Maqsad: polietilen, polivinil xloridning kislotalar, ishqorlar bilan taʻsirini oʻrganish.
Jihozlar: indikator qogʻozi (1), tomchi analizi uchun toʻplam (2), shpatel (3), tomchi analizi uchun planshet (4), shisha tayoqcha (5), probirkalar P-9 (6), probirkalar uchun shtativ (7), plastik taglik (8), 150 ml li polipropilen stakan (9), shisha stakan (10) shishaga yozish uchun qalam (11), laboratoriya shtativi, keramik plita, quraq yoqilgʻi, qisqich, probirka qizdirgich.
Reaktivlar: polietilen, polipropilen, polistirol, politetroftoretilen, poli-E-karbamid, stirolva butadienning sopolimeri, konsentrlangan xlorid kislota (HCl) eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota (H2SO4) eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota (HNO3) eritmasi, natriy gidroksid (NaOH) eritmasi, kaliy permanganatning (KMnO4) suyultirilgan eritmasi, atseton, "Tolalar" toʻplami.
Ishni bajarish tartibi:
Polietilenning xossalari:
a) Polimer moddalarning yonish holati.
Har bir polimer namunasini alohida-alohida quruq yoqilgʻi alangasiga tutiladi va alangadan tasahqariga olib ham kuzatiladi.
Ularning yumshash holati, suyuqlanishi, qanday hid hosil boʻlishi, parchalanishini kuzating.
b) Plastmassalarni kislota va ishqorlar bilan taʻsiri:
1. 3 ta probirka olib ularning biriga konsentrlangan sulfat kislota, ikkinchisiga 10%li natriy ishqori eritmasi va uchunchisiga atseton eritmasidan 4-5 tomchidan quying. Har biriga polikarbamid namunasidan soling. Probirkadagi oʻzgarishlarni kuzating va izohlang.
Bu tajribalarni polistirol, polipropilen va boshqa polimerlar bilan ham bajarish mumkin.
c) Plastmassalarni qizdirish natijasida parchalanisi:
1. Plastmassa namunalarini alohida chinni kosachalarga solib qizdiring.
Kosacha ustiga universal indikator qogʻozni suvda hoʻllab tutib koʻring.
Indikator qogʻozning rangini oʻzgarishiga eʻtibor bering.
Tajriba natijalari va xulosalarini laboratoriya mashgʻuloti daftariga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |