1.0,8 mol anilinni toʻliq bromlash uchun qanday massadagi (g) brom sarflanadi?
Masalaning yechimi:
Avvalo anilining bromlanish reaksiya tenglamasini yozib tenglashtirib olaylik. (yuqorida ushbu reaksiya berilgan)
Endi esa jarayonda qatnashayotgan anilinning modda miqdorini hamda bromning massasini hisoblaylik.
Yuqoridagi maʻlumotlarga asoslanib proportsiya tashkil etiladi
Demak, jarayonda 384 g brom qatnashgan ekan.
Javob: 384 g
2. Kimyoviy korxonada 61,5 g nitrobenzol yordamida 32,55 g anilin olingan boʻlsa ushbu korxonadagi anilinning olishi reaksiyasining unumini hisoblang.
Masalaning yechimi:
Korxonada amalga oshiriladigan anilinning olinish reaksiya tenglamasini yozib olamiz. (N.N.Zinin reaksiyasiga qarang)
Endi esa masala sharti boʻyicha maʻlum boʻlgan nitro benzonlning massasidan foydalanib proportsiya asosida ajraladigan anilinning massasini hisoblab topamiz
Reaksiyaning toʻliq kechishidan hosil boʻladigan anilinning massasi yordamida reaksiya unumini hisoblab olamiz.
Javob: 70%
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Ammiak va trimetilaminning struktur tuzilishini chizing va ular oʻrtasidagi oxshashlik va farqlarni koʻrsating.
2. gruppa saqlagan moddalar… deyiladi?
1) Birlamchi amin
2) Ikkilamchi amin
3) Uchlamchi amin
3. Reaksiyani tenglamasini tugating va tenglashtiring.
4. Trifenil aminning molyar massasini (g/mol) toping va uning tarkibidagi σ va π bogʻlar sonini hisoblang.
5. N.N. Zinin usulida anilining olinish reaksiyasini yozing.
6. 1,2 mol anilinni toʻliq bromlash natijasida qanday massadagi (g) kislota hosil boʻladi?
7. 46 g anilinni toʻliq bromlash uchun qanday massadagi (g) brom sarflanadi?
8. Quyidagi organik birikmalar a) metilamin; b)dimetilamin; c)trimetilamin; ning struktur tuzilishini aks etiring, hamda ular orasida asoslik hossasi eng kuchli boʻlgan moddani koʻrsating va sababini tushuntiring.
9. Umumiy formulasi C5H13N boʻlgan moddalarni nomini yozing va ularning struktur formulasini chizing.
11. Kimyoviy korxonada 41g nitrobenzol yordamida 18,6 g anilin olingan boʻlsa. Ushbu koʻrxonadagi anilinning olishi reaksiyasining unumini hisoblang.
12. Kimyoviy koʻrxonada 82 g nitrobenzol yordamida 60 g anilin olingan boʻlsa. Ushbu koʻrxonadagi anilinning olishi reaksiyasining unumini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |