Respublika ta'lim markazi “umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun


Download 6.01 Mb.
bet45/46
Sana23.10.2023
Hajmi6.01 Mb.
#1716734
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
kimyo tavsiya to\'liq

LABORATORIYA MASHGʻULOTI.
PLASTMASSALARNI ANIQLASHGA OID TAJRIBALAR.


Maqsad: raqamlangan paketchalarda berilgan plastmassa namunalarini tajribalar asosida aniqlash.
Jihozlar: indikator qogʻozi (1), tomchi analizi uchun toʻplam (2), shpatel (3), tomchi analizi uchun planshet (4), shisha tayoqcha (5), probirkalar P-9 (6), probirkalar uchun shtativ (7), plastik taglik (8), 150 ml li polipropilen stakan (9), shisha stakan (10) shishaga yozish uchun qalam (11), laboratoriya shtativi, keramik plita, quraq yoqilgʻi, qisqich, probirka qizdirgich.
Reaktivlar: konsentrlangan xlorid kislota (HCl) eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota (H2SO4) eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota (HNO3) eritmasi, natriy gidroksid (NaOH) eritmasi, kaliy permanganatning (KMnO4) suyultirilgan eritmasi, atseton.
Ishni bajarish tartibi:
1. Har bir oʻquvchiga 3 tadan raqamlangan paketchalar beriladi. Bu paketchalarda qanday plastmassa borligini 21-laboratoriya mashgʻuloti asosida tajribalar bajarib, kuzatilgan hodisalarni solishtirib har bir plastmassaning oʻziga hos reaksiyalari asosida aniqlang.
2. Xulosalarni va izohlarni laboratoriya mashgʻuloti daftariga yozing.
AMALIY MASHGʻULOTI. TOLALARNI ANIQLASHGA OID
TAJRIBALAR.

Maqsad: Tabiiy, sunʻiy va sintetik tola namunalarini “tolalar” kolleksiyasi yordamida tanishish. Baʻzi tolalarning hossalarini oʻrganish.
Jihozlar: “Tolalar” kolleksiyasi, planshet, tomchi analiz toʻplami, quruq yoqilgʻi, keramik plitka, gugurt, qisqich.
Reaktivlar: paxta, jun, ipak, viskoza, kapron tolalaridan namunalar, konsentrlangan sulfat kislota, konsentrlangan nitrat kislota, 10%li natriy ishqori eritmasi, atseton.
Oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar: Plakatlar toʻplamidan 29-plakat, “tolalarning muhim turlari”, “Kimyo” fanidan “PKMQ”
Ishni bajarish tartibi:

  1. Tolalar kolleksiyasi yordamida oʻquvchi tolalar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.

  2. Tolalarning sinflanishi haqidagi yuqoridagi sxemani oʻquvchilar laboratoriya daftarlariga chizib oladilar.

  3. Tolalarni ajratib olish uchun ular yondiriladi va reaksiya natijalari kuzatiladi.

  4. Kuzatish jarayonida - paxta, jun, tabiiy ipak, viskoza, kapron tolalarini yonish tezligi, yemirilishi, hidi, modda yonib boʻlgandan keyin hosil boʻlgan qoldiq moddalarning xossalariga eʻtibor beriladi.

  5. Soʻngra quyidagi naʻmunada keltirilgan jadval chizib olinadi.

  6. Har bir tola namunasidan ozginadan olib planshetning chuqurchasiga qoʻyiladi va 2 tomchidan nitrat kislota tomiziladi. Harbir chuqurchadagi oʻzgarishlar kuzatilib, laboratoriya mashgʻulotlari daftariga yoziladi. Shunday tajribalar sulfat kislota bilan soʻngra natriy ishqori hamda atseton bilan ham takrorlanadi. Natijalar xulosasi amaliy ish daftariga yoziladi.





Download 6.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling