Mavzuga oid masalalarning yechimi.
1. Massasi 56280 g boʻlgan poliizobutilen olinishida qatnashgan izobutilenning polimerlanish darajasini hisoblang.
Masalaning yechimi:
Poliizobutilen izobuilenning polimerlanish reaksiyasidan olinadi. Shu sababli reaksiya tenglamasini yozib olamiz.
Reaksiyada qatnashayotgan monomerning polimerlanish darajasini topish uchun qatnashga monomerlar soni aniqlanadi.
Izobutilenning molekulyar massasi 56 g
Polimerning molekulyar massasi esa 56280 g
Demak jarayonda 1005 molekula izobutilen qatnashgani aniqlandi. Javob:_1005_2._Poliizobutilen_olinishi_reaksiyasida_izobutilenning_polimerlanish_darajasi_550_ga_teng_boʻlsa._Hosil_boʻlgan_polimerning_molekulyar_massasini_hisoblang.'>Javob: 1005
2. Poliizobutilen olinishi reaksiyasida izobutilenning polimerlanish darajasi 550 ga teng boʻlsa. Hosil boʻlgan polimerning molekulyar massasini hisoblang.
Masalaning yechimi:
Masalani yechish uchun birinchidan jarayon reaksiya tenglamasini yoʻzib olaylik.
Jarayondan maʻlumki reaksiyada 550 molekula izobutilen qanashgan, shu bois 550 mol izobutilenning massasini hisoblab topamiz.
Izobutilenning molekulyar massasi 56 g ×550=30800 g
Demak jarayon natijasida hosil boʻlgan polimerning molekulyar massasi 30800 g ga teng ekan. Javob: 30800 g
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Divinilning polimerlanish reaksiyasini yozing va polimer tarkibidagi qaytariluvchi zanjirni koʻrsating hamda polimerlanish darajasiga taʻrif bering.
2. Quyidagi moddalar polimerlanish reaksiya tenglamalarini yozing:
a) etilen; b) propilen; c) izopren;
3. Keltirilgan moddalarning orasidan polipropilen formulasini toping va olishi reaksiyasini yozing:
4. 2-xlorbutadiyen-1,3 dan xloropen kauchugining olinish reaksiyasini yozing.
5. Qaysi yuqori molekulyar massali birikma polikondensatsiya reaksiyasi natijasida olishini toping va reaksiya tenglamasini yozing:
1) Butadiyenkauchuk
2)Fenolformaldegidsmola
3)Polipropilen
4)Polivinilxlorid
6. Massasi 13500 g boʻlgan polibutadiyen olinishida qatnashgan butadiyen-1,3ning polimerlanish darajasini hisoblang.
7. Massasi 62500 g boʻlgan polivinilxlorid olinishida qatnashgan vinilxloridning polimerlanish darajasini hisoblang.
8. Massasi 18480 g boʻlgan poliizobutilen olinishida qatnashgan izobutilenning polimerlanish darajasini hisoblang.
9. Polibutadiyen olinishi reaksiyasida butadiyenning polimerlanish darajasi 1020 ga
10. polivinilxlorid olinishi reaksiyasida vinilxloridning polimerlanish darajasi 980 ga teng boʻlsa. Hosil boʻlgan polimerning molekulyar massasini hisoblang.
11. Poliizobutilen olinishi reaksiyasida izobutilenning polimerlanish darajasi 1085 ga teng boʻlsa. Hosil boʻlgan polimerning molekulyar massasini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |