AMINOKISLOTALAR.
.
Molekulasida amino – NH2 va karboksil – COOH gruppalari bor organik birikmalarga aminokislotalar deyiladi. Aminokislotalarni organik kislotalarning hosilalari deb, ya’ni kislotalar radikalidagi vodorod atomlarining aminogruppaga almashinishining natijasi deb qarash mumkin.
Aminokislotalar quyidagi umumiy formulaga ega:
Aminokislotalar amino (–NH2) va karboksil (–COOH) gruppalarning soniga qarab uchga boʻlinadi:
Tarkibida bitta amino va bitta karboksil gruppa tutgan aminokislotalar monoamino monokarbon kislotalar deyiladi.
2) molekulada ikkita amino (–NH2) va bitta karboksil (–COOH) gruppalari boʻlgan aminokislotalar diamino monokarbon kislotalar deyiladi.
3) Molekulasida ikkita karboksil (–COOH) va bitta amino (–NH2) gruppalari boʻlsa, monoamino dikarbon kislotalar deyiladi.
Bulardan tashqari tarkibida boshqa funksional guruh tutuvchi aminokislotalar ham uchraydi:
Nomenklaturasi. Ratsional nomenklatura boʻyicha aminokislotalar quyidagicha nomlanadi. Bunda – NH2 guruhning karboksilga nisbatan turgan oʻrnini koʻrsatish uchun aminokislota molekulasidagi uglerod atomlari grek alfavitidagi harflar bilan belgilanadi.
Sistematik nomenklatura boʻyicha karboksil hamda amino guruh tutgan asosiy zanjir tanlanadi va - NH2 guruh oʻrni koʻrsatililib, karboksildagi uglerod birinchi uglerod deb qaraladi.
Olinishi. Aminokislotalar oqsillarni gidroliz qilib olinadi. Shuningdek, xlorsirkakislotaga ammiak taʻsir ettirib ham olish mumkin.
Fizik va kimyoviy xossalari. α -aminokislotalar rangsiz kristall moddallar. Koʻpchiligi suvda yaxshi eriydi, aminokislotalar koʻpincha shirin taʻmga ega, lekin noxush taʻmli va achchiq taʻmli aminokislotalar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |