Mavzu xulosalanadi hamda o‘quvchilarga tajribalardan olgan xulosalarini yozma bayon qilish topshiriladi.
Uyga vazifa sifatida olcha murabbosidan turli eritmalar tayyorlab ko‘rishni topshirish mumkin.
10-MAVZU.Eritmada erigan moddaning massa ulushi, foiz, molyar konsentrasiyasi
O‘rganiladigan tushunchalar:
*massa ulushi *foiz konsentratsiya *molyar konsentratsiya
Yangi mavzuga zamin tayyorlash:
Siz oldingi darslarda toʻyinmagan, toʻyingan va oʻta toʻyingan eritmalar haqidagi tasavvurlarga ega bo‘ldingiz. Lekin bu tushunchalar eritmaning tarkibini to‘la ifodalb bera olmaydi.
Kimyoviy laboratoriyalarda,tibbiyotda,ishlab chiqarishda,kundalik turmushda ishlatiladigan eritmalarning ma’lum miqdorida qanday miqdorda modda eriganligi haqida aniq ma’lumotlar talab qilinadi.
Bugun siz bilan eritma tarkibida erigan modda miqdorini qanday usullarda ifodalash mumkinligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz.
Nazariy ma’lumotlar:
Eritmaning aniq miqdoriy tarkibini ifodalashda
erigan moddaning eritmadagi massa ulushi,
erigan moddaning foiz ulushi
yoki uning eritmadagi mol miqdoridan foydalaniladi.
Erigan moddaning massa ulushi
Foiz konsentratsiya
M olyar konsentratsiya
Eritmalar tayyorlash uchun quyidagi jarayonlar amalga oshirilishi shart:
1.Formulalardan foydalanib,eritma uchun zarur erituvchi hamda eriydigan modda massalari hisoblab topiladi.
2.Har bir modda o‘lchab olinadi.(kristall moddalar tarozida, suyuqliklar menzurkada)
3. O‘lchov kolbasiga erituvchining yarmi yoki 1/3 qismi quyilib,uning ustiga eritiladigan moddadan oz-ozdan solib eritiladi. Magnit aralashtirgichdan ham foydalanish mumkin.
4. Eritma solingan kolbaga eritmaning nomi yoki formulasi hamda konsentratsiyasi qayd qilingan etiketka yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |