma’lum miqdorida qanday miqdorda modda eriganligi haqida aniq ma’lumotlar talab qilinadi.
Bugun siz bilan eritma tarkibida erigan modda miqdorini qanday usullarda ifodalash mumkinligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz.
Nazariy ma’lumotlar:
Eritmaning aniq miqdoriy tarkibini ifodalashda

  • erigan moddaning eritmadagi massa ulushi,

  • erigan moddaning foiz ulushi

  • yoki uning eritmadagi mol miqdoridan foydalaniladi.

Erigan moddaning massa ulushi



Foiz konsentratsiya



M olyar konsentratsiya


Eritmalar tayyorlash uchun quyidagi jarayonlar amalga oshirilishi shart:
1.Formulalardan foydalanib,eritma uchun zarur erituvchi hamda eriydigan modda massalari hisoblab topiladi.
2.Har bir modda o‘lchab olinadi.(kristall moddalar tarozida, suyuqliklar menzurkada)
3. O‘lchov kolbasiga erituvchining yarmi yoki 1/3 qismi quyilib,uning ustiga eritiladigan moddadan oz-ozdan solib eritiladi. Magnit aralashtirgichdan ham foydalanish mumkin.
4. Eritma solingan kolbaga eritmaning nomi yoki formulasi hamda konsentratsiyasi qayd qilingan etiketka yopishtiriladi.


Download 6.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling